Xitoy tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 22:
Xitoy tilida asosan, 7 lahja guruhi farqlanadi: 1) shim. (bu lahjada 70% kishi soʻzlashadi va u hozirgi adabiy Xitoy tiliga asos boʻlgan); 2) u; 3) syan; 4) gan; 5) xakka; 6) yue; 7) min. Bu lahjalar fonetik va leksik jihatdan oʻzaro katta farq qiladi, hatto lahjalarning vakillari bir-birlarini tushunmay qoladilar; biroq ularning grammatik qurilishi va lugʻat tarkibi yagonadir. Lahjalar muntazam tarzdagi tovushiy mosliklar orqali oʻzaro bogʻlangan. Xitoy tilining fonetik meʼyorlari Pekin sh. talaffuziga asoslanadi.
 
Xitoy tili ga oid qad. yozma yodgorliklar (tosh, bronza, suyak va boshqalarga yozilgan yozuvlar) mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga oid. Qad. adabiy yodnomalar — "Shutszin" ("Tarix kitobi") va "Shitszin" ("Qoʻshiqlar kitobi") mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmiga oid. Oʻsha davrdagi jonli lahjalar asosida qad. adabiy Xitoy tili — venyan vujudga kelgan. Keyinchalik u ogʻzaki jonli tildan uzokdashib, mil. 1-ming yillikda xalq tushunmaydigan til boʻlib qolgan. Shu sababli mil. 1-ming yillikda yangi (sodda) yozma til — bayxua vujudga keladi; shim. bayxua tili keyinroq umumxalq Xitoy tili — putunxua (umumxalqqa tushunarli til) uchun asos boʻldi. 20-a.ningasrning 1-yarmida putunxua qad. Xitoy tili — venyanni tamoman siqib chiqarib, yagona milliy til boʻlib qoldi.
 
Xitoy tilidagi morfema va sodda soʻzlar odatda bir boʻgʻinlidir. Boʻgʻin tarkibiga kiruvchi undosh va unli tovushlar (ularning soni haqida hanuz yagona fikr yoʻq) maʼlum bir tartibda joylashadi. Mas, bir necha undosh tovush ketmaket kelishi mumkin emas, biroq unlilar ketmaket, oʻzaro birikib kelishi mumkin. Toʻliq tarkibli xitoy boʻgʻinida birinchi oʻrinda hamisha undosh tovush turadi, ikkinchi oʻrinda 1unli, undan keyin 2unli, oxirida esa yarim (kuchsiz) unli yoki burun tovushi joylashadi. Qatʼiy tartibga qaramasdan Xitoy tilida boʻgʻin tarkibiga kiruvchi tovushlarning hammasi ham bir-biri bilan birika olmaydi, shuning uchun xitoy boʻgʻinlarining miqdori chegaralangandir. Putunxuada 414 boʻgʻin, ton (ohang—musiqiy ovoz) variantlarini hisobga olganda, 1324 boʻgʻin bor. Xitoy tilida ton (ohang), tovushga oʻxshab, maʼno farqlash vazifasini bajaradi (q. [[Tonal tillar]]). Agar bir boʻgʻin 4 xil ton bilan talaffuz etilsa, 4 ta har xil maʼnoli soʻz hosil boʻladi.