Kongo Demokratik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 22:
Hozirgi K. hududida quyi paleolit davriga oid manzilgoxlar va tosh qurollar topilgan (Kasai, Lualaba, Luapula daryolarining yuqori oqimi). Yevropaliklar bu yerga kelishidan ancha avval Bakuba davlati hukm surgan, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Soʻng Baluba, Lunda va shahri k. oʻndan ortiq mayda davlatlar mavjud boʻlgan. Aholisi ovchilik, baliqchilik, dehqonchilik, temir va mis rudalarini eritish ishlari bilan shugʻullanib kelgan. 15-asr oxirida portugʻallar (D.Kan ekspeditsiyasi) Kongo daryosi havzasiga oʻrnashib olib, uni qul bozoriga aylantirdi (15—19-asrlar mobaynida u yerdan 13 mln. dan ortiq qul Amerikaga olib ketildi). Mahalliy xalq mustamlakachilarga, mahalliy amaldorlarga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi (1890-92, 1895-96, 1897-1900, 1901—07). 19-asr 70-yillarida Belgiya qiroli Leopold II har xil nayranglar bilan katta hududni bosib oddi. Bu hudud "Ozod Kongo davlati" nomi bilan Leopold II mulkiga aylantirildi (1885). 1908 yil mazkur hudud kompensatsiya evaziga Belgiya ixtiyoriga berilgach, Belgiya Kongosi nomi bilan uning mustamlakasiga aylandi. Hokimiyatni general-gubernator idora qildi. Qul savdosi va ekspluatatsiyaning kuchayishi natijasida mahalliy aholi kamayib ketdi (1884 yil 30 mln; 1915 yil 15 mln.). Shunga qaramay, mamlakatda mustamlakachilarga qarshi harakat toʻxtamadi.
 
1-Birinchi jahon urushi yillarida va urushdan keyin mustamlakachilar mamlakat tabiiy boyliklari (oltin, olmos, mis va shahrik.)ni qazib olib, tashib keta boshladi. Kongo Demokratik Respublikasining eksportga moʻljallangan sohalari (kauchuk, kofe, kakao), konchilik va sanoatning kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik, qurilish materi-allari kabi tarmoqlari, transport va energetika rivojlanib bordi. Katanga, Leopoldvil, Kasai va Kivu viloyatlari asosiy sanoat markazlariga aylandi. Yirik shaharlar qad koʻtara boshladi.
 
2-Ikkinchi jahon urushi davrida Belgiya Kongosi AQSH va Buyuk Britaniyaga harbiystrategik xom ashyo (mis, kalay, kobalt, rux, uran va boshqalar) yetkazib beradigan manbaga aylantirildi. Urushdan keyin 40-, ayniqsa, 50-yillarda mehnatkashlarning mustamlaka zulmiga qarshi harakati keskin tus oldi. Af-rikaliklar kasaba uyushmalari tuzish huquqiga erishdilar(1946). Koʻpgina madaniy-maʼrifiy tashqilotlar toʻzilib, ular keyinroq siyosiy partiyalarga aylandi. Bu partiyalar milliy ozodlik harakatini uyushtirib, Belgiya hukumatidan mustaqillik berishni talab qildi. Nihoyat, Belgiya bu talabni qondirishga majbur boʻldi.
 
1960 yil 30 iyunda mustaqil K. Respublikasi eʼlon qilindi. Kongo milliy harakati partiyasi rahbari Patris Lumumba bosh vazir, J. Kasavubu prezident lavozimini egalladi. 1960 yil sentabrda K. Respublikasi BMTga qabul qilindi. Respublika rahbarlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar mamlakat mustaqilligiga rahna sola boshladi. 1960 yil yevropaliklarni himoya qilish bahonasi bilan K.ga Belgiya qoʻshinlari bostirib kirdi. Bosqinchilarni daf qilish uchun Lumumba iltimosi bilan K.ga BMT armiyasi kiritildi. Lekin bu armiyaning sustkashligi natijasida milliy hukumat hokimiyatdan chetlatilib, vatanparvar rahbarlar taʼqib qilindi. Lumumba vahshiyona oʻldirildi (1961 yil yanvar). Vatanparvarlar mustaqillik kurashini toʻxtatmadilar. Ularning tazyiqi ostida parlament chaqirilib, S. Adula boshliq yangi hukumat tuzildi (1961 yil iyul). 1964 yil K. Demokratik Respublikasi deb eʼlon qilindi. 1965 yil 25 noyabr
Qator 70:
K. orkestri ngoma, ikonko, toku, lokuka nogʻoralaridan, lira, arfa, sitra, truba, fleyta, burgu va boshqa cholgʻulardan iborat. Nogʻoradan turli xabarlar berishda foydalaniladi, shuningdek, u qoʻshiqchi va raqqosalarga joʻr boʻladi. "Nogʻora tili"ga yoshlikdan oʻrgatiladi. Milliy kuylarni gitara, saksofon va boshqa Yevropa asboblari joʻrligida ijro etgan professional orkestrlar K.da gitara uslubi deb nom olgan. Mehnat jarayonlari (baliq ovlash, eshkak eshish, dehqonchilik ishlari) paytida qoʻshiq aytish va raqs tushish odat boʻlgan. Mashhur xonandalari: Lvambo Makiadi, Tabu Ley, Abeti Masikinl, Mpongo Lav va boshqa 1968 yil Kinshasada Milliy musiqa va teatr sanʼati akademiyasi tashqil topgan. Professional kadrlar Milliy sanʼat institutida tayyorlanadi.
 
Teatr sanʼati xalq udumlari va bayramlari asosida qadimdan rivojlanib kelgan. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa madaniyati taʼsirida dastlab havaskorlar toʻgaragi, soʻng dramaturgiya vujudga keldi. Rassom va dramaturg A. Monjita Leopoldvilda K. folklori ligasi truppasi — "Lifoko"ni tuzdi. Truppa 1960 yil oʻrtalarigacha sahnalashtirilgan ertaqlar va turmush syujetlari asosida tomosha koʻrsatgan.
 
Mustaqillik yillarida havaskorlar teatrlari yanada rivojlandi. Ular repertuaridagi "Ngongo Lyutete" (D.Bolamba), "Uganda zahmatkashlari" (M.Andren), "Ngombe" (A.Monjita) va boshqa pyesalarda tarixiy, tarbiyaviy va diniy mavzudagi voqealar aks etgan.