Tangrichilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: hoz. → hozirgi (3), va b.) → va boshqalar) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tangrichilik''' — qad. turkiy va qad. oltoy xalqlari dini. Kad. Shumer davlatida (mil. av. 3ming yillik) Tangrip sajda qilganlar. Til va etnik jarayonlar taraqqiyotining nostratik (borey) konsepsiyasiga asoslangan tadqiqotchilar fikricha, 5—6 ming yillar muqaddam qad. Shumerdan Oltoygacha boʻlgan ulkan hududda protooltoy qabilalari yashagan. Kdd. shumerlar kad. turk tiliga yakin boʻlgan protooltoy tili laxjasida soʻzlashganlar. Shu davrda T. protooltoy xalklarining eng kad. dini, insoniyat tarixidagi ilk monoteistik dinlardan biri sifatida shakllangan. Mil. av. 2ming yilliqsa Mesopotamiyaga qad. somiy, mil. av. 1ming yillikda hozirgi Eron, Afgʻoniston va Turon tekisligi hududlariga oriy qabilalari kirib kelishi natijasida protooltoylarning katta qismi Oltoy, Sayan togʻlari, hozirgi Shim. Xitoy, Mongoliya va Sibir tomonga ketishga majbur boʻlishgan va bu yerda oltoy xalqlari sifatida shakllangan. Ilgarigi hududda qolgan qismi esa, gʻolib xalqlarga muayyan darajada qoʻshilib keyin paydo boʻlgan boshqa dinlarni (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik) qabul qilishgan. T. qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri boʻlgan. Qad. oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus manjur, koreys va yapon xalklarida T.ning izlari hozirgacha saklanib qolgan. Mil. av. 1ming yillikdan boshlab oltoy xalkdarining turkiy xalqlar guruhi Gʻarbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnular, sak, massaget, yuyeyji, kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi — Tangriga sajda qilganlar. Baʼzi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga koʻra, hozirgi xristian dinining ramzlari sifatida qaraladigan koʻp narsalarning boshlangʻich shakllari (mas., xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qoʻngʻiroklari va boshqalar) mil. 4-a.daasrda gunnlar bilan Yevropaga kelgan.
 
== Adabiyot ==