Surma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vikifikatsiya, replaced: 2 y. → 2 yil (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 5:
'''Surma''' (turkcha vggpe, lot. Stibium), Sb — [[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 51, atom massasi 121,25. Tabiiy Surma 2 ta barkaror izotopdan iborat. 121Sb (57,25%) va 124Sb(42,75%). Surma ning sunʼiy izotoplaridan muhimlari 122Sb(T1/2q 2,8 kun), l23Sb(T]Gʻ2q 60,2 kun) va 125Sb(T|Gʻ2q 2 yil).
 
Surma juda qadimdan maʼlum. Sharq mamlakatlarida miloddan 3000 yil avval Sdan turli idishlar yasashgan. Qad. Misrda mil. av. 19-a.daasrda surma yaltirogʻi (tabiiy) mesten yoki stem nomi bilan qoshni boʻyashda qoʻllangan. Surma Yer poʻstining massa jihatidan 410~5% ini tashkil qiladi. Surma kristall va amorf shakllarda boʻladi. Kristall holdagi Surma oddiy sharoitda barqaror boʻlib, kumush kabi oq, yaltiroq, moʻrt metall. Suyuqlanish temperaturasi 630,5°, qaynash temperaturasi 1640Q5°, zichligi 6,69 g/sm³. Birikmalarda Q5, Q3 va —3 valentli. Surma havoda qizdirilsa, amfoter Surma(III)oksid Sb2O3 ga aylanadi. Surmaning kislotali xossalarini namoyon qiladigan oksidi — Sb2O5 (antimonat angidrid) ham maʼlum.
 
Surma texnikada qotishma va birikmalar (200 dan ortiq qotishma tarkibiga qoʻshiladi) holida koʻp ishlatiladi, chunki Surma qoʻshilgan metallning qattiqligi ortadi, qiyin oksidlanadi. S qotishmalaridan muhimlari — qattiq qoʻrgʻoshin "gartbley", bosmaxona qotishmalari, babbitlar. Surmaning alyuminiy, galliy, indiy bilan hosil qilgan qotishmalari yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarish.da qoʻllanadi. Oʻsimliklarda (100 g quruq modda hisobida) 0,06 mg , dengiz hayvonlarida 0,02 mg , quruqlikda yashaydigan hayvonlarda 0,0006 mg S boʻladi. Surma odam va hayvon organizmiga nafas yoʻllari yoki meʼdaichak orqali kiradi. Surmaning biologik ahamiyati toʻliq oʻrganilgan emas. Tibbiyotda Surma leyshmanioz va baʼzi gelmintoz (mas, shistosomatoz)ni davolashda qoʻllanadi. Surma va uning qotishmalari zaharli. Sdan kuchli zaharlanganda yuqori nafas yoʻllarining shilliq pardalari, koʻz va teri zararlanadi. Sdan zaharlanishdan saqlanish uchun S ishlab chiqarish. jarayonlari mexanizatsiyalashtirilishi, bino yaxshi shamollatilishi lozim.