Tailand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 14:
 
== Tarixi ==
T. hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. 1—2-a.lardaasrlarda monlarning dastlabki davlati vujudga kelgan. 13-a.daasrda shim.dan kelgan tay qabilalari monlar bilan qoʻshilib ketgan; birinchi yirik tai davlati — Sukotai barpo etilgan (1238). 1350 yilda asos solingan Ayutiya (Siyom) qirolligi uning oʻrnini egallagan. 16 va 18-a.asr larda Siyom Birma bilan urush olib borgan va biroz vaqt unga tobe boʻlib qolgan. Ozodlik kurashiga 16-a.daasrda Naresuan, 18-a.daasrda Taksin boshchilik qilgan. 19-a.asr oʻrtalarida Siyom Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH bilan teng huquqli boʻlmagan bitimlar tuzgan. 19-a.asr Oxiri — 20-a.asr boshlarida yer islohoti va boshqa islohotlar oʻtkazgan. 1932 y. davlat toʻntarishi natijasida konstitutsiyali monarxiya eʼlon qilingan. 1939 y. mamlakat T. deb yuritila boshladi. 1940 y. T. bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. 1942 y. yanvarda T. AQSH va Buyuk Britaniyaga urush eʼlon qildi. 1943 yilga kelib mamlakat amalda Yaponiya tomonidan okkupatsiya qilindi. T.da ozodlik kurashi kuchaydi. "Ozod Tay" ommaviy yashirin harakati tashkil topdi. 1945 y. 19 avg .da T. Yaponiyaga karshi urushayotgan koalitsiya davlatlariga sulh taklif etdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakatda bir necha marta harbiy toʻntarish boʻlib, notinchlik hukm surdi, hukumatlar almashinib turdi. 1991 y.gi harbiy toʻntarish (1932 yildan buyen 17toʻntarish)dan soʻng Jamoat tartibini saklash milliy kengashi hokimiyat tepasiga chikdi. T. — 1946 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 5 dek. — qirol tugʻilgan kun (1927). OʻzR suverenitetini 1991 y. 26 dek.da tan olgan va 1992 y. 6 mayda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Qator 40:
 
== Adabiyoti ==
Tay ogʻzaki va yozma ijodiyotining dastlabki yodgorliklari 13-a.asr oxiriga oid. Ular toshlarga yozilgan yilnomalardan iborat. Mustaqil badiiy ijodiyot tarzidagi adabiyot oʻrta asrlarda yuzaga keldi. Bu davr adabiyoti hind adabiyotining taʼsirida rivojlandi. Buddaviylikning ijtimoiy hayotdagi hukmronligi adabiyotda ham oʻz aksini topdi. Hukmdorlarni taʼriflovchi madxiyalar va diniy rivoyatlar asosiy oʻrin oldi. 18-a.asr oxirida dunyoviy mavzuga burilish boshlandi. Dastlabki nasriy asarlar yaratildi ("Rachatirat", 1785 va "Uch qirollik hukmronligi", 1802). 19-a.asr oʻrtalarida adabiy asarlar tilini xalqqa yaqinlashtirish va taqdidgoʻylikdan voz kechib, milliy adabiyotni kamol toptirish harakati boshlandi. Sunton Pu ijodi bunga misol boʻladi. 20-a.ningasrning 20—30y.larida realistik yoʻnalish yuzaga keldi, shu ruhdagi hikoya, qissa, romanlar paydo boʻldi. 2jahonIkkinchi jahon urushidan keyin adabiyotda oilaviy turmush mavzui ustunlik qila boshladi. Siburapning "Kelajakka tik boqib" (1955), Sena Sauvapongning "Iblis" (1957) romanlari, Suvat Varadilok va Lao Kxamxomning hikoyalarida oʻtkir ijtimoiy muammolar koʻtarildi. Akat Damkeng , Luang Vichit Vatakan, Malay Chupinit, Makat Tyanrayong, adiba Dokmaysot va boshqa insonning ahvolruhiyatidagi ziddiyatlarni ifodalovchi asarlar yozishdi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
T. hududida milodning dastlabki asrlaridan monlarga, biroz keyingi davrdan kxmerlarga mansub ibodatxonalar (Lampxun va Chiangmayda) saklangan. 13-a.danasrdan buddaviylik ruhidagi milliy sanʼat shakllandi. Shu davrda diniy majmualarning taylarga xos tipi — "vata" vujudga keldi. Savankxalokdagi Chang Lom (13-a.asr), Sukotaidagi Maxatat (Sukxotxay, 1345) "vata" ibodatxonalari shu jumlaga kiradi. Siyom davlati ravnaq topgan davr (14—19-a.larasrlar)da toʻgʻri burchakli rejalar asosida shaharlar barpo etildi, atrofi gʻisht devor bilan oʻraldi, Bangkok, Ayutiya va boshqa shaharlarda murakkab shaklli "vata" va saroylar qurilib, rangbarang koshin va rasmlar bilan oʻymakorlik usulida ziynatlandi. Shuningdek, Bangkokda qirol Chakri sulolasi katta saroyi (18-a.asr), Rajabopit ibodatxonasi (18-a.asr oʻrtalari), Bengamabopit marmar ibodatxonasi (1900) yaratildi. 19-a.asr oxiridan zamonaviy yevropacha va amerikacha uslubdagi bank, mehmonxona, maʼmuriy binolar kurila boshladi. 1950—70 yillarda mehmonxona, bank, zamonaviy maʼmuriy binolar qurish yanada avj oldi.
 
Neolit va jez davrlaridan Kvay daryosi vodiysida dahmalarga qoplangan sopollar, qoyalarga ishlangan rasmlar, milodning dastlabki asrlaridagi Buddaning mahobatli haykallari saklangan. Milliy sanʼat 13-a.danasrdan shakllana boshladi. 14—19-a.lardaasrlarda haykaltaroshlik ravnaq topdi. 19-a.asr oxiridan Yevropa va Amerika sanʼatining taʼsiri sezildi. 20-a.ningasrning 2yarmida ilgʻor sanʼatkorlar (rassomlardan Fua Xarabitak, Tavi Nandakvan, haykaltarosh Xʼyen Yimsari, grafik Manita Pu Ari) zamonaviy anʼanalarga ergashgan holda milliy sanʼat anʼanalarini ham saqlab qolishga intildilar. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari: lokli rangtasvir, charmdoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, badiiy toʻquvchilik rivojlangan.
 
== Musiqasi ==
T.da diniy marosim va bayramlar, toʻy, farzand tugʻilishi va boshqa qadimdan qoʻshiq va musiqa bilan nishonlanadi. Fong si deb atalgan tarixiy balladalar keng yoyilgan. Toʻy qoʻshiqlari xat lion janri tarkibiga kiradi. Musiqiy cholgʻu asboblari xilmaxil: 2 torli skripka (sau duong va sau o), 3 torli skripka (sau sam say), 3 torli ud (syoung), sitra (kxim), fleyta (kxliy), damli nay (pinay), barabanlar (txon, ramana, kxlong), gonglar, ksilofon (rapadek) va boshqa 19-a.asr oxirida yevropacha musiqa va cholgʻu asboblari kirib kela boshladi. 20-a.ningasrning 50y.laridan milliy musiqiy madaniyatni yuksaltirish harakati boshlandi. Zamonaviy kompozitorlardan Montri Tramote, Naris, xonandalardan U. Sukantxamalai, T. Aylin, cholgʻuchilardan T. Konglaitong , N. Tayminlar mashhur.
 
Teatri va kinosi. T.ning mumtoz teatri hindlarning "Ramayana" eposidan boshlangan. 15-a.daasrda taylar bu asarning "Ramakiyan" deb atalgan varianti asosida kon, nang , lakon tomoshalarini yaratdilar. Kon — niqobli pantomima teatri boʻlib, barcha rollarni erkaklar ijro etadi. Niqoblarda qahramonlarning qiyofasi tasvirlangan boʻladi (och koʻk rang — Rama, oq rang — Xonuman va t.k.). Aktyorlar gapirmaydi, matn sahna orqasidan oʻqib turiladi. Tomoshalar orkestr va qoʻshiqchilar joʻrligida olib boriladi. Nang — fonus teatri. Ishtirokchilarning gavdalari buyvol terisidan qora va rangdor qilib yasaladi. Tomosha paytida aktyorlar ishtirokchilarning harakatini qiroat bilan tushuntirib boradilar. Aksariyat hollarda turmushdan olingan sahnalar koʻrsatiladi. Lakon — taylarning mumtoz dramasi boʻlib, undagi matnni aktyorlarning oʻzi gapiradi. Kichik xor esa voqealarni izohlaydi, qahramonlarga taʼrif beradi. Bu teatrda raqs asosiy oʻrinda boʻladi. Lakonning like va nora turlari xoz. zamon tomoshalarida yashab kelmoqda. T.da doimiy teatr yoʻq. Nafis sanʼat departamenta huzurida havaskorlar truppasi tashkil etilgan. T.da har yili 50—70 badiiy film yaratiladi. "Sher naʼrasi" (rej. S. Jaruchino) va "Qurollangan kishi" (rej. Yu. Chatri) filmlari shu jumlaga kiradi.
 
== Manbalar ==