Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 63:
19-asrning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuchaydi. 70–80-yillarda bir qancha inqilobiy tashkilotlar ("Yer va erk", "Xalq irodasi" va boshqalar) tuzilib, ular Rossiyada samoderjaviyeni agʻdarib tashlash vazifasini maqsad qilib oldi. 1881 yilda "Xalq irodasi" tashkiloti aʼzolari tomonidan Aleksandr II oʻldirildi.
 
19-asr oxiri – 20-asr boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903 yilda bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraksiyaga boʻlindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 yillardagi rusyapon urushidagi magʻlubiyat Rossiyadagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa 1905– 07 yillardagi inqilobga olib keldi. Inqilob davomida Rossiya konstitutsiyali monarxiyaga oʻta boshladi; Davlat dumasi taʼsis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17 oktabr ittifoqi, Rus xalqi ittifoki va boshqalar) maydonga chikdi. 1914–18 yillardagi 1-Birinchi jahon urushida Rossiya Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917 yil Fevral inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan boʻldi. Bu inqilob samoderjaviyeni agʻdarib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917 yil 1 sentabrda Rossiya respublika deb eʼlon qilindi. 1917 yil 25 oktabrda [[Oktabr inqilobi]] sodir boʻldi. [[Vladimir Lenin]] boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyat tepasiga chikdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati eʼlon qilindi. 1918 yil yanvarda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, shu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917 –22 yillardagi Fuqarolar urushi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalar taqiklandi, jamiyat va davlatni tashkil etishning harbiykommunistik prinsiplari ("harbiy kommunizm") joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi oʻrnatildi. 1921 yil "yangi iqtisodiy siyosat" eʼlon qilindi. 1922 yil 30 dek.da Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya imperiyasi hududida tashkil topgan RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Zakavkazye respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gurjiston) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni industriyalash, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish ogʻirligini, 20–40-yillardagi ommaviy qatagʻonlar kulfatlarini boshdan kechirdilar, Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga, 60–70-yillardagi Texnika inqilobiga katta hissa qoʻshdilar. 70-yillar oxiri va, ayniqsa, 80-yillarda iktisodiyotda salbiy tamoyillar sezila boshladi. Koʻp jihatdan mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan sanoat mamlakatning ommaviy ehtiyoj mollari ishlab chiqarishga boʻlgan talabini qondira olmas edi. Mehnat unumdorligining pastligi, uni oshirishga qiziqtiruvchi omillarning yoʻqligi, butun jamiyatda toʻrachilik avj olganligi va boshqa illatlar oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 1985 yil "qayta qurish" siyosati eʼlon qilindi. Biroq tez orada roʻy bergan siyosiy mojarolar iqtisodiyotga qattiq zarba berdi. 1990 yil 12 iyunda RSFSR ning davlat suvereniteti toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991 yil 25 dek.da RSFSR Oliy Kengashi Rossiya davlatining rasmiy nomi Rossiya Federatsiyasi (Rossiya) deb atalishini tasdiqladi. 1991 yil martida RSFSR prezidenti lavozimi taʼsis etildi (1991 yil iyunda [[Boris Yeltsin]] RSFSR prezidenti etib saylandi). 1991 yil avgust boʻhronidan keyin oʻsha yil dek.da RSFSR, Belorussiya va Ukraina rahbarlari Belaya veja pushchasi bitimini imzolab, SSSR tugatilganini va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tuzilganini eʼlon qildilar. Rossiya SSSR ning huquqiy vorisi boʻlib qoldi. 1992 yil yanvarda maʼmuriybuyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish maq^ sadini koʻzlovchi iqtisodiy islohot boshlanishi eʼlon qilindi. Islohotni oʻtkazishdagi xatolar va noizchillik sababli iqtisodiyot tarmoqlarida tanglik holatlari roʻy berdi, bu esa aholining turmush darajasi pasayishiga olib keldi. 1993 yil sentabr oktabr inqirozi davomida Prezident farmoni bilan Sovetlar tizimi tugatildi. Oʻsha yil dek.da Federal majlisga saylov oʻtkazildi. 1996 yil B. Yelsin 2navbatga prezident etib saylandi. 2000 yilda prezident lavozimiga saylangan V. Putin yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarini koʻra boshladi. U prezident sifatidagi xorijiy safarini Oʻzbekistondan boshlaganligi diqqatga sazovordir. Rossiya – SSSR ning huquqiy vorisi sifatida 1945 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 20 martda tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari – 12 iyun – Suverenitet haqida deklaratsiya qabul qilingan kun (1990), 7 noyab. – Kelishuv va inoqlik kuni (1996), 12 dekabr Rossiya konstitutsiyasi kuni (1993).
 
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. "Yagona Rossiya" partiyasi, 2003 yil asos solingan; Liberaldemokratik partiya, 1992 yil roʻyxatga olingan; "Yabloko" demokratik partiyasi, 2001 yil tashkil etilgan; "Oʻng kuchlar ittifoqi" partiyasi, 2001 yil tuzilgan; Rossiya Federatsiyasi Kommunistok partiyasi, 1993 yil roʻyxatga olingan; shuningdek, Rossiya demokratok partiyasi, "Yevraziya", "Internatsional Rossiya", Rossiya konservativ partiyasi, Rossiya Federatsiyasi Xalq partiyasi, Rossiya xalqvatanparvarlik partiyasi, Rossiya xalqrespublikachilar partiyasi, "Liberal Rossiya" partiyasi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi", Rossiya Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, Rossiya sotsialdemokratik partiyasi va boshqa partiyalar; "Urush faxriylari – tinchlik uchun", "Askar onalari", "Qadrqiymat va mehrmuruvvat" va boshqa harakatlar faoliyat koʻrsatadi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi koʻpgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.