Sport: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 4:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Sport''' (ing . sport — oʻyin) — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarniit turli majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va oʻtkazish tizimi. S.ning maqsadi kishilarning sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga S. musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. Dastlabki S. musobaqalari Yunonistonda mil. av. 1580 yilda boʻlib oʻtgan. 19-a.ningasrning 2-yarmida, ayniqsa, 1894 y. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tashkil qilinganidan keyin S. juda tez rivojlana boshladi. 1896 yilda 1zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.
 
S.ning asosiy 3 ta oʻzaro bogʻliqtashkiliy shakllari mavjud: ommaviy havaskorlik Si; oʻquv fani sifatidagi S; yuqori natijalar Si. Ommaviy havaskorlik Si — insonning jismoniy takomillashuvi sharti; u kishilarning yoshi, salomatligining holati, jismoniy rivojlanish darajasiga koʻra chegaralanadi. Oʻquv fani sifatidagi S. — barcha turdagi taʼlim muassasalari va qurolli kuchlarda harbiyjismoniy tayyorgarlik dasturlariga kiradi. Yuqori natijalar S. i eng yaxshi S. kursatkichlari (rekordlar)ga erishish uchun sharoit yaratadi, insonning jismoniy tayyorgarligini namoyish etadi, jismoniy tayyorgarliklarning samarali vosita va usullarini ommaviy amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi.
 
Taraqqiyot jarayonida S. jismoniy tarbiya doirasidan chiqib, mustaqil umummadaniy, siyosiy, estetik, iqtisodiy ahamiyat kasb etdi. S. dustona xalqaro aloqalarni kengaytirishga, xalqlarning uzaro birbirini tushunishi va doʻstligi rivojlanishiga xizmat qilmoqda. 19-a.asr oʻrtalaridan bir necha Gʻarb mamlakatlarida professional S. rivojlana boshladi. U tomoshabopligi, biznesga aylanib, katta daromad manbai boʻlib borayotganligi bilan ajralib turadi.
 
S. turlarining 2 asosiy guruhi mavjud: milliy S. turlari va xalqaro S. turlari. Milliy S . turlari har bir xalqning oʻziga xos turmush tarzi, mehnat faoliyati va dam olish sharoiti asosidarivojlangan. Xalqaro S.turlari muayyan sharoitlarda musobaqalar oʻtkazishning umumlashtirilgan tizimlaridan iborat boʻlib, bunda musobaqa ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlarini, natijalarni hisobga olish va baholashni xalqaro miqyosda bir xil tartibga keltirish, yagona qoidalardan foydalanishga asoslangan maxsus cheklashlar nazarda tutiladi. S. bilan shugʻullanishda jismoniy tarbiya va S.ni boshqarish davlat organlari, xalqaro S. tashkilotlari tomonidan man etilgan vositalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Yuqori S. koʻrsatkichlariga erishish maqsadida stimulyatorlardan, doping moddalaridan, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi man etgan boshqa vositalardan foydalangan S.chi musobaqalardan chetlashtiriladi.