Turkiy tillar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Umumiy maʼlumot: imlo, replaced: mikdor → miqdor (3) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 7:
Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Jan.
 
Sharqiy Osiyo, Jan. va Gʻarbiy Sibir, VolgaKama havzasi, Shim. Kavkaz, Zakavkazye va Qora dengiz boʻyi. Turkiy tillarning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan oʻzaro munosabati masalasiga qiziqish juda qad.dan davom etib keladi. Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshgʻariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish 19-a.asr oxiri va 20-a.daasrda qayta avj oldi va hozirgigacha koʻplab tasniflar vujudga keldi (rus olimlari I.N.Berezin, V.V.Radlov, F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich, V.A.Bogoroditskiy, N.A.Baskakov, B.A.Serebrennikov, turk olimi R.R.Arat, fin olimlari G. Y. Ramstedt va A.M.O.Ryasyanen, nemis olimlari I.Bensing va K.G. Mengeslarning tasniflari). Bu tasniflar metodi, oldiga qoʻygan maqsadi nuqtai nazaridan xilmaxildir. Shuning uchun bu tasniflarning birida biron bir guruhga mansub deb hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir guruhga tushib qolishi mumkin. Turkiy tillarni tasnif qilishning oʻziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, Turkiy tillarning oʻzaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning oʻzida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi. Mas., V.A.Bogoroditskiy oʻz tasnifida Turkiy tillarning geografik tarqalish xususiyatini asos qilib, ularni 7 guruhga ajratadi: shim.sharqiy (saxayoqut, karagas va tuva tillari); xakas (mintaqadagi xakas aholining shevalari); o l toy (oltoy va teleut tillari, bir qancha lahjalar); gʻarbiy sibir (sibir tatarlariningbarcha laxjalari); volgaboʻyiuraloldi (tatar va boshqird tillari); oʻrta osiyo (uzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq tillari); jan.gʻarbiy (turkman, ozarbayjon, qoʻmiq, gagauz, turk tillari va chuvash tili). Bu tasnifda turkiy xalklar va tillarning tarixiy tarakane™ hisobga olinmagan, karaim, noʻgʻay kabi tillar eʼtibordan chetdan qolgan. V.V.Radlov tomonidan Turkiy tillar quyidagicha tasnif qilingan: sharqiy guruh (Oltoy, Ob, Yenisey turkiylari va Chulim tatarlarining til va laqjalari, karagas, xakas, shor va tuva tillari); gʻarbiy guruh (Gʻarbiy Sibir tatarlarining lahjalari, qirgʻiz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari); oʻrta osiyo guruhi (oʻzbek va uygʻur tillari); jan. guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrimtatar tillari). Bu tasnifga Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari asos qilib olingan boʻlsada, baʼzi fonetik belgilar muayyan bir guruhga emas, bir necha guruh tillarga xos ekanligi seziladi. Boshqa tasniflar ham u yoki bu darajada kamchiliklarga ega. Tasniflar orasida Turkiy tillarning ham til xususiyatlarini, ham tarixiy taraqqiyotini, ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda Turkiy tillarning barchasini tuliq qamrab olgan tasnif N.A.Baskakov tomonidan taklif etilgan va u kupchilik turkiyshunoslar tomonidan tan olingan.
 
Turkiy tillar oilasi uchun xos bulgan singarmonizm (hozirgi oʻzbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, oʻzakning deyarli oʻzgarmasligi, gap boʻlaklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farklab turadi. Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farklovchi xususiyatlaridan biri lugʻat tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishining oʻxshashligidir. Shuning uchun gʻam chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalklar vakillari oʻz ona tillarida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi.
Qator 13:
Turkiy tillar umumiy genetik va tipologik belgilarga ega: fonetikada yukrridagi belgilardan tashqari unli va undoshlar oppozitsiyasi mavjud. Hozirgi Turkiy tillarda unli va undosh tovushlar mik, dori bir xil emas. Unlilar miqdori baʼzi Turkiy tillarda (tuva, gagauz, chulimtatar tillarida) 20 dan ortiq boʻlsa, koʻpchiligida 8 ta (xoz. oʻzbek adabiy tilida 6 ta). Undosh tovushlar miqdorida esa bunchalik katta farq yoʻq. Maxsus adabiyotlarda undoshlar miqdori 20 dan kam kursatilmaganidek, 30 dan ortiqham qayd etilmaydi. Baʼzi Turkiy tillarda suz boshida jarangsiz undoshlar (k, p, t) ishlatilsa, boshqalarida ayni urinda jarangli undoshlar (g, b, d) qoʻllanadi; soʻz boshida sonor undoshlar (l, m, n, r) deyarli uchramaydi. Morfologiya sohasida agglyutinatsiya shakl va soʻz yasalishining asosiy usuli hisoblanadi, grammatik jins turkumsi yuq, prefiks va old qoʻshimchalar mavjud emas (koʻmakchilar faol qoʻllanadi), bir turdagi turlanish va bir turdagi tuslanish mavjud; sintaksis sohasida gap boʻlaklari oʻzining muntazam joylashish tartibiga ega (aniqlovchi aniqlanmishdan, ega kesimdan oldin joylashadi), bogʻlovchilar deyarli yoʻq (ularning aksariyati arab va fors tillaridan oʻzlashgan), sifatdoshli, ravishdoshli tuzilmalar keng qoʻllanadi, ikki ot yoki otlashgan soʻzning birikuvidan hosil boʻlgan va turkiy izofa deb ataluvchi aniklovchili soʻz birikmalari barcha Turkiy tillarda uchraydi. Soʻz yasalishi, asosan, affiksatsiyadan iborat, shuningdek, soʻz hosil qilishning analitik va boshqa usullari ham bor.
 
Eng qad. turkiy yozma yodgorliklar (urxunenisey yozuvida) 7— 11-a.largaasrlarga mansub boʻlib, ular, asosan, qabrtoshlar tarzida Shim. Mongoliya, Qirgʻizistonda, Yenisey daryosining yuqori qismi, Talas vodiysida va boshqa joylarda topilgan. Brahmi va sugʻd yoʻzuvlarida bitilgan qad. turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va Oʻrta Osiyo). Keyinchalik uygʻur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqsa (Qashqar, Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda hududi, Volgaboʻyida) va gʻarbda (saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uygʻurlar 11-a.danasrdan hozirgigacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Qad. yozuv anʼanalariga ega boʻlgan turkiy xalkdarning aksariyati (oʻzbek, uygʻur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) 20-a.ningasrning 20-yillarigacha arab alifbosi asosidagi yozuvga ega boʻlgan. Turk tili 1929 yildan lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtgan. Sobiq SSSRdagi barcha Turkiy tillar uchun 20-yillar oʻrtalarida lotin grafikasi asosida alifbolar ishlab chiqildi va ular 1930 yilgacha ixtiyoriymajburiy tarzda ana shu yozuvga oʻtkazildi; 1938—40 yillarda esa ayni shu tartibda rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazildi. SSSR parchalanib ketgandan keyin 1991 yilda Ozarbayjon va Turkmanistonda, 1993 yilda Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy etish haqida qaror qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirilmoqda. Turkiy tillarning oʻrganilishi haqida q. Turkiyshunoslik.<ref>Abduvahob Madvaliyev, Ishoq Nosirov, „Turkiy tillar“, OʻzME</ref>
 
== Turkiy tillar orasidagi oʻxshashliklar ==