Indoneziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 17:
 
== Tarixi ==
I. — hozirgi tipdagi inson (pitekantrop, yavantrop) shakllangan markazlardan biri. Mil. av. 2-a.asr ga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayya o. larida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayyu va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduilik va buddaviylik tarqala boshladi. Mil. 7-a.asr da bir necha mayda davlatlar birla-shib, Shrivijayya imperiyasiga aylandi. 8-a.asr 1-yarmidaYavada Mataram davlati paydo boʻldi. 1025 yil Shrivijayya inqirozga uchradi. 11-a.asr ning 40-yillarida Mataram Kediri (13-a.asr dan Singasari) va Jangala davlatlariga boʻlinib ketdi. 1120 yil Kediri ilgari Mataramga qarashli barcha yerlarni birlashtir-di, boshqa orollar ustidan nazorat oʻrnatdi. 13-a.asr oxirida Singasari yemirilib, uning oʻrnida Majapaxit im-periyasi tashkil topdi (1293— taxminan 1520). Majapaxit imperiyasi oʻrta asrlarda eng yirik umumindonez davlati boʻlgan.
 
14-a.asr da Hindiston va Malakkadan I. ga islom dini kirib keldi. Arxipe-lagning koʻp qismini egallagan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga boʻlinib ketgach (16-a.asr), I. hudu-diga yevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladi. 1602 yil gollandlar I. da Ost-Indiya kompan-piyasiga asos soldi. Bu kompaniya mamlakatning talay qismini oʻziga tobe qilib oldi. 1811 yil I. ni inglizlar bosib oldi. Birok, 1814 yilgi Angliya-Niderlandiya bitimiga kura, I. yana Niderlandiya qoʻliga oʻtdi.
 
I. xalqi ajnabiy istilochilarga qarshi kurash olib bordi. Diponegoro boshchiligida Yavada (1825—30), Imom Bajon yetakchiligida Sumatrada (1830— 39), Acheda (1873—1903) koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar tarixda mashhur.
 
20-a.asr boshida milliy ozodlik harakati bir muncha kengaydi. 1908 yil Yavada "Budi utomo" ("Oliy maqsad") nomli birinchi milliy tashkilot paydo boʻldi. Golland mustamlakachilariga qarshi 1923 yil temiryoʻlchilarning umumiy ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1926 yil indonez xalqi mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo u bostirildi. 1927 yil Axmad Sukarno rahbarligida Milliy partiya tuzildi. I. mustaqilligini talab qilib, xalq orasida obroʻ krzongan bu parti-yaning faoliyati takikdandi, Sukarno va uning tarafdorlari qamoqqa olindi (1929). 1931 yildan Milliy partiya I. partiyasi deb nomlandi. 1937 yil milliy inkilob tarafdorlari Indonez xalqi harakati (Gerindo) tashkilotini tuzdilar.
 
1942—45 i. larda I. ni Yaponiya bosib oldi. Yaponiya 2-Ikkinchi jahon urushida maglubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil I. respublikasi deb eʼlon qilindi (1945 yil 17 avgust). A. Sukarno uning prezidenti qilib saylandi. Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Biroq 1945 yil 6 sentabrda I. ga ingliz, keyinroq golland qoʻshinlari bostirib kirdi. I. xalqi bosqinchilarga qarshi 4 yil kurash olib bordi. Nihoyat, Gollandiya I. mustaqilligini tan olishga majbur buldi (1949 yil noyabr). Biroq u I. mustaqilligiga putur yetkazadigan bitim tuzishga erishdi. I. 16 xududga boʻlibtashlandi; mamlakat "Indoneziya Qoʻshma Shtatlari" nomi bilan yuritila boshladi, Gollandiya I. ning bir qismi (Gʻarbiy Iri-an) ni oʻz koʻl ostida saqlab qoldi. I. xalqi oʻz mamlakatini toʻla ozod qilish uchun kurashni davom ettirdi. 1950 yil 6 avg. da I. unitar (qoʻshma) davlat deb eʼlon qilindi. Hukumat I. uchun asoratli boʻlgan bitimlarni tan olmaslik haqida qaror qabul qiddi (1956 yil aprel). 1957 yilning oxirida I. hukumati mamlakatdagi ajnabiylarga qarashli barcha korxona, plantatsiya va banklarni oʻz nazoratiga oldi. 1957 yil Sukarno davlatning siyosiy va iqti-sodiy apparatini qayta tuzdi. Prezident dekreti bilan 1945 yilgi Konstitutsiya yana kuchga kirdi (1959 yil iyul). Biroq I. hukumati va milliy vatanparvarlarga qarshi qoʻporuvchilik harakati toʻxtamadi. 1956 yil Sumatra va Sulavesida ayirmachilar qurolli isyon boshladi. Hukumat qoʻshinlari xalq ommasining yordami bilan isyonchilarni tor-mor qildi (1961). Gʻarbiy Irianni I. tarkibiga qoʻshib olishni tinch yoʻl bilan hal etolmagach, I. vatanparvarlari golland bosqinchilariga qarshi qurolli kurash boshladi (1962). 1963 yil 1 mayda Gʻarbiy Irian I. Respublikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Prezident Sukarno mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqti-sodiyotni yuksaltirish, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan doʻstlik va hamkorlik yoʻlini tutdi. Ammo ichki siyosiy beqarorlik (harbiylar, ayirmachilar va islom aqidaparastlarining isyonlari), soʻl va oʻng kuchlarning oʻzaro kurashi tobora kuchayishi "1965 yil 30 sentyabr" voqealariga olib keldi. Armiya raxbariyatining raqiblari orasidagi ashaddiy murosasiz arboblar kompartiya rahbarlarining madadi bilan davlat toʻntarishi qilishga urindilar. Ularning xattiharakatlari tor-mor etilgach, Sukarno hokimiyatdan chetlashtirildi va "yangi tartib" oʻrnatishga kirishildi. 1966 yilda general Suharto muvaqqat (1968 yildan rasmiy) prezident boʻlib qoldi. Harbiylar boshchiligidagi hokimiyat ichki muxolifatni keskin cheklab, bozor xoʻjaligiga oʻtish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifasini qoʻydi. I. faol tashqi siyosat oʻtkazib, milliy taraqqiyot uchun qulay sharoit taʼminlash yoʻlidan bordi. Yalpi mahsulot i.ch. ni koʻpaytirish surʼatlari oshdi, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻpaydi.
 
Suharto 6-muddatga prezident etib saylandi, biroq 1998 yil boshlarida mamlakat moliyaviy inqirozga duchor boʻldi. Xalq ommasi, ayniqsa, talaba yoshlar bu kulfatda prezidentni ayblab, koʻchalarda norozilik namoyishlari oʻtkazishdi. Shunday bir vaziyatda Xalq maslahat kongressi Suhartoni 7-muddatga yana prezident etib sayladi. Bu voqea xalqning gʻazabini yanada oshirdi va tinch namoyishlar gʻalayon tusini ola boshladi. Prezidenta ing isteʼfo beri sh i haqidagi ta-lablar kuchaydi. Nihoyat, Suharto isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va konstitutsiyaga binoan 1998 yil 21 may kuni vitse-prezident Burhoniddin Yusuf Habibiy prezident lavozimini egalladi. Ammo uning bu lavozimdagi faoliyati uzoqqa bormadi. Oliy tabaqa arboblarining suiisteʼmollaridan norozi boʻlgan xalq ommasining talabi bilan B. Yu. Xabibiy isteʼfoga chiqarildi. 1999 yil oktabrdan Vohid Ab-durahmon, 2001 yil iyuldan A. Sukarnoning qizi Megavati Sukarnoputri prezident lavozimiga saylandi.
Qator 57:
 
== Adabiyoti ==
I. hududidan 7—8-a.asr larda kad. malayya va yava tillarida toshlarga bitilgan yozuvlar topilgan. 9—11-a.asr larda yava adabiyoti ravnaqtopdi ("Ramayana", "Arjunaning toʻyi" vab.). 14— 17a.17-asr larda yavalik yozuvchilar hind mumtoz asarlari (xususan, "Mahabha-rata") va xalq, ijodi taʼsirida tarixiy mavzuda asarlar ("Tantu Pan-gelaran", "Pararaton", "Nagaraker-tagama" va b.) yaratdilar. 15-a.asr dan Yava va Balida yangi adabiy oʻlchov — macha-pat va yangi sheʼriy shakllar joriy qilinib, folklor bilan bevosita bogʻlangan dostonlar ("Devaruchi", "Pan-ji Angreni", "Damarvulan") paydo boʻldi. Yava adabiyoti anʼanalari 16— 18-a.asr lardagi sund va madur adabiyotining rivojlanishida namuna boʻldi. 16-a.asr da dengiz boʻyi shaharlarida malayya tilidagi adabiyot koʻproq rivojlandi. Ache sultonligi (16—17-a.asr lar) da Hamza Fansuriy, Nuriddin ar-Rapiriy va b. mashhur malayya shoirlari ijod qildilar. 18-a.asr da mamlakat savdosi ustidan Niderlandiya nazoratining kuchayishi I. ning musulmon davlatlari bilan aloqalarining birmuncha susayishiga olib keldi va natijada malayya tilidagi adabiyetning rivoji vaqtincha sekinlashdi. Ayni vaqtda asosiy adabiy til boʻlib qolgan ache tilida "Malem, Dagang", "Puchut Muhammad" va b. dostonlar yaratildi. 18-a.asr ning 2-yarmi va 19-a.asr ning 1-yarmida yava adabiyoti ravnaq topdi. Bu adabiyetning mumtoz namoyandalari Yasadipura 1, Rongovarsito asarlarida yangi davr Yevropa madaniyati aks ettirildi.
 
I. da milliy ozodlik harakatining boshlanishi bilan malayya tili siyosiy va madaniy jihatdan butun mamlakatning birlashuviga olib keluvchi vosi-ta boʻlib qoldi. 19-a.asr oxirida malayya tilida paydo boʻlgan matbuot yangi adabiyotning rivojlanishiga katta yordam berdi. Yozuvchilardan Marko Kartodikromo va Semaun birinchi boʻlib roman janrida ijod qildilar.
 
20-a.asr ning 20—30-yillarida S. T. Alishohbona, Hamka, Rustam Effendi va b. yaratgan asarlar, "Pujanga Baru" badiiy, ijtimoiy va siyosiy jur. ning nashr etilishi I. adabiyoti taraqqiyoti uchun muhim voqea boʻldi. 30-yillar oxirida bir qator yozuvchilar (H. Anvar, Idrus, P. A. Tur, A. Kartamiharja, U. T. Sontani va b.) ijodida realistik tamoyillar kuchaydi.
 
50-yillar boshlarida baʼzi yirik yozuvchi va dramaturglar asta-sekin Xalq madaniyati jamiyati (LEKRA) atrofiga jipslashdilar. 1965 yil gi voqealardan soʻng bu jamiyat tugatildi. Hoz. zamon I. adabiyotining ilgʻor vakillari realistik anʼnani rivojlantirmoqdalar. V. S. Rendra, T. Moxtar, A. Ro-sidi, G. Poyka sheʼr va hikoyalarida, M. Bushe, P. Vijaya, I. Simaputang romanlarida va b. ning asarlarida I. dagi muhim ijtimoiy muammolar aks etmoqda.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
I. xududida mezolit davri (mil. av. 7—5ming yillik)ga oid hayvon tasvirlari, neolit davriga xos toshga bitilgan yozuvlar (Sulavesi o. jan. dagi toʻngʻiz tasviri, oʻyma naqshli sopol buyumlar) topilgan. Quyi neolit davridayoq pogʻonali qoʻrgʻonlar, dolmen (tosh maqbara)lar, tosh tobutlar, jez buyumlar — odam haykallari, burama naqshli bolta va turli idishlar yaratilgan. Mil. boshlarida Nias, Sumba, Flores o.larida toshdan yasalgan obidalar xrzirgacha yetib kelgan. Keyingi davrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar, hay-kallar dinning kuchli taʼsirida yaratilgan (7—8-a.asr larga oid Arjuna, Shri-kandi, Bximo ehromlari, ularda Budda afsonalari asosida yaratilgan boʻrtma haykaltaroshlik asarlari). Yavada barpo etilgan Borobudur ibodatxonasi 8—9-a.asr lardan qolgan eng yirik yodgorlikdir. Bu exrom ulkan tosh pi-ramidaga oʻxshab ketadi. Uning aylana-si, bir necha km li supasi diniy syu-jetli rasmlar bilan bezatilgan. Borobudur yaqinida saklangan haykallar ham diniy mavzular asosida yaratilgan. 8-a.asr oʻrtalaridan Mataramda hinduilik rasmiy dinga aylangach, binolar — Lar Jongrang (9-a.asr), (14—15-a.asr lar) va b. ibodatxonalar hinduilik ruhida qurilgan. 13—15-a.asr larda Majapaxit imperiyasi davrida hind madaniyati taʼsiri susayib, mahalliy anʼanalar ahamiyati kuchaydi. 16-a.asr dan masjid va madrasalar qurila boshladi.
 
18—20-a.asr larda I. shaharlari qurili-shiga Yevropa (ayniqsa, golland) meʼmorligi katta taʼsir koʻrsatdi. Jakar-ta, Bandung va b. shaharlarda maʼmuriy binolar, mehmonxona, institut, kasalxona, stadion, sanoat korxonalari va b. inshootlar funksionalizm ruhida qurildi. Turar joy va jamoat bi-nolari qurilishida tropik iqlim xu-susiyatlari hisobga olindi (Bandungdagi texnologiya instituti va b.).
 
I. sanʼatining yirik markazi — Bali o. da xukmdorlarning qoyalardagi maqbaralari (11 — 12-a.asr lar) da, 14—15-a.asr larga oid ehromlarda devoriy rasmlar saklangan. Kitob mini-atyurasi ham rivoj topgan. Xalq sanʼati rivojini yogʻochdan qurilgan bi-nolarda, metall, yogʻoch, suyak buyumlar, gulli matolarda koʻrish mumkin. 17-a.asr dan boshlab, golland mustamlakachilari va b. bosqinchilarning jabr-zulmi I. sanʼati rivojiga putur yetkazdi. Milliy ozodlik harakati taʼsirida zamonaviy sanʼat shakllandi (I. rassomlari uyushmasi, 1937—38 yillari asos solingan). Ozodlik uchun kurash mavzui S. Sujoyono, K. Affandi, B. Abdulloh, I. B. Made va b. rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. Qad. anʼanalarga ega boʻlgan xalq amaliy sanʼati mustaqillik yillarida gurkirab rivojlandi.
 
== Musiqa sanʼati ==
Musiqasi hind-yava madaniyati va I. da yashagan boshqa xalqlar madaniyatining rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan. 1ming yillik oxiri va 2ming yillik boshida Yavada rivojlangan musiqa madaniyati Jan. Sumatra, Bali, Madur va b. orollardagi musika rivojiga ham taʼsir etdi. Qadim zamonlardan musiqa qishloq aholisi turmushiga singib ketgan, hosil yigimi, don yanchish kabi mehnat jarayonlarida qoʻshiq yangrab turgan. Jan. sharqiy Osiyodagi boshqa musiqiy madaniyatlardan farqli oʻlaroq, indonezlar xor qoʻshiqchiligi anʼanalarini davom ettirib kelayotir. Rivojlangan geterofoniya va koʻp ovozlilik I. mu-siqasiga xos xususiyatdir. Xalq cholgʻu asboblari orkestri gamelan — I. mum-toz musika sanʼatining choʻqqisi hisoblanadi. 16-a.asr da anʼanalari negizida kronchong musiqa shakli vujudga keldi.
 
I. mustaqillikka erishgach (1945), umummilliy musika madaniyati rivoji uchun qulay imkoniyat tugʻildi. Professional va havaskorlik jamoalari, kamer orkestrlar xalq anʼanalarini rivojlantirayotir. Sujasmina, A. Pasaribu, Susbini va b. tanikli kompo-zitorlar professional musiqa namo-yandalaridir. Jokyakartada musiqa maktabi (1952 yildan), Surakartada konservatoriya hamda milliy mumtoz musika maktabi (1960) ochildi. 1968 yildan Jakartada simfonik orkestr ishlaydi.
 
== Teatr sanʼati ==
Teatr sanʼati azaldan xalq bayramlari va diniy marosimlarda oʻtkaziladigan tomoshalardan boshlangan. To-pengdalang (ijrochilar niqob kiyib imo-ishoralar bilan raqsga tushadi) va vayang-orang (qonunlashgan teatr vosi-talariga qatʼiy rioya qilinadi) ka-bilar I. ga xos anʼanaviy teatr shakllaridir. I. da qoʻgʻirchoq va soya tushirish teatrlari ham rivojlangan. Teatr tomoshalarining asosini qad. hind eposlari — "Ramayana", "Mahabhara-ta" dan olingan parchalar, arab rivo-yatlari va mahalliy ertaklar tashkil etgan. 19-a.asr oxiri va 20-a.asr boshida zamonaviy teatrlar tashkil topdi. 50—60-yillarda "Marxaen", "Triskokanten" kabi guruhlar shuxrat qozondi. Ular I. milliy dramaturglari — Utuy Tatang Sontani, Abu Xapifax, Ali Muhammad, Sanusi Pane va b., shuningdek, G. Ibsen, A. P. Chexov hamda N. V. Gogol asarlarini sahnalashtirdi. 50-yillardan Milliy teatr akademiyasi va b. ishlay boshladi.
 
== Kinosi ==
Dastlabki filmlar 20-a.asr 20-yillar oʻrtalarida golland rejissyor lari tomonidan suratga olingan. 30-yillar 1-yarmidan xitoylar bilan hamkorlikda I. rejissyor lari (Anjar Asmara va b.) indonez tilida ovozli filmlar yara-ta boshladilar. Dehqonlar hayotini aks ettiruvchi "Parex" (1935, rejissyor M. Franken), "Yorqin oy" (1937, rejissyor A. Balink) singari koʻpgina filmlar aktyorlar Moxtar va Rukiyax ishtiro-kida yaratildi. Yaponlar okkupatsiyasi davrida kinematografiya yapon tashvi-qotiga xizmat qildirildi. Ammo "Yom-gʻir" (rejissyor I. Perbatasari) va "Orzularim" (rejissyor S. Palindi) filmlarida xalqning milliy xususiyatlarini ifodalashga muvaffaq boʻlindi. Urushdan keyin milliy mutaxassislar yetishib chiqa boshladi, voqeiy filmlar yaratish kuchaydi. Jakartada birinchi davlat kinofirmasi "PFN", xususiy kinofirma "Perfini" tashkil etilishi natijasida koʻplab badiiy filmlar ishlab chiqarildi. "Majruh" (1952), "Turang", "Vatanga qaytish" (1954), "Maktab devori orqasida", "Tilla qoʻngʻiz", "Shafqatsiz gunoh" va b. filmlar ilgʻor gʻoyalarni targʻib qildi.
 
60-yillar oxiridan milliy kino i.ch. yana avj ola boshladi. Keyingi yillarda rejissyor lardan V. Umboxning "Mitti yulduzlar", "Onajon", "Shaxs", "Bokira kelin", "Toʻy", "Novcha oʻynash", T. Junandining "Onaginam", "Puch orzu", S. Jayning "Harir binafsha-rang tuman", S. Suvardi Hassanning "Baxtsiz oʻgay qiz", "Umidsizlik koʻz yoshlari" kabi badiiy filmlari ma-shhur boʻldi.