Ispaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 28:
1931 yil 14 sent.da boshlangan inqilob natijasida respublika eʼlon kilindi. 1936—39 yillardagi milliy-inqilobiy urushda demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, respublika agdarilgach, general F. Frankoning fashist diktaturasi (1939—75) oʻrnatildi. Respublika davri qonunlari bekor qilindi, fashistlarning I. falangasi deb atalgan partiyasidan tashkari barcha siyosiy partiyalar tarkatib yuborildi, inqilobchilar qatagʻonga uchradi, sinfiy kasaba uyushmalari tugatildi. Yarim millionga yakin ispanlar chet elga qochdi.
 
[[Ikkinchi jahon urushi|2-Ikkinchi jahon urushida]] Ispaniya betaraflik eʼlon qilgan boʻlsa ham, Germaniya va Italiyaga yordam berdi, frontga "zan-gori diviziyasi"ni yubordi. 1959 yilda Franko diktaturasiga qarshi tinch yoʻl bilan kurashish uchun Milliy antifashist fronti tuzila boshladi. Fashiz-mga qarshi kuchlar birlashdi. 1962 yilda Myunxen (GFR)da ispanlar umumdemok-ratik konferensiyasi oʻtkazildi, 26 viloyatda umumiy ish tashlashlar boʻldi, "vertikal sindikatlar"ga qaramaqarshi ishchi komissiyalari (kasaba uyushmalari) tuzildi. 1962—63 yillardagi ijtimoiy tanglik diktaturami juzʼiy "erkinliklar berish" siyo’satiga oʻtishga majbur qildi, ammo u muxolifat kuchlarini bartaraf etolmadi. 1971 yil muxolifat kuchlari birgalikda harakat qilish haqida bitim imzoladilar. 1975 yilda F. Franko vafotidan soʻng qirol Xuan Karlos I davlat boshligʻi boʻldi. 1976 yildan koʻpchilik siyosiy partiya va kasaba uyushmalri oshkora faoliyat koʻrsata boshladi. 1977 yil Ispaniyada 1936 yildan keyingi birinchi parlament saylovi boʻldi. Unda 100 ta partiya va 18 ta koalitsiya qatnashdi.
 
Ispaniya 1956 yilda Shim. Marokash, 1968 yilda Ekvatorial Gvineya, 1976 yilda Gʻarbiy Sahroi Kabir kabi mustamlakalaridan mahrum boʻldi. 1982, 1986, 1989 va 1993 yillardagi parlament saylovlarida so-sialistik ishchi partiyasi gʻalaba qozondi. 1996 va 2000 yilgi saylovda esa Xalq partiyasi nisbiy koʻpchilik ovoz olib, hukumatni tuzish huquqini qoʻlga kiritdi.