Finlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 14:
 
== Tarixi ==
Miloddan avvalgi 3—2ming yilliklarda F. hududida hozirgi saam (lopar)larning ajdodlari yashagan. 1ming yillik boshlarida bu yerga Boltik, boʻyidagi fin qabilalari koʻchib kelib, mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan va natijada fin elati shakllangan. 12— 13-asrlarda F. hududini shvedlar istilo qila boshladi. 19-asr boshlariga kelib u butunlay Shvetsiya qoʻl ostiga oʻtdi. Ammo fin dehqonlari shaxsiy ozodlikni qoʻldan bermadilar. 1808— 09 yillardagi RossiyaShvetsiya urushidan soʻng F. hududi Buyuk Finlyandiya knyazligi tarzida Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. F.ni Rossiya podshosi tayinlagan generalgubernator (1816 yildan senat raisi) boshqardi. Un ga ichki maʼmuriy muxtoriyat bilan birga iqtisodiy muxtoriyat ham berildi. 19-asrning 20-yillaridan F.da iqtisodiy yuksalish tezlashdi. Yogʻoch tilish sanoati, qishloq xoʻjaligida sut chorvachiligi rivojlandi. Rossiya va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq jonlandi, 1860 yildan uz puli joriy etildi. 19-asrning 2yarmida pultovar munosabatlari qaror topdi. Fin millati shakllana bordi. 80-yillarning oʻrtalarida podsho hukumatining F. muxtoriyati huquklariga tajovuzi kuchaydi. Fin xalqi oʻz milliy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish uchun kurash boshladi. Dastlabki siyosiy tashkilot va partiyalar tuzildi. 1916 i. parlament saylovida F. sotsialdemokratik partiyasi gʻalaba qozondi. 1917 yil 6 (19) dek.da F. seymi mustaqillik haqida deklaratsiya qabul qildi. 1919 yil F. respublika deb eʼlon qilindi. 1939 i. F.ga SSSR qoʻshinlari hujum qildi. 1939— 40 yil "qishki urush"da finlar qattiq qarshilik koʻrsatishiga qaramay, F. oʻz hududining bir qismidan maqrum boʻldi. 2-Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar [[Olmoniya]]si tomonida boʻldi. 1944 yil urushdan chiqdi. Urushdan keyin mamlakat oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. F. — 1955 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 yil 30 dek.da tan olgan va 1992 yil 26 fevralda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6 dek. — Mustaqillik kuni (1917).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va birlashmalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 43:
 
== Adabiyoti ==
Fin yozuvi 1521 yil F.da boshlangan Reformatsiya harakati taʼsirida vujudga keldi. Reformatsiya namoyandasi M. Agrikola 16-asr oʻrtalarida bosma kitoblar nashr eta boshladi va 3 asr davomida aksar diniy kitoblar bosildi. 19-asr adabiyoti fin xalqining shvedlar zulmidan ozod boʻlib, millat sifatida shakllanishi, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish bilan bogʻliq ravishda rivojlandi. 1830 yil Helsinkida "Shanbalik suhbati" adabiyfalsafiy toʻgaragi vujudga keldi. Tugarak aʼzolari bir yil oʻtib "Fin adabiyoti jamiyati"ni tuzdilar (hozir xam mavjud). Folklorshunos E.Lyonrot (1802—84) xalq eposi "Kalevala"ni nashr ettirdi. Shoir Y.L.Runeberg , faylasuf, publitsist va tanqidchi Y.V.Snelman adabiyot rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Yangi fin adabiyotining asoschisi, ilk milliy drama va romanlar muallifi A. Kivi adabiyotda yangi realistik anʼanalarni boshlab berdi. S.Topelius tarixiy romanlar, Yu.Veksell sheʼr va pyesalar, K.R.Kramsu ijtimoiy mavzuda sheʼrlar yezdi. Minna Kant, Yu.Axo, A.Yarnefelt, K.A.Leyno va boshqa yozuvchilar xalq hayoti va, ayniqsa, ayollarning ayanchli taqdirini haqqoniy tasvirlab berdilar. 20-asr boshlarida turli adabiy oqimlar yuzaga keldi. A.E. Leyno, L.Onerva, V.Kilpi yangi realizm yoʻlidan bordi, M.Lassila hajviy qissa va komediyalar yaratdi, I.Kianto, M.Yotuni, Y.Lextonen umidsizlik kafiyatiga berildi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin A.Eykiy, M.Larni, V.Linna, P.Rintal, V. Meri romanlarida ijtimoy muammolar asosiy oʻrinda turdi. Hella Vuoliyokining haqqoniy pyesalari fin dramaturgiyasining muhim yutugʻi boʻldi. 1897 yildan F. yozuvchilar uyushmasi mavjud. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati qad. anʼanalarga boy. Neolit davriga mansub qoyatosh rasmlari, tosh pichoq, suyakdan yasalgan asboblar, sopol idishlar saklangan. Milodiy 13—15a.lardatoshdan13—15-asrlardatoshdan saroy va arklar qurilgan (Savonlinna yaqinidagi Olavinlinna qalʼasi, Turkudagi qasrlar va boshqalar). 14—16-asrlarda toshdan, 17—18-asrlarda xalq meʼmorligi uslubida yogʻochdan cherkovlar barpo etilgan (Tornio va Keurudagi cherkovlar). 19-asr oʻrtalarida meʼmorlikda milliy romantizm oqimi hukmron boʻldi (Xelsinkidagi vokzal binosi, meʼmor E.Saarinen), 19 a. oxiri — 20-asr boshlarida "modern" uslubi rayem boʻldi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin binolar zamonaviy qurilish konstruksiyalaridan foydalanib tiklana boshladi, ayniqsa, jamoat binolari zoʻr mahorat bilan barpo etildi. A.Aalto, R.Piyetilya, A.Ervi kabi meʼmorlar sodda meʼmoriy shakllar asosida jozibador kompozitsiyalar yaratdilar (Seynyatsalo shahrining maʼmuriy markazi, Xelsinkidagi ishchilar madaniyat uyi, "Finlandiya" saroyi, "Prezident" mehmonxonasi b.).
 
== Rassomlik ==