Urugvay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 10:
 
== Aholisi ==
U.ning aksariyat aholisi — urugvayliklar (kreollar, ispan kolonistlari va 19-a.daasrda koʻchib kelgan italyanlarning avlodlari). 19-a.ningasrning 2yarmida fransuzlar, nemislar, slavyanlar ham koʻchib kela boshlagan. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati xristiankatolik. Shahar aholisi 88,7%. Yirik shaharlari — Montevideo, Salto.
 
== Tarixi ==
U. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan, ular dehqonchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shugullangan. 16-a.ningasrning boshlarida bu yerda ispan mustamlakachilari paydo boʻldi. 1750 y. Ispaniya bu hududni butunlay egallab oldi va 1776 y. Sharqiy sohil (mustamlaka davrida U. shunday deb nomlangan) Ispaniyaga qarashli LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kiritildi. Amerika qitʼasidagi Ispaniya mustamlakachilarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810—26) Sharqiy sohil aholisi 1815 y. mustaqillik eʼlon qildi. 1816 y. Portugaliya qoʻshinlari Sharqiy sohilga bostirib kirib, 1817 y. uni batamom egallab oldi. 1821 y. Sharqiy sohil Braziliya tarkibiga qoʻshib olindi. 1825 y. U. vatanparvarlari X.A. Lavalyexi rahbarligida kurash boshladilar va Sharqiy sohil Portugaliya bilan Braziliyadan ozod qilinib, mustaqil deb eʼlon qilindi (1825 y. 25 avg .), ammo tez orada Argentinaga qaram boʻlib qoldi. Toʻla mustaqillik uchun ozodlik kurashi avj oldi. 1828 y. Braziliya bilan Argentina oʻrtasidagi sulh shartnomasida U. mustaqil davlatini tuzish nazarda tutildi. 1830 y. U. Sharq Respublikasi deb eʼlon qilindi. 19-a.asr oxirida urugvay millati shakllanib boʻldi.
 
1-Birinchi jahon urushida U. betaraflik eʼlon qildi. 1933 y. oʻng kuchlar mamlakatda toʻntarish uyushtirib, diktatura rejimini oʻrnatdi. 2-Ikkinchi jahon urushi (1939—45) yillari U. "oʻq" pakti davlatlari (Germaniya, Yaponiya, Italiya) bilan aloqasini uzdi (1942). 1945 y. Germaniya bilan Yaponiyaga urush eʼlon qildi. 1951 y. konstitutsiyani isloh qilish yuzasidan oʻtkazilgan plebissit natijasida davlat idora usuli oʻzgardi: Milliy hukumat kengashi davlat boshligʻi vazifasini bajara boshladi. 1966 y. konstitutsiya islohoti yakunida yana prezident lavozimi tiklandi. 1973 y. qurolli kuchlarning oʻng qanoti davlat toʻntarishi oʻtkazib, parlamentni tarqatib yubordi, siyosiy partiya va kasaba uyushmalarining faoliyatini taqikladi. 1976 y. iyuldan harbiylar A. Mendesni prezident lavozimiga tayinladilar. 1981 y. sent,da hokimiyat tepasiga kelgan hukumat vazmin siyosat yuritdi. U. — 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 26 dek. da tan olgan. Milliy bayrami — 25 avg . — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1825).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
"Kolorado" partiyasi, 19-asrda tuzilgan; Milliy partiya ("Blanko"), 19-a.daasrda tashkil etilgan; Fuqarolik ittifoqi, 1917 y. asos solingan; U. sotsialistik partiyasi, 1910 y. tuzilgan; Xristiandemokratik partiya, 1962 y. tashkil etilgan. Mehnatkashlarning kasaba uyushmalariaro plenumi, 1966 y. asos solingan.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 40:
 
== Adabiyoti ==
Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki qoʻlyozma yodgorliklari mustamlaka davrida yaratilgan. Peres Kastelyanoning "Memorial" asari (1779 y. yozilgan, 20-a.asr boshlarida nashr qilingan) maktub tarzidagi tarixiy nasr namunasidir. X. Prego de Oliver, K. Vilyademoros sheʼriyati va X. P. Martinesning "Begʻubor sadoqat" pyesasi (1808) badiiy adabiyotga asos soldi. Mustakdllik uchun kurash davrida gaucholar (dasht aholisi)ning xalq ogʻzaki ijodiyoti negizida gaucho adabiyoti vujudga keldi. Uning mashhur namoyandasi B. Idalgo (1788— 1822) sheʼrlari ispan mustamlakachilarini fosh etadi va ijtimoiy adolatsizlikni laʼnatlaydi. Yevropa klassitsizmi anʼanalariga tayanuvchi "akademik adabiyot"ning sheʼriy namunalari "Sharqiy Parnas" antologiyasiga jamlangan. Shu adabiyotning atoqli vakili F. Akunya de Figeroa U. milliy madhiyasining muallifidir. 19-a.ningasrning 30—40-yillaridan U. adabiyotida romantizm oqimi hukmron boʻldi. Zamonaviy U. nasrining asoschisi E. Asevedo Dias (1851 — 1924) "Ismael", "Shuhrat nidosi" tarixiy romanlarida gaucholarning ayanchli hayotini tasvirladi. 19-a.asr oxiri — 20-a.asr boshlarida shoirlardan X. AlonsoiTrelyesa, F. Silva Valdes, Delmira Agustini, Xuana de Ibarburu, adib X. E. Rodo, dramaturg F. Sanches, qissanavis O. Kiroga ijod qildilar. 30-yillar oxiri va, ayniqsa, 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin adabiyotda ijtimoiy illatlarni fosh qiluvchi asarlar koʻplab yaratildi. E. Amorim, A.D.Gravina, M. Benedettining shu ruxdagi romanlari nashr etildi. 70—80-yillarda falsafiy sheʼriyat rivoj topib, insonparvarlik va milliylik gʻoyalarini tarannum etdi. Ayniqsa, X. Kunya, A. Berenger, M. Bianchi, X. Medina Vidal va boshqa shoirlarning asarlari ilgʻor ijtimoiy joʻshqinligi bilan ajralib turadi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
U.da charrua indeyslari sanʼatidan odam, hayvon va qushlar qiyofasi tasvirlangan tosh va sopol buyumlar bizgacha yetib kelgan. Mustamlaka davridagi meʼmorlik turli istehkomlar, cherkovlar, barokko va klassitsizm uslubida barpo etilgan shahar binolaridan iborat (Montevideodagi Munitsipal nafis sanʼat muzeyi, 1804—08, meʼmori T. Toribo). 19-a.asr oʻrtalaridan shaharlar yevropacha eklektizm ruxida, 20-a.asr boshlaridan modern uslubida kurila boshladi. 20-a.asr oʻrtalarida Montevideo qayta qurildi, koʻpgina osmonoʻpar binolar (shahar ratushasi, banklar, mehmonxonalar), kurortlar va savdo majmualari qad koʻtardi. 20-a.ningasrning 2yarmida jamoa turar joylari va savdojamoat markazlari (bozor, doʻkon, klub, restoran, pochta, poliklinika, maktab, bolalar bogʻchasi, kutubxona) boʻlgan shaharchalar qurishga kirishildi. U.ning mashhur meʼmori X. Vilamaxo binolarning tevarakatrofdagi tabiiy manzara bilan uygʻun boʻlishiga va ularni qurishda mahalliy materiallardan foydalanishga alohida eʼtibor berdi. U BMTning NyuYorkdagi bosh binosi qurilishida maslahatchi sifatida qatnashdi.
 
U. tasviriy sanʼatida 19-a.ningasrning 2yarmida, asosan, ajnabiy rassomlar ijod qildilar. U. milliy rangtasvir maktabining shakllanishida X.M. Montevideo shahri.
 
Blanesning ijodi muhim urin oladi. Uning moʻyqalamiga mansub koʻpgina tarixiy kompozitsiyalar, urush manzaralari, portretlar, gaucho siymolari mamlakat tarixi va xalq hayotining yaxlit qiyofasini gavdalantiradi. Milliy haykaltaroshlik sanʼati rivojlandi (J. Livi, D. Mora va boshqalar). 20-a.ningasrning 1yarmida D. Ekket, keyinroq K. M. Errera va K. A. Kastelyanos kabi rassomlar yetishib chikdi. Shaklning nozik jihatlarini idrok etuvchi haykaltarosh B. Michelena mehnat va madaniyat axlining siymolarini gavdalantiruvchi asarlar yaratdi. 1927 y. "Teseo" guruhiga birlashgan koʻpgina rassomlar ilgʻor ijtimoiy gʻoyalarni modernizm anʼanalari bilan bogʻlab tasvirladilar. R. Peres Barradas, X. Kuneo Perinetti, P. Figari va boshqa rassomlar birbiridan goʻzal sanʼat asarlarini yaratdilar, X. Torres Garsia esa abstrakt sanʼatning faol targʻibotchisi boʻldi. 20-a.asr oʻrtalaridan "Gravyura klubi" (L. Gonsales va boshqalar) sanʼatda xalq hayoti va tashvishlarini keng aks ettirish yoʻlidan bordi. X.T. Garsia, I. Dyukas, K. Federiko Saes, P. Figari, R. Barrades, X. Koneo, V. Barkala, M. Espinola, 20-a.ningasrning 2yarmidagi mashhur rassomlardir. 1970—80-yillarda K.Lara, X. Gamarra kabi rassomlar postmodernizm gʻoyalarini mahalliy anʼanalar bilan yuksaltirishga harakat qildilar. Zamonaviy rassomlar orasida A. Ernandes, K. Paes Vilaro, G. Lasarini, L. Massey, E. Dias Yepes, N. Berdiyalar bor. 1957 y. Nafis sanʼatlar milliy maktabiga asos solindi.
 
== Musiqasi ==
Qator 55:
 
== Teatri ==
Dastlabki teatr tomoshalari Montevideoda 18-a.asr oxirlarida koʻrsatildi. 1793 y. bu yerda ochilgan Komediya uyida vaqtivaqti bilan B. Idalgo, E. Faxardo, F. X.de Acha kabi dramaturglarning pyesalari sahnalashtirildi. 1856 y. "Solis" teatri qurildi. Milliy teatrning ravnaqtopishida dramaturglar F. Sanches va E. Errera ijodining ahamiyati katta boʻldi. 20-a.ningasrning 30—40y.larida "mustaqil teatrlar" harakati boshlandi. "Komediya nasonal", "El Galpon", "Teatro uno", "Teatro universitario" kabilar tijorat teatrlaridan farkli oʻlaroq milliy va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnaga olib chiqdilar. Tanikli teatr arboblari — S. Korriyeri, X. Savala Munis, A. del Chopo, X. Ortis, F. Volf, A. Lorreta. 1949 yildan Drama sanʼati maktabi ishlaydi.
 
== Kinosi ==