Vengriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 19:
18-asr dan boshlab chet el zulmiga qarshi ozodlik kurashi kuchaydi, bu kurash Ferens II rahbarligida 10 yil davom etib, pirovardida magʻlubiyatga uchradi. 1711 yilgi Satmar sulhiga muvofiq, Avstriya oʻz taʼsirini butun V. hududiga oʻtkaza boshladi. Gabsburglar oʻtkazgan qator islohotlar va "maʼrifatli absolyutizm" siyosatiga qaramay, 18-asr oxiridagi Fransuz burjua inqilobi taʼsirida V. da Avstriya hukmronligiga qarshi norozilik kuchaydi. 1848 yil 15 martda V. Da pomeshchiklar tuzumi va Avstriya zulmiga qarshi inqilob boshlandi. 1849 yil 5 yanvar da Avstriya qoʻshinlari V. poytaxtiga kirdi. V. ning barcha qonunlari bekor qilindi, mamlakat Avstriyaning viloyatiga aylantirildi. 1867 yil Avstriya hukumati venrep hukmron doiralari bilan kelishib Avstriya-V. monarxiyasini tuzdi.
 
1 -jahon urushi natijasida bu monarxiya parchalandi. 1918 yil okt.dagi inqilob natijasida V. mustaqil davlatga aylandi (16 noyabrda respublika deb eʼlon qilindi). 1919 yil 21 martda V. Sovet Respublikasi boʻldi. U 1919 yil 1 avg .da agʻdarilgach, mamlakatda Xorti diktaturasi (1920—44) oʻrnatiddi. V. Italiya va Olmoniya bilan yaqinlashdi. Mamlakat iqtisodiyoti [[Olmoniya]] fashizmiga xizmat qildirildi. 2-Ikkinchi jahon urushida Olmoniyaning ittifoqchisi sifatida qatnashdi. 1944 yil martda gitlerchilar V. ni bosib oldilar. Ular hokimiyat tepasiga F. Salashini qoʻydilar. 1944 yil sentabrda V. olmon qoʻshinlaridan ozod qilina boshladi. 1944 yil 22 dek.da tuzilgan V. muvaqqqat milliy hukumati oradan 6 kun oʻtgach, Olmoniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945 yil 4 apr.da V. olmon koʻshinlaridan butunlay ozod etildi. 1946 yil 1 fevralda V. respublika deb eʼlon qilindi. 1949 yil dan Mojariston Xalq Respublikasi deb ataldi. Mamlakatda sanoat, banklar, transport davlat ixtiyoriga olindi, yer islohoti oʻtkazildi. Kompartiyaning bir partiyali rejimi keng miqyosda ijtimoiy norozilikka sabab boʻldi. 1956 yil okt.dagi xalq isyonida demokratik erkinliklar berilishi talab qilindi. Shoʻro qurolli kuchlari bu isyonni shafqatsizlarcha bostirdi. Varshava shartnomasidan chiqmoqchi ekanini eʼlon qilgan I. Nad huqumati qamoqqa olindi. Shundan keyingi yillarda Ya. Kadar boshchiligidagi mamlakat rahbariyati mafkuraviy murosa va xoʻjalik islohoti oʻtkazish yoʻli bilan Mojariston sotsialistik ishchi partiyasining mavqeini mustahkamlashga urindi. 1989 yil da 1949 yil gi konstitutsiya oʻzgartirilib, V. demokratik huquqiy davlat deb eʼlon qilindi. 1989 yil 18 okt.da mamlakat V. Respublikasi deb ataldi. V. 1955 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 3 martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 15 mart — 1848—49 yil burjua inqilobining boshlanishi; 20 avg . — V. davlati asoschisi Avliyo Ishtvan kuni; 23 okt.—1956 yil inqilob va ozodlik kurashi boshlangan kun va 1989 yil V. Respublikasi eʼlon qilingan kun.
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==