Fargʻona: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 73:
Shahar tunda 80 ta yoritqich (fonus) bilan yoritilardi. Doʻkonlar aholiga xizmat koʻrsatgan. 1917 yilgacha shahardagi 3 ta gimnaziyada 600 oʻquvchi, 5 ta maktabda esa 821 oʻquvchi oʻqidi. Ularga 20 oʻqituvchi saboq berdi. Shaharda birgina kasalxona (35 oʻrin) va bir dorixona mavjud edi.
 
1917 yil 6—7 dekabrda Skobelevda hokimiyatni shoʻrolar egalladi. 1921 yil da Oʻrta Osiyo ipakchilik sanoatining dastlabki korxonasi — pillakashlik fabrikaasi foydala nishga topshirildi. 1917 yilgacha shaharda, quvvati 700 kVt boʻlgan xususiy (Lipinskiyga qarashli) elektr styasi boʻlgan. Oʻsha yildan keyin Fargʻona vodiysida yagona boʻlgan issiqlik elektr markazi ishga tushirildi. Quvasoy issiqlik elektr styasi faoliyat koʻrsata boshlagandan keyin ular yagona energiya sistemasiga birlashtirildi. Shundan keyin toʻqimachilik fabrikaasi, yogʻ zavodi ishlay boshladi. Paxta tozalash zavodlari, tegirmonlar, kustar korxonalar qayta qurilib kengaytirildi va elektr energiya quvvati bilan ishlay boshladi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ishga tushirilgan Xoʻjaobod—Fargʻona, Shim. Soʻx—Fargʻona—Quvasoy gaz quvurlari Fargʻonani Buxoro yaqinidan boshlangan yagona gaz quvuri sistemasi bilan bogʻladi.
 
Undan keyin gidroliz zavodi, 1958 yilda neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. 1960- yillarda Fargʻonada temirbeton buyumlari, shifer-gʻisht zavodlari, 2 issiqlik elektr markazi qurildi.