Liviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 23:
Liviya 16-asrdan 1912 yilgacha Usmonli turk saltanati tarkibida boʻldi (faqat 1711 — 1835 yillari Liviyani mahalliy Karamanli sulolasi boshqardi). 1911 — 12 yillardagi Italiya-Turkiya urushidan soʻng Liviyaning sohil boʻyi hududlarini Italiya egalladi. Mahalliy aholi Italiya mustamlakachilariga qattiq qarshilik koʻrsatdi. [[Birinchi jahon urushi]] davrida Italiya oʻz qoʻshinlarining bir qismini Liviyadan olib chiqib ketishga majbur boʻldi. Italiya qoʻl ostida faqat Hims, Tripoli va Bingʻozi shaharlari qoldi. Bu vaqtda Kirenaika hududi Sanusiya tariqati qoʻl ostida edi. 1918 yil Tripolitaniya respublikasi eʼlon qilindi. Italiya hukumati oʻz mustamlakalaridan ajralib qolishdan qoʻrqib, Sanusiya tariqati boshligʻi Idris as-Sanusiyni Kirenaika hukmdori deb tan olishga, Tripolitaniya respublikasiga muxtoriyat huquqi berishga majbur boʻldi. 1922 yil Idris as-Sanusiy Kirenaika va Tripolitaniya amiri deb eʼlon qilindi. Italiyada hokimiyat fashistlar qoʻliga oʻtgach (1922), Liviyani butunlay boʻysundirish uchun urush harakatlari yana boshlab yuborildi. Mahalliy aholi koʻplab qatl qilindi. Juda koʻp yerlar italyan kelgindilariga boʻlib berildi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ustidan Italiya nazorati oʻrnatildi. Bunga qarshi Liviyada ozodlik harakati yanada avj olib ketdi. Italiya qiyinchilik bilan Tripolitaniya (1928), Fetssan (1930)ni bosib oldi. 1939 yilga kelibgina Kirenaika, Tripolitaniya va Fetssan Italiya tarkibiga kiritildi.
 
[[Ikkinchi jahon urushi]] davrida Italiya mustamlakalarini kengaytirish uchun Liviyadan baza sifatida foydalanishga urindi. Liviyada harbiy bazalar, katta tosh yoʻllar qurildi, portlar qayta tiklandi, mustamlaka qoʻshinlari tuzildi. 2-Ikkinchi jahon urushida fashist qoʻshinlari magʻlubiyatga uchray boshlagach, ItaliyaGermaniya qoʻshinlari Liviyadan butunlay olib chiqildi. 1942 yil oxiri — 1943 yil boshida esa fransuz askarlari Fetssanni, ingliz askarlari Kirenaika va Tripolitaniyani egalladi. Shu vaqtdan Liviya Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy maʼmuriyati qul ostiga oʻtdi.
 
Liviya takdiri haqidagi masala dastlab 1945—48 yillarda Tashqi ishlar vazirlari kengashi (Ikkinchi jahon urushidan keyin yarash bitimlarini tayyorlash maqsadida taʼsis etilgan xalqaro organ)da, soʻngra BMTda muhokama qilindi.