Nigeriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 17:
 
== Tarixi ==
Hozirgi N. xududida dastlabki aholi manzilgohlari paleolit davrida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 4—3-ming yillikdayoq bu joylarda silliklangan va sayqallangan tosh boltalar va sopol idishlar yasalgani maʼlum. 1-mingyillikda moddiy madaniyat nisbatanyuqori darajada boʻlgan. Milodiy 8—10a.larda8—10-asrlarda N. hududida xausa xalqining shahar-davlatlari (Kano, Katsina, Zariya va boshqalar) vujudga kelgan. Benin qirolligi oʻsha davrdagi eng yirik davlatlardan biri boʻlgan. 13-asrda hozirgi N. hududiga fulbe qabilalari kelib, ular tezda xausalar bilan aralashib ketgan.
 
N. qududiga yevropaliklardan dastlab portugallar kelgan (1472). 1553 yilda N. soxdllariga dengiz tarafdan inglizlar kirib bordi. Yevropalik mustamlakachilar "qora tanlilarni ov qilib", N. xa-lklarining tabiiy taraqqiyot jarayonini susaytirdi. 1849 yil Beninda ingliz konsulligi paydo buldi. 1861 yilda inglizlar Lagosni egalladilar. 1870-yillar oxirida mustamlakachilar Niger daryosi havzasida katta hududga urnashib ol-dilar. 1885 yilda "Oyl-rivers protekto-rati" (1893 yildan Niger sohili protektorata*) tuzildi. 1906 yilda uning tarkibiga Lagos ham qushib olindi, shundan soʻng "Jan. Nigeriya mustamla-kasi va protektorati" deb atala boshladi. 1914 yil 1 yanvardan hozirgi N. hududi "Nigeriya mustamlakasi va protektorati" nomini oldi. 20-asr boshidan inglizlar N.dan arzon mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyolari manbai sifatida foydalana boshladilar. Mustamlakachi maʼmurlarning jabr-zulmi va bedodligiga qarshi tez-tez gʻalayonlar boʻlib turdi.
 
1-Birinchi jahon urushi (1914—18) dan soʻng N.da dastlabki ijtimoiysiyosiy tashkilotlar paydo boʻla boshladi. 1920 yilda Gʻarbiy Afrika Milliy kongressining Nigeriya boʻlimi tashkil etildi. 1922 yilda N.da birinchi siyosiy partiya — Milliy demokratik partiya tuzildi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshida yangi ommaviy tashkilotlar vujudga keldi. 2-Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45) da chetdan tovar keltirish keskin kamaydi, natijada mahalliy sanoatning oʻsishiga sharoit tugʻildi. Teri oshlash, ip gazlama toʻqish, meva va sabzavotni qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar N.ga oʻz ichki ishlarini oʻzi boshqarish huquqi va siyosiy mustaqillik berilishini talab qila boshladi. 1944 yil avg .da dastlabki Umumnigeriya siyosiy partiyasi — Nigeriya va Kamerun Milliy ken-gashi (1962 yildan Nigeriya fuqarolari Milliy kengashi) tuzildi. 1940-yillar boshida N.da kasaba uyushmalari vujudga kela boshladi. 1945 yilda hali yaxshi uyushmagan ishchilarning birinchi ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1950—51 yillarda yana yangi partiyalar tuzildi. 1958 yil okt.da Londonda boʻlgan konstitutsion konferensiyada N.ning barcha joylaridan kelgan vakillar N.ga mustaqillik berishni Buyuk Britaniyadan talab qildilar. 1960 yil N.ga Britaniya Hamdoʻstligi tarkibida mustaqillik berildi. Shu yili N. BMTga qabul qilindi. 1963 yil 1 okt.dan N. federativ respublika deb eʼlon qilindi.
 
1964 yil 30 dek.da federal parlamentga saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzildi. Ammo hukumat aholining turmush darajasini oshirish haqidagi vaʼdalarini bajarmay, milliy manfaatlarga zid siyosat yuritganligi ilgʻor kuchlarning norozilik kayfiyatini qoʻzgʻatdi. 1966 yil 15 yanvarda harbiy toʻntarish boʻlib, federal harbiy hukumat tuzildi. 1966 yil 29 iyulda yana harbiy toʻntarish boʻldi. Yangi hukumat federativ idora usulini darhol tikladi. Ammo, shundan keyin ham ketmaket harbiy toʻntarishlar sodir boʻlib, mamlakatning ijtimoiysiyosiy va iktisodiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Nihoyat, 1999 yil 20 fevral kuni parlament saylovi va oʻsha yil 27 fevralda prezident saylovi boʻldi. Harbiylar hokimiyatni yangi saylangan prezident Olusegun Obasanjoga topshirdilar.
Qator 42:
 
== Transporti ==
Avtomobil va temir yoʻl transporti yetakchi oʻrinda. Tashiladigan yuklarning 80% dan koʻprogʻi ularning hissasiga toʻgʻri keladi. Transport yoʻlilar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yoʻllari — 124 ming km. Gʻarbiy (Lagos—Kano) va Sharqiy (Port-Harkort—Kaduna) temir yoʻl magistrallari dengiz sohilini mamlakatning ichkari tumanlari bilan tutashtiradi. Neft quvurlari uz. — 3000 km. Asosiy suv yoʻli — Niger daryosi va uning irmoqlari boʻlib, ularda de-yarli yil boʻyi kemalar qatnaydi. Ichki suv yoʻllarining uz. — 7,4 ming km. Asosiy dengiz portlari: Lagos (Apapa va TinKan-Aylende), Port-Harkort, Bonni, Forkados, Burutu, Varri. Havo transporti 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshladi. Lagos, Kano va Ilorinda xalqaro aeroportlar bor.
 
== Tashqi savdosi ==
Qator 59:
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. N. matbuoti — Tropik Afrikadagi dastlabki va eng rivojlangan matbuot. Ingliz va mahalliy tillarda 20 dan koʻproq gaz. va 10 haf-tanoma nashr etiladi.Koʻp nusxada chiqadigan eng nufuzli gaz.lar: "Gardian" ("Posbon", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1982 yildan), "Deyli sketch" ("Kundalik bayon" ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1964 yildan), "Deyli tayme" ("Kunduzgi vaqt", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1925 yildan), "Iroxin yoruba ("Yoruba xalqi yangiliklari", yoruba tilida chiqadigan gaz., 1945 yildan), "Nayjirian observer" ("Nigeriya kuzatuvchisi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1968 yildan), "Nayjirian tribyun" ("Nigeriya minbari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1949 yildan), "Neshnl konkord" ("Milliy totuvlik", kundalikgaz., 1980 yildan), "Nyu nayjirian" ("Yangi nigeriyalik", ingliz tilida chikadigan kundalik hukumat gaz., 1965 yildan). N. axborot agentligi (NAN), hukumat axborot agentligi, 1978 yilda tashkil etilgan. Hukumatga qarashli N. federal radiokorporatsiyasi 1978 yilda tuzilgan. N. telekoʻrsatuv xizmatiga 1976 yilda hukumat tomonidan asos solingan. 8 shtatda shtat hukumatlari qaramogʻidagi radio va telemarkazlar bor.
 
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti bilan uzviy bogʻlangan. Yoruba, ibo, xausa tillarida adabiy anʼanalar vujudga kelgan. Zamonaviy N. adiblarining koʻpchiligi ingliz tilida yozadi. 19-asr oxiri va 20a.20-asr boshlarida publitsistika shakllandi. 20-asr 20—40-yillarida va-tanparvarlik sheʼriyati (N. Azikiyove, D. Osadebey) yuzaga keldi. 30-yillarga kelib, dramaturgiya paydo boʻldi va xristian cherkovlari faoliyati bilan bogʻlangan bibliya mavzuida pyesalar yaratildi. 30—40-yillarda N.ning baʼzi shaharlari (Onicha)da kitob bozorlari paydo boʻldi. S. Ekvenzining ijtimoiy muammolarga bagʻishlangan "Shahar odamlari" (1954) romani va A. Tutuolaning yoruba folklori motivlari asosidagi "Mayxoʻr" (1952), "Ruhlar oʻrmonidagi hayotim" kabi asarlari N. prozasida yangi bosqich boʻldi. T. Alukoning "Qarindoshlar" (1968) romanida insonparvarlik gʻoyalari oʻz aksini topdi. O. Egbunaning "Uylanish masalasi" romanida zamonaviy axloqning anʼanaviy urf-odatlar bilan toʻqnashu-vi muammosi koʻtarilgan. Yosh adiblardan Ch. Achebening "Yemirish vaqti keldi", "Notinch hayot", "Xudoning oʻqyoyi" asarlari N. prozasining rivojlanish yoʻlini koʻp jihatdan belgilab berdi. 70—80-yillardagi dramaturgiya va sheʼriyat ijtimoiy mazmun bilan boyidi, ularda yangi zamon nishonalari oʻz aksini topa boshladi (V. Shoyinkaning "Idanre" poemasi, "Oʻrmon raqsi", "Yoʻl" pyesalari, K. Okigboning "Osmon darvozasi", "Labirintlar" sheʼriy kitoblari va boshqalar). 90-yillarda yangi isteʼdodli qalam sohiblari adabiyotga ki-rib keldi. "Blek Orfyu" va "Okike" kabi adabiy jur.lar nashr qilinadi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Xalq meʼmorligi tabiiy iklim sharoitiga moslashgan. Jan., jan.-sharq, jan.-gʻarbdagi tropik oʻrmonlarda uylar toʻgʻri toʻrtburchakli shaklda yogʻoch, loy, toʻqima novdadan quriladi, tomi ikki nishabli qilib, poxol va palma barglari bilan yopiladi. Markaziy N.da binolar aylana shaklida devori loydan, tomi poxol, shox-shabbadan konus shaklida ishlanadi. Savanna va chala choʻllarda uylar loydan toʻgʻri burchakli qilib, tomi yassi qilib quriladi. 13— 15-asrlarda shaharlar reja asosida qurildi. 14-asrda shim.da islom dini tarqalgach, masjidlar barggo qilindi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa meʼmorligining taʼsiri kuchaydi. Binolar haykal, naqshlar bilan koʻproq bezatiddi. N. mustaqillikka erishgach, beton va metalldan qurilgan imoratlar quyosh toʻsqichli, peshayvonli va pan-jarali qilib milliy uslubda qurila boshladi (Ibadan universiteti binolari, Ka-dunadagi Oliy sud binosi va boshqalar). Mu-handis va meʼmorlar Yevropada, shunin-gdek, Lagosdagi texnologiya kollejining , Nsukka va Zariya universitetlarining meʼmorlik f-tlarida tayyorlanadi.
 
N. shim.da topilgan Nok madaniyati mahsuli boʻlgan goʻzal haykaltaroshlik va oʻymakorlik asarlari miloddan avvalgi 1-ming yillikka mansub deb hisoblanadi. Mil. boshlarida Ife va Benin sanʼatining ilk namunalari — sopol va bronza haykallar ishlangani maʼlum. N. xalqlari yogʻochdan sanamlar, ajdodlar, cha-vandozlar, bolali ayollar haykalchalarini qadimdan yasab kelganlar. N.da yangi tasviriy sanʼatni rivojlantirishda A. Onabolu, O. Idax, F. Idexen, F. Idubor, B. Envonvu kabi haykalta-rosh va rassomlar salmoqli xizmat qildi, ularning asarlarida mahalliy anʼanalar davom ettirilgani va zamonaviy Yevropa sanʼati yutuqlari ijo-diy oʻzlashtirilgani koʻzga tashlanadi. Rassomlar orasida D. Nvoko, Yu. Gril-lo, J. Akolo, A. Ekong , A. Lasekan va boshqa shuhrat qozongan.