Kolumbiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 44:
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.da 30 ga yaqin kundalik gaz. nashr etiladi. Eng yiriklari: "Ekspektador" ("Kuzatuvchi", 1887 yil dan), "Tyempo" ("Vaqt", 1911 yildan), "Pays" ("Mamlakat", 1950 yildan), "Nuevo siglo" ("Yangi asr", 1932 yil dan), "Kolombiano" ("Kolumbiyalik", 1912 yildan). Ankol hukumat axborot agentligi ishlaydi. Kolprensa milliy axborot agentligiga 1980 yilda asos so-lingan. Radioeshittirish 1929 yil dan, telekursatuv (toʻla davlat tasarrufida) 1954 yildan ishlaydi. Mamlakatda hammasi boʻlib 200 ga yaqin radiost-ya, 50 telestudiya bor.
 
Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki yilnoma va hikoyalar 1519 yilda paydo boʻlgan. Adabiyot, ayniqsa, 19-asr boshlarida gurkirab rivojlandi. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash yillari (1810—26)da vatanparvarlik ruhidagi klassitsizm adabiyoti ravnaq topdi (K. Torres, L. Vargas Texad, X.M.Salasar va boshqa ijodi). X. X. Ortiye, X.E.Karo, X.Arboled, R.Pombo, F.Peres, X.M.Samper va boshqa yozuvchilar indeys qabilalarining oʻtmish hayotini madh etuvchi asarlar yozdilar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida "Yelkan ramzi", "Arboledlar jamiyati" va boshqa toʻgaraqlarda uyushgan X.A.Silva, M.A.Osodio va boshqa shoirlar ijodida modernistik mayllar qaror topdi. 1-Birinchi jahon urushidan soʻng K. adabiyotida "avangardizm" paydo boʻldi. "Konrod epopeyasi" dostonining muallifi — A.M.Mutis, L.K.Lopes va boshqa ijtimoiy sheʼriyat anʼanalarini rivojlantirdilar. Nasrda ijtimoiy tanqidchilik kuchaydi. A.Lopes de Mesa, X.Restrepo Karamilo, D. Arango Vems va boshqa ijodida kishilarning tabiat bilan toʻqnashuvini tasvirlash asosiy mavzu boʻldi. X.A.Osorio Lisarasoning shaxtyorlar hayoti hamda mehnatini tasvirlovchi "Yer ostidagi odam" va taraqqiyparvar arbob Gaytan oʻlimi toʻgʻrisidagi "Nafrat kuni" romanlari K. nasrining yutugʻihisoblanadi. 50-yillarda koʻproq partizanlar qarakatiga bagʻishlangan asarlar turkumi ("zoʻravonlik haqida romanlar") paydo boʻldi. G.G.Markesning "Yolgʻizlikning yuz yili" romani K. nasri rivojida muqim rol oʻynaydi. X.Pardo Gersia, K.Kastro Saavedra va boshqa oʻz asarlari bilan K. sheʼriyatiga salmoqli hissa qoʻshdilar.
 
== Meʼmorligi ==