Xorazm viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 196:
 
== Meʼmoriy yodgorliklari ==
Xorazm viloyatidagi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar jahonga mashhur. Viloyatda 149 meʼmoriy va shaharsozlik, 16 arxeologik, 21 monumental sanʼat va haykaltaroshlik yodgorligi bor. Meʼmoriy yodgorliklarning asosiy qismi Xiva shahrida joylashgan. Uning Ichan qalʼa qismi esa YUNESKOning Jahon merosi shaharlari tashkiloti hisobiga kiritilgan. Xivadagi yodgorliklardan Juma masjid (10–18-asrlar), Pahlavon Mahmud meʼmoriy majmuasi (14-asr, 19–20-asr boshlari), Sayid Aloviddin (14–18-asrlar), Uch Avliyo (1549, 1821) makbaralari, Toshhovli (19a.19-asr), Koʻhna Ark (17–19-asrlar) saroylari, Muhammad Aminxon Madrasa va minorasi va boshqa mehmonlar va sayyohatchilar diqqatini oʻziga tortadi. Shuningdek, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Qoʻshkoʻpir, Bogʻot va boshqa tumanlarida ham tarixiy obidalar mavjud. Shulardan Xiva tumanidagi Chodra hovli (18–19-asrlar), Shohimardon meʼmoriy majmuasi (19-asr), Qubla Tozabogʻ saroyi (1893–1913), Hazoraspdagi Muzrobshoh (16–18-asrlar), Shayx Kosim eshon makbaralari (18–19-asrlar), qadimgi Hazorasp qalʼasi (mil. av. 6–5-asrlar), Xonqa tumanidagi Sayd ota masjidi (1766), Shovot tumanidagi Vayangan bobo makbarasi (16–19-asrlar); Yangiariq tumanidagi Shayx Muxtor Valiy (Ostonabobo, 14a) meʼmoriy majmuasi; Qoʻshkoʻpir tumanidagi Imoratbobo meʼmoriy majmuasi (16–19-asrlar) va boshqalarni aytish mumkin.
 
Mustaqillik yillarida viloyatda yakka tartibda uyjoy kurish tez rivojlandi. Urganch, Xiva shaharlarlariga yoʻdsosh Navroʻz, Qosmaobod shaharchalari bunyod etildi. Viloyatda tarixiy va meʼmoriy yodgorliklarni asrash, taʼmirlash ishlariga Oʻzbekiston hukumati tomonidan katta eʼtibor berilmoqda. Xiva shahrining2500 yillik yubileyi (1997), Jaloliddin Manguberdining 800 yiligi (1999), Avesto kitobi yaratilishining 2700 yilligi (2001) bayramlari arafasida viloyatda keng miqyosda meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash, ular atroflarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xorazm viloyati 2003 yil 22 avgustda Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlangan.<ref>Komil Nurjonov, Botir Matyoqubov, Komil Avazov. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>