Malayziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 17:
15-asrda va 16-asr boshlarida Malakka yarim orol, Riau arxipelagi va Sumatra orolning sharqiy qismi Malakka sultonligi qoʻl ostida birlashtirildi. 1511 yil Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. M. hududining gʻarbiy qismi — Malayyada bir necha sultonliklar tashkil topdi, bulardan eng yirigi — Joxor 16— 18-asrlarda butun Malayya ni oʻz hokimiyati ostida birlashtirishga harakat qildi. 1641 yil Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-asr oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakachilari taʼsir koʻrsata boshladi. 1786—1888 yillar davomida inglizlar hozirgi M. hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakachilarga karshi urush hamda qoʻzgʻolonlar boʻldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va h. k.).
 
[[Ikkinchi jahon urushi|2-Ikkinchi jahon urushi]] davrida M.ni yapon armiyasi bosib odni. 1943 yil M.da boskinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzildi. 1945 yil 2 sentabrda yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi — xalq qoʻmitalari tuzildi. Koʻp oʻtmay ingliz mustamlakachilari M.ga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibini oʻrnatishga harakat qildilar. Ayni vaqtda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yoʻli bilan putur yetkazishga intildilar. 1946 va 1948 yillardagi konstitutsiya islohotiga koʻra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946 yildan Malayya Ittifoqi va 1948 yildan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946 yil Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948 yil iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga oʻtdi. 1949 yil fevralda malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955 yil Malayya Federatsiyasining qonun chiqaruvchi kengashiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan Uch partiya ittifoqi (1957 yildan Ittifoq partiyasi) gʻalaba qozondi. 1957 yil 31 avgustada Malayya Federatsiyasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1963 yil 9 iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak oʻrtasida M. Federatsiyasi tashkil topganligi toʻgʻrisida oʻzaro bitim imzolandi; 1965 yil M. bilan Singapur hukumati oʻrtasida kelishmovchilik boʻlib, Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib ketdi. M. 1963 yildan [[BMT]] aʼzosi. 1992 yil 1 yanvarda UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. M.ning milliy bayrami — 31 avg . — Milliy kun (1957).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==