Bolgariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 12:
 
== Tarixi ==
Bolgariyaning eng qad. aholisi frakiy qabilalaridir. Milodiy 1-asrda Bolgariyani Rim imperiyasi bosib oldi; u qulaganidan soʻng Bolgariya Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-asr boshlarida Bolqonga slavyanlar bostirib kirib, keyinchalik bu yerda dastlabki davlat — Yetti slavyan qabilasi deb nomlangan ilk feodal davlatini tashkil etishdi. 7-asrning ikkinchi yarmida Bolgariya hududiga xon Asparux (Isperix) boshchiligidagi protobolgarlar — qad. bulgʻorlar (koʻchmanchi turkiy elat) bostirib kirdi. Ular slavyanlar bilan birga poytaxti Pliska shahri boʻlgan Birinchi bulgʻor podsholigi (681—1018) ni tuzdilar. 9-asr oxiriga kelib protobolgarlar slavyanlar bilan qoʻshilib ketdi, slavyanlar tili davlat tili boʻlib qoldi, bolgar deb nomlangan slavyan xalqi vujudga keldi. 1185—87 yillarda akauka Petr va Asen boshchilik qilgan yirik xalq qoʻzgʻolonlari natijasida poytaxti Tirnovo shahri boʻlgan Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) tuzildi. 1396 yil Bolgariyani turklar bosib oldi. Mahalliy boylarning bedodligi, ogʻir milliy zulm bolgar xalqining ozodlik kurashini kuchaytirdi. Mamlakatda gayduklar (xalq qasoskorlari) harakati keng quloch yoydi. 1876 yilgi eng kuchli apr. qoʻzgʻoloni shafqatsizlik bilan bostirildi. 1877—78 yillardagi Rossiya [[Turkiya]] urushi natijasida rus askarlari yordamida Bolgariya turklardan ozod qilindi. Ammo mamlakat Turkiyaga qaram boʻlib qolaverdi. 1908 yil dan mustaqil podsholik tashkil topdi. Bolgariya 1912—13 yillardagi Bolqon urushlarida qatnashdi. 1-Birinchi jahon urushida (1915 yildan) [[Olmoniya]] tomonida harakat qildi. 1919 yilgi Nyoyi sulh shartnomasiga binoan kattagina hududidan, xususan Egey dengizi sohillaridan mahrum boʻddi. 1923 yil iyun toʻntarishidan keyin hokimiyatni qoʻlga olgan hukumat Sentabr qoʻzgʻolonini shafqatsiz bostirdi. 1941 yil martda Bolgariya Berlin paktiga jalb qilindi, Olmoniya qoʻshinlari Bolgariya xududiga kiritildi. Mamlakat iqtisodiyoti butunlay gitlerchilar manfaatlariga boʻysundirildi. Bolgar xalqi oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashni kuchaytirdi. 1942 yilda tuzilgan Vatan fronti fashizmga qarshi boʻlgan barcha kuchlarni birlashtirdi. 1943 yilda Bolgariya xalq ozodlik armiyasi tuzildi. 1944 yilda ZUkraina fronti qoʻshinlari Bolgariya chegaralariga kirgan paytda Bolgariya hukumati "toʻla betarafligi" ni eʼlon qiddi. 1944 yil 9 sentabr ga oʻtar kechasi Sofiyada monarxiyaning fashist hukumatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. Reaksion hukumat agʻdarib tashlandi va Vatan frontining Xalq hukumati tuzildi. Bolgariyaning davlat tuzumi toʻgʻrisidagi referendum qatnashchilari (92,7%) xalq respublikasi tarafdori ekanini bildirdi. 1946 yil 15 sentda Bolgariya Xalq Respublikasi eʼlon qilindi. 1990 yil Xalq majlisiga koʻp partiyali asosda oʻtkazilgan saylovda Bolgariya sotsialistik partiyasi gʻalaba qozondi, dek.da koalitsiyey hukumat tuzildi. 1997 yil apr. dagi parlament saylovida Demokratik kuchlar ittifoqi harakatlari va tashkilotlari koalitsiyasi gʻalaba qildi (bu ittifoq 1989 yilda tuzilgan edi). Bolgariya — 1955 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 5 sentabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 3 mart — Bolgariyaning Turkiya zulmidan ozod boʻlgan kuni (1878).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari ==
Qator 40:
 
== Adabiyoti ==
Bolgariya adabiyoti — slavyan adabiyotlarining eng qad.si boʻlib, u 9-asr ning 2-yarmida Kirill va Mefodiy tomonidan slavyan yozuvining joriy etilishi natijasida yuzaga keldi. 9—10-asr lardagi yozuvchilar — Kliment Oxridskiy, Konstantin Preslavskiy, Chernorizes Xrabr va boshqa ijodi diniynasihat ruhida boʻlgan. Qad. bolgar madaniyati Kiyev Rusi davrida sharqiy slavyanlarning maʼnaviy turmushiga taʼsir oʻtkazdi, ularning adabiyoti vujudga kelishiga koʻmaklashdi. Bolgariyaning Vizantiya hukmronligi (1018—1187) ostida boʻlishi milliy adabiyot rivojlanishiga toʻsqinlik qildi. Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) davrida u yana ravnaq topdi. 14—15-asrlardagi taniqli yozuvchilar — Feodosii Tirnovskiy, Yevfimiy Tirnovskiy, Grigoriy Samblak. 18-asr 2-yarmida boshlangan Bolgariya milliy uygʻonishi adabiyotning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu davr ruhi Paisiy Xilendarskiy, Sofroniy Vrachanskiy asarlarida aks etdi. 19-asrda D. Popskiy, K. Ognyanovich, P. Protich va boshqa ijod etdilar. Tarjima asarlari taʼsirida sentimental poeziya paydo boʻldi. Milliy ozodlik harakatining kuchayishi (19-asrning 50—70- yillari) poeziya, proza va dramaturgiyaning rivojiga turtki boʻldi. Realistik asarlarning paydo boʻlishi L. Karavelov, P. R. Slaveykov, X. Botev nomi bilan bogʻliq. I. Vazovning "Zulm ostida" romani, "Unutilganlar epopeyasi" lirik turkumi, P. P. Slaveykovning "Konli qoʻshiq" dostoni shu davrning eng baquvvat asarlaridir. 19-asrning 90- yillarida tanqidiy realizm yetakchi oqimga aylandi. Ijtimoiy ziddiyatlar, dehqonlarning norozilik kayfiyatlari haqqoniy tasvirlandi (T. Vlaykov, X. Maksimov, Yelin Pelin, A. Strashimirov). I. Vazovning "Darbadarlik qoʻshiqlari" sheʼrlar toʻplami, P. Yavorovning "Ekinzorda", "Doʻl" dostonlarida haqqoniyat uchun kurash gʻoyasi aks etdi. Karshilik koʻrsatish harakati davrida (1941—44) N. Vapsarov, S. Spasov, X. Kirpachev kabi yozuvchilar ham qalam, ham qurol bilan kurashib, yuksak gʻoya yoʻlida halok boʻddilar. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin S. Dichevning "Ozodlik uchun", D. Talevning "Temir chiroq", "Prespan qoʻngʻiroqlari", S. Daskalovning "Yoʻl", D. Angelovning "Hayot va oʻlim evaziga" romanlarida tarixiy oʻtmish yangi davr ruhi asosida talqin etildi. A. Gulyashka, P. Vejinov, K. Kalchev, D. Dimov, G. Karaslavov, E. Stanev kabi adiblarning roman va qissalarida kishilarning yangicha insoniy munosabatlari uz aksini topdi. Shoirlardan Ye. Bagryana, D. Gabe, M. Isayev, V. Andreyev, Bolgariya Dimitrova ijodiyoti bolgar poeziyasida salmoqli oʻrin egallaydi. Insoniylik, axloq masalalari O. Vasilev, K. Zidarov, G. Genov dramatik asarlarining asosini tashkil etadi.
 
== Meʼmorligi ==
Miloddan avvalgi 4-asrda Kozonlik yaqinida frakiylar yaratgan Sevtopolis shahri qoldiqlari saqlangan; rimliklar hukmronligi davridan milodiy 1— 2-asrlardagi Ratsiariya, Eskus va boshqa shaharlarning harobalari qolgan. Jan.da — Chobandera, Belovo, Hisar va boshqa shaharlarda 4—9-asrlar meʼmoriy yodgorliklari, ibodatxona (bazilika tipidagi) lar bor. Bulardan eng mashhuri hozirgi Sofiyadagi muqaddas Sofiya ibodatxonasidir. Bolgariya qadimiy meʼmorligi ikki davrga — 1podsholik (681 — 1018), 2-podsholik (1187—1396) davriga boʻlinadi. 1podsholik davri (poytaxti Pliska) da oʻz zamonasining kuchqudratini aks ettiruvchi hashamatli binolar va ibodatxonalar qurilgan, ularda marmar toshlardan va bezaklardan foydalanilgan. 2podsholik davri (poytaxti Tirnovo) da Bolgariya meʼmorligi yuqori bosqichga koʻtarildi. Tirnovodagi "Qirq jafokash" (1230), Mesembriy (Nesebir) dagi "Aliturgita", "Ioanna", "Pantokratora" (13—14-asrlar) va Stanimak (Asenovgrad, 13-asr), Boyan shaharlaridagi ibodatxonalar, Tirnovo qalʼa devori va "Baba Vida" (14-asr) qalʼasi diqqatga sazovordir. Bolgariyada turklar hukmronligi davrida xalq meʼmorligi kuchaydi. Bolgariya turklar asoratidan qutulgach (1878), yangi xildagi turar joy, sanoat va maishiy binolar bunyod boʻla boshladi: Sofiyadagi "Sinodal palatasi" va "Mineralli hammom" (1880, meʼmor I. Monchilov). Brones shahrida "Bistritsa" — shoh saroyi (meʼmor I. Koychev), Sofiyada "[[Aleksandr Nevskiy]]" ibodatxonasi (meʼmor A. N. Pomeransev) va boshqa qurilgan. 1934 yilda Sofiya, Varna, Plovdiv va boshqa shaharlarning loyihalari ishlab chiqildi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin shaharlar va aholi yashaydigan manzilgohlar qayta qurildi, sanatoriy, dam olish uylari, turar joy binolari, zavod, fabrika va boshqa binolar qurilishi avj oldi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Qator 57:
 
== Kinosi ==
Bolgariyada 1910 yil dan boshlab milliy operatorlar suratga olgan voqeiy va hujjatli lentalar chiqarilgan. Birinchi bolgar badiiy filmi "Savlatli bulgʻor" (rejissyor V. Gendov) 1915 yil chiqdi. Bolgariyada birinchi ovozli film "Qulning isyoni" (rejissyor V. Gendov) 1933 yilda namoyish etildi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin B.da milliy kinosanʼat rivojida yangi pogona boshlandi. D. Dakovskiy, B. Sharaliyev, A. Yanchev, A. Marinovich, 3. Jandov kabi rejissyor lar, P. Vejinov, A. Vagenshteyn, X. Ganev kabi ssenariychilar yetishdi. 50-yillarda "Trevoga" (rejissyor Z. Jandov), "Vatan osmonida tong" (rejissyor A. Marinovich va S. Sirgajiyev), "Notinch yoʻl" (rejissyor D. Dakovskiy) filmlari ekranga chikdi. "Shipka qaxramonlari" (1955), "Tarix sabogi" (1957) filmlari yaratildi. Keyingi yillarda chiqqan "Kambagʻal koʻcha" (rejissyor X. Piskov), "Biz unda yosh edik" (rejissyor B. Jelyazkova), "Asir qushlar" (rejissyor D. Mundrov), "Shaftoli ugrisi" (rejissyor V. Radev), "Inspektor va tun" (rejissyor R. Vilchaiov), "Muhabbat" (rejissyor L. Staykov) kabi filmlarda yangi, hayotiy mavzularni koʻtarish, mazmundorlik, taʼsirchanlikning yangi vositalarini izlash seziddi. Bolgariyada har yili 200 ga yaqin hujjatli, ilmiyommabop, multfilm va 10—20 badiiy film ishlab chiqariladi. Kino aktyorlardan N. Kokanova, G. GeorgiyevGes, S. Danailov, D. Tonchevalar mashhur.
 
== Oʻzbekiston — Bolgariya munosabatlari ==