Qirgʻiziston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k rej. → rejissyor
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 32:
Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shim.da saklar qabila ittifoqi (miloddan avvalgi 7— 3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy r-nlar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1—4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-asrda Q. shim.dagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shim. K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab turishgan.
 
Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10a.10-asr oʻrtasidan taxminan 12-asr oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— 12-asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shim. Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shim.-sharqiy qismida qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 1348 yil Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370—90 yillarda 7 marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 1425 yil Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. 15-asrning oxirida Moʻgʻuliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-asrning 2-yarmida Shim. Q. hududida qirgʻiz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.
 
16-asrning 1-yarmida qirgʻizlar oyratlar bosqiniga qarshi uzoq muddat kurash olib borganlar. 17—18-asr boshlarida Sharqiy Turkistonning siyosiy hayotida qirgʻizlarning ishtiroki kuchaygan. 18a.18-asr oxiri —19-asr boshlarida qirgʻizlar Rossiyadan panoh izlay boshladilar. Bunga ularni murakkab tashqi siyosiy vaziyat, ichki ahvolning turgʻun emasligi va oʻzaro savdo-sotiqdan manfaatdorlik majbur qilgan. 1814 yil va 1824 yil larda Issiqkoʻl qirgʻizlari delegatsiyasi Rossiyaning Gʻarbiy Sibirdagi maʼmurlari huzuriga borishgan. 19-asrning 1-choragida Qoʻqon xonligi qoʻshinlarining qirgʻizlar ustiga harbiy yurishlari rus-qirgʻiz munosabatlarini toʻxtatgan. Qirgʻizlar Qoʻqon xonligi tarkibiga kirishgan. Bu davrda qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (hozirgi Bishkek), Toʻqmoq, Darautqoʻrgʻon va boshqa qalʼalar qurilgan. 19-asr ning 60—70 yillarida butun Q. Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi; avval Turkiston viloyati (1865—67), soʻng Turkiston general-gubernatorligi (1867—1917) tarkibida boʻldi. 1917 yil noyabr — 1918 yil iyunda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918 yil apr.da q. [[yangi tuzilgan Turkiston ASSR tarkibiga kirdi]]. 1921—22 yillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. 1924 yil Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi natijasida 1924 yil 14 okt.da RSFSR tarkibida Qora-qirgʻiz muxtor viloyati tashkil etildi. 1925 yil 25 mayda Qoraqirgʻiz muxtor viloyati Qirgʻiz muxtor viloyatiga, 1926 yil 1 fevral
 
dan Qirgʻiziston ASSR ga, 1936 yil 5 dek.dan SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990 yil dek.dan Q. Respublikasi deb ataldi. 1991 yil 31 avg . da respublika Oliy Kengashi Q.ni mustaqil, suveren, demokratik davlat deb eʼlon qildi. 1993 yil 5 maydan Qirgʻiz Respublikasi deb nomlandi.
Qator 60:
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2002 yil Q.da 183 gaz. va 83 jur. nashr etildi. Yiriklari: „Asaba“ („Bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz., 2001 yildan), „Vecherniy Bishkek“ („Bishkek oqshomi“, rus tilidagi kundalik gaz., 1974 yildan), „Kizil Tuusi“ („Qizil bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz., 1924 yildan), „Literaturniy Kirgizstan“ („Qirgʻiziston adabiyoti“, rus tilida yiliga 4 marta chiqadigan jur.), „Slovo Kirgizstana“ („Qirgʻiziston soʻzi“, rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gaz., 1925 yildan), „Erkin Too“ („Erkin togʻlar“, qirgʻiz va rus tillarida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gaz., 1991 yildan). „KABAR“ qirgʻiz milliy axborot agentligi 1937 yil yanvarda tashkil etilgan. Qirgʻiz Respublikasi teleradioeshittirish davlat korporatsi-yasi (1937 yil asos solingan), „Almaz“ xususiy radiost-yasi, KOORT radio va televideniyesi (1992 yil tuzilgan), „Piramida“ teleradiokompaniyasi (1991 yil asos solingan) mavjud. Radio-eshittirishlar 1931 yildan, telekoʻrsatuvlar 1958 yildan boshlangan.
 
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari — ertak, doston, qoʻshiq, rivoyatlar („Kurmanbek“, „Kojojash“, „Er-Tyoshtuk“, „Janish Bayish“) va „Manas“ monumental qahramonlik eposi negizida rivojlangan. Shoir Toʻqtagʻul Sotilgʻonov ijodi 1917 yilgacha boʻlgan xalq sheʼriyatini zamonaviy sheʼriyat bilan bogʻlovchi halqa boʻldi. Barpi Aliqulov (1884—1949) sheʼrlarida ijtimoiy adolatsizlik, ekspluatatsiyaga qarshi norozilik tuygʻulari oʻz ifoasini topdi. Toʻgʻaloq Mulda oʻz sheʼrlarida qirgʻiz ayollarining turmushini bayon etdi. Qirgʻiz milliy yozma adabiyoti asoschisi shoir Aali Toʻqumboyevtr; uning dastlabki sheʼrlari 1924 yil birinchi qirgʻiz gaz. da bosilib chiqqan. 1920-yillarda dastlabki drama, qissa, dostonlar yaratildi. Qirgʻiz adabiyotidagi birinchi dramatik asar M. Tokoboyevning „Bechora Kakey“ pyesasi (1927 yil sahnalashtirilgan), birinchi nasriy asar K.Bayalinovning „Ajar“ hikoyasi (1928)dir. 30-yillarda adabiyotning barcha janr va turlari rivojlandi. [[Tugalboy Sidiqbekov|T. Sidiqbekov]], Q. Jontoshevlarning nasriy, M.Eleboyev, Q. Malikov, T. Umetaliyev, A. Osmonov, dungan shoiri Ya.Shivazaning sheʼriy, J.Turusbekov, J.Bokonboyevning dramatik asarlari bosilib chiqdi. [[Ikkinchi jahon urushi|2-Ikkinchi jahon urushi]] yillari (1939—45) qirgʻiz yozuvchilari vatan-parvarlik ruhida asarlar yozdilar (J. Bokonboyev, M.Eleboyev, A. Toʻqumboyev, Q. Malikov, T. Sidiqbekov, K. Bayalinov, A. Osmonov, T. Umetaliyev va boshqalar). Qirgʻiz adabiyoti urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. Adabiyotga yangi nomlar: birinchi qirgʻiz shoirasi N. Jetikashkayeva, adiblar Ch. Aygpmagpov, K.Bobulov, Sh.Abdiramanov, S.Eraliyev va boshqa kirib keldi. Yozuvchilardan N. Boytemirov,Sh. Beyshenaliyev, T. Qosimbekov va boshqa, shoirlardan T. Abilqosimova, T.Kojomberdiyev, O. Sultonov, J. Abdikalikov, S. Abiqodirova, R. Risqulov va boshqa, dramaturglardan R. Shukurbekov, T. Abdumoʻminov, B. Jaqiyev, M. Bayjiyev, B. Omuraliyev va boshqa mashhur. Qirgʻiz adiblarining koʻp asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
== Meʼmorligi ==
Qator 66:
 
== Tasviriy sanʼati ==
Q. hududidan topilgan qad. sanʼat asarlari namunalari neolit davriga mansub (Oq choʻnqir qoyatosh rasmlari, Soymalitosh rasmlari). Jez davrida qirma va qolipaki naqshli sopol idishlar tayyorlangan. Q.ning shim. hududlari va Tyanshandan qoʻtos, echki, sher, qoplonlarning bronzadan quyilgan haykalchalari topilgan (miloddan avvalgi 7-asr — milodiy 5-asr). 5—10-asrlarda qabrlar ustiga tosh haykalchalar oʻrnatilgan. 4—5-asrlarga mansub sugʻdiylar qoʻrgʻonidan loydan quyib, har xil rangga boʻyab ishlangan Budda haykali (boʻyi 12 m dan ortiq) topilgan. Oʻtroq aholi oʻrtasida sirlangan sopol idishlar, oʻyma naqsh bilan bezatilgan ostadonlar tayyorlash, koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida ot abzallarining qismlarini metalldan bezab tayyorlash rivojlangan:Q.da tasviriy sanʼat rivojida rassomlar V.V.Obrazsov, S.A.Chuykov, haykaltarosh O.M.Manuilova katta rol oʻynadi. 1930-yillardan qirgʻiz milliy rassomligining asoschilaridan biri Gʻ.Aytiyev samarali ijod qildi. 1935 yil Bishkekda badiiy studiya (1939 yildan Badiiy bilim yurti) ochildi. 1930-yillarda rassomlikda manzara janri rivoj topdi (S.A.Chuykov, Gʻ.Aytiyev, S.Oqilbekov va boshqalar). 1930-yillarning oxirlarida grafiklardan L.A.Ilina, A.I.Mixalyov, A.A.Sgibnev va boshqa samarali ijod qildilar. 2-Ikkinchi jahon urushi yillari tashviqot va satirik grafika (plakat, karikatura) yuksaldi, urush qahramonlariga bagʻishlangan rassomlik asarlari, haykallar ijod qilindi. 1950-yillarda portret va manzara janrlari rivojlandi (Gʻ.Aytiyev, S.Oqilbekov). 1950-yillarning oxiri — 60-yillarda A.Usubaliyev, S.Ishenov, D.Jumaboyev, A.Usmonov kabi rassomlar yetishdi. 1960 yillarda haykaltaroshlardan T. Sodiqov, A.Muhiddinov samarali ijod qildilar.
 
Xalq sanʼatida gilamchilik, kigiz bosish, kashtadoʻzlik, charm buyumlari tayyorlash va ularni bezash, kulollik kabi anʼanaviy tarmoklar rivojlangan.
Qator 86:
 
== Kinosi ==
1939 yil Frunze (hozirgi Bishkek)da kinoxronikaning muxbirlik punkti tashkil etildi. 1942 yil uning negizida Frunze kinoxronika studiyasi („Qirgʻiziston 2-Ikkinchi jahon urushi davrida“ filmi, 1944, rejissyor D.Erdman va boshqalar)ga asos solindi, 1956 yil hujjatli va badiiy filmlar studiyasiga aylantirildi, 1961 yildan „Qirgʻiz-film“ kinostudiyasi deb nomlandi. 1950-y, lardan badiiy kinematografiya rivoj topa boshladi. Birinchi badiiy film „Saltanat“ (1955, rejissyor V.P.Pronin, „Mosfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda)dan keyin „Mendagi xatolik“ (1958), „Olis togʻlarda“ (1959), „Tyanshanlik qiz“ (1960), „Choʻlpon — tong yulduzi“ (1960, „Lenfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda), „Toʻqtagʻul“ (1961) kabi badiiy, „Ular Tyanshanda tugʻilganlar“ (1958), „Toglar daryosi“ (1960) kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1960-yillardan milliy adabiyot namunalari, xususan, Ch.Aytmatov asarlari ekranlashtirilishi qirgʻiz kinosida diqqatga sazovor ish boʻldi. Ch Aytmatov asarlari asosida yaratilgan „Dovon“ (1961), „Saraton“ (1963), „Birinchi oʻqituvchi“ (1965), „Jamila“ (1969, „Mosfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda) va boshqa filmlar qirgʻiz kino sanʼatining yutugʻidir. „Karash dovonidagi oʻq ovozi“ (1968), „Issiqkoʻl lolalari“ (1972), „Oq kema“ (1977), „Ilk turnalar“ (1979, hammasining rejissyor B.Shamshiyev), „Yoshligimiz osmoni“ (1966), „Urkuya“ (1970), „Ulan“ (1978; hammasining rejissyor T.Okeyev) kabi badiiy, „Norin kundaligi“ (1971, rejissyor A.Vidugiris), „Pochta“ (1972, rejissyor B.Abdildayev) hujjatli filmlari xalqaro kinofesti-vallarda mukofotlarga sazovor boʻlgan. Kino aktyorlardan M.Risqulov, D.Kuyukova, B.Kidikeyeva, T.Tursunboyeva, S.Choʻqmorov va boshqa mashhur.
 
== Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari ==