Malta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 13:
 
== Tarixi ==
M. hududida odamlar miloddan avvalgi 4ming yillikdan yashay boshlagan. Orol miloddan avvalgi 13-asrdan finikiylar, karfagenlar, rimliklar, milodiy 395— 870 yillarda Vizantiya, 870—1091 yillarda arablar koʻl ostida boʻlgan. 1091 yilda M. normannlar tomonidan bosib olindi, keyinroq Sitsiliyaga birlashtirildi. 1530 yil M.da ioannitlar (diniy ritsarlik) ordeni qaror topdi va u Malta ordeni deb ham atala boshladi. 1800 yil M.ni Buyuk Britaniya bosib olib, mustamlaka deb eʼlon qildi. 1869 yil Suvaysh kanali ochilganidan keyin orolning strategik ahamiyati oshdi va u Buyuk Britaniyaning Oʻrta dengizdagi qudratli harbiy dengiz bazasiga aylandi. 1jahonBirinchi jahon urushidan keyin xalq, ozodlik harakatining oʻsishi natijasida 1921 yil Buyuk Britaniya M.ga oʻzini oʻzi boshqarish maqomini berishga majbur boʻldi, biroq 1930 yil u M.ni bu huquqdan yana maxrum etdi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1947 yilgi konstitutsiyaga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish huquqi qayta tiklandi. 1964 yil 21 sentabrda M. Hamdoʻstlik doirasida mustaqillikka erishdi. 1974 yildan respublika. 1979 yil M.da oxirgi ingliz harbiy dengiz bazasi tugatildi. 1987 yil konstitutsiyaga mamlakatning harbiy ittifoqlarga qoʻshilishini taqiqlovchi band kiritilgan. M. 1964 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatini 1993 yil 25 fevralda oʻrnatdi. Milliy bayramlari: 31 mart — Ozodlik kuni (1979), 21 sentabr — Mustaqillik kuni (1964), 13 dek. — Respublika kuni (1974).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==