Meksika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k removed Category:Amerika using HotCat
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 23:
1929—33 yillardagi jahon iktisodiy boʻhroni davrida inqilobiy harakat kuchaydi va milliy inqilobiy partiyaning radikal qanoti vakili L. Kardenas-idelrio prezident qilib saylandi. Uning hukumati (1934—40) mu-him oʻzgarishlar qildi, yer islohoti oʻtkazdi.
 
2-Ikkinchi jahon urushining boshlarida M. hukumati betaraf ekanligini bildirdi; lekin 1942 yil may oyida fashistlar blokiga qarshi urush eʼlon qildi. Urushdan keyingi yillarda M. iqtisodiyoti yuksala bordi. Biroq qishloqda ahvol oʻzgarmadi. 60-yillardan boshlab L. Mateos (1958—64) va D. Ordas (1964—70) hukumatlari milliy iqtisodiyotni mustahkamlash yoʻlini tutdi. 1970 yilda hokimiyat tepasiga kelganL. Echeverria hukumati ahvolni yaxshilash uchun yer islohoti toʻgʻrisida qonun (1971), yangi saylov qonuni (1972), mahalliy kapital qoʻyilishini ragʻbatlantirish va chet el kapitalini tartibga solish toʻgʻrisida qonun (1973) qabul qildi, davlat xizmatchilari uchun haftasiga 5 ish kuni joriy qildi. M.ning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va Lotin Amerikasidagi bir qancha mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari kengaytirildi.
 
1976 yilda saylangan prezident L. Portilo va ayniqsa, 1994 yilda saylangan E. Sedilo hukumatlari sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar oʻtkazishga urindi. Ammo mamlakatning tashqi qarzi oshdi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish pasaydi, ekinzorlar qisqardi. 2000 yil "Oʻng markazchi alyans" blokidan Visente Foks Kesadaning prezident lavozimiga saylanishi 1929 yildan buyon mamlakatni idora qilib kelayotgan Institutsioninqilobiy partiyaning hukmronligiga chek qoʻydi. Keyingi yillarda xoʻjalik boshqaruvini mahalliylashtirish, davlatga qarashli norentabel korxonalarni qisqartirish, iqtisodiyotning "ochikligi" va tadbirkorlik fa-oliyatini kuchaytirish, oʻzaro manfa-atli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish siyosati oʻtkazila boshladi. M. 1991 yil 26 dek.da OʻzR mustaqilligini tan olgan va 1992 yil 16 martda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. M. 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 16 sentabr — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1810).
Qator 68:
Mustamlaka davrida cherkovlarning sirti va ichi xilma-xil oʻymakorlik uslubida bezatildi, ayniqsa, 18-asrda ultrabarokko (hashamdorlik) rivoj topdi, yogʻoch oʻymakorligi usulida rangbarang haykallar yasash, diniy mavzudagi rangtasvir va odamlar qiyofasini chizish (B. de Echave, M. Kabrera), keyinchalik akademik haykaltaroshlik (M. Tolsa) urf boʻldi.
 
19-a,da M. tasviriy sanʼatida Yevropa badiiy madaniyati oʻziga yoʻl ocha boshladi. Shu bilan birga, tasviriy sanʼ-atda milliy mavzuga qiziqish boshlandi. 19a.19-asr oxiri — 20-asrboshlarida M.tasviriy sanʼatiga Yevropadagi yangi badiiy oqimlar ("modern", impressionizm) taʼsir eta boshladi. Bir qancha sanʼatkorlar (X. Murilo, S. Erran) M. sanʼatini tiklash, zamonaviy milliy uslub yaratish gʻoyasini olgʻa surdilar. X. G. Posada esa xalq badiiy anʼanalari bilan bogʻliq inqilobiydemokratik satirik grafikaga asos soldi. 50—60-yillarda mahobatli tasviriy sanʼatda yangi meʼmorlik binolari bilan bogʻliq asarlar (bezakli mozaika, boʻrtiq mozaika, naqshlar) asosiy oʻrin tuta boshladi. M.da tasviriy sanʼat va grafikaga Karaganda zamonaviy haykaltaroshlik kamroq taraqqiy etdi. M. xalq sanʼatida indeys va ispan sanʼati anʼanalari qoʻshilib ketgan.
 
== Musiqasi ==