Turkiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 5:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Turkiston''' — Markaziy Osiyoning oʻrta asr tarixiygeografik adabiyotlarda uchraydigan nomi. Manbalarda Turon va Turkiston atamalari oʻrnida qayd etilgan. 639 y. Turfonda tuzilgan sugʻd hujjatida Oʻrta Osiyo mintaqasining nomi sifatida ishlatilgan. "T." atamasi "Oʻrta Osiyo" va "Movarounnahr" nomlaridan farqli ravishda nafaqat geografik, balki etnogeografik tushunchani anglatib, shuningdek, siyosiyhuquqiy ahamiyatga ham ega boʻlgan. Arablar istilosidan soʻng "T." toponimi oʻzining siyosiyhuquqiy maʼnosini yoʻqotmagan. Uning siyosiy sarhadlari Uzok, shim. va sharqqa, Arab xalifaligi, Qarluq va Uygʻur xoqonliklari bilan chegaradosh boʻlgan yerlargacha yoyilgan. Ayni mana shu davlatlar endilikda T. nomi bilan arab tarixchigeograflari asarlarida (8—10a.lar8—10-asrlar) qayd etilgan. Markaziy Osiyoning markaziy va jan. viloyatlari (Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi) Movarounnahr deb atala boshlagan.
 
Qoraxoniylar davlati barpo etilishi bilan "T." toponimining ahamiyati yana qayta oʻzining sobiq hududlari doirasida deyarli tiklanadi, uning jan. sarhadlari Amudaryo bilan belgilanadi. "Movarounnahr" atamasi esa, T.ning bir qismi sifatida, yaʼni K,oraxoniylar, soʻngra Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatining bir qismi sifatida qarala boshlagan. Mahmud ibn Valnning yozishicha, "Turkiston — bu keng va koʻngilli yurtdir.., bu yurtning uzunligi Sayhun daryosining qirgʻogʻidan Qoramurun daryosi qirgʻogʻigacha boʻlib, bu yerni Moʻgʻuliston nomi bilan ataganlar". Muallif T.ning yana bir nomi — bu Turon va uning aholisi turklar deb yozadi. Shu davrdagi Moʻgʻuliston Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Oltoyni qamrab olgan. 19-a.asr oʻrtalarida T. xududi (3 mln. kv. km dan ortiq) gʻarbda Ural togʻlari etagi va Kaspiy dengizi, sharkda Oltoy togʻlari va Xitoy, jan.da Eron va Afgʻoniston, shim.da Tomsk va Tobolsk gubernyalari bilan chegaradosh boʻlgan. T. shartli ravishda Gʻarbiy (Qozogʻistonning jan. qismi, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hududlari), Sharqiy (SintszyanUygʻur muxtor rayoni) va Afgʻon T.i (Afgʻonistonning shim. qismi)ga boʻlingan. Rossiya imperiyasi bosib olgan Gʻarbiy T. hududida 1867 y. Turkiston generalgubernatorligi tashkil qilingan. 1886 yildan rasman Turkiston oʻlkasi deb atala boshlagan. Oktyabr toʻntarishidan soʻng , 1918 y. aprelda Gʻarbiy T. hududida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TurkASSR) tuzilgan. Shoʻro hokimiyati yagona va mustaqil T.ni qayta tiklash gʻoyasi tugʻilishidan xavfsirab 1924—25 yillarda shoshilinch suratda "T.xalqlarining milliydavlat chegaralanishi" deb atalmish tadbirni oʻtkazgan. Natijada, ugla paytda siyosiy ahamiyat kasb etgan "T." atamasi sunʼiy ravishda isteʼmoldan chiqarilib, oʻrniga rasman"Oʻrta Osiyo" geografik termini joriy qilingan.
 
Ad: Bartold V.V., Istoriya Turkestana, Sochineniya, T. 11(1), M., 1963; Sagdullayev A. S., Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1996.