Ekzistensializm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: hoz. → hozirgi using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ekzistensializm''' (lot. — yashash, mavjudlik), mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, 1-Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada, 2-Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S.Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya E.ning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy E. (K. Yaspers, G. Marsel, N.A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik E. (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi — ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan gʻamxoʻrlik, qoʻrqish, qatʼiylik, vijdon kabilarda namoyon boʻladi. Dahshat, qoʻrquv, oʻlim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson oʻzini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik oʻz-oʻzini, oʻzining mohiyatini tanlashdan iborat boʻlib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun masʼuliyat yuklaydi. E. borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targʻib qiladi. E. oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hozirgi kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U gʻarb adabiyoti va sanʼatiga katga taʼsir koʻrsatgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->