Shimoliy Makedoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 37:
 
== Adabiyoti ==
Makedon adabiyotining vujudga kelishi va davrlarga boʻlinishi muammolari mamlakat olimlarining ilmiy ishlarida har xil bayon etilgan. K. Misirkov (1874—1926)ning ilmiy faoliyati bu sohada muhim ahamiyatga ega. U makedon adabiy tilining hozirgi fonetik va morfologik tuzilishiga yakin namunasini yaratdi. Shoir K. Ra-sin (1908—43) zamonaviy makedon sheʼriyatining asoschisi hisoblanadi. K. Nedelkovski (1912—41), M. Bogoyevski (1919—42) va boshqa vatanparvarlik ruhida asarlar yaratishdi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr yozuvchilari ozodlik kurashi voqealarini asosiy mavzu qilib oldilar. 60—80-yillarda roman va qissa janrlari rivojlandi (S. Yanev-ski, D. Solev, S. Drakul, Y. Leov, G. Abajiyev, J. Chingo va boshqalar). Dramaturgiyada V. Iloski, K. Chashule, T. Arsov-skilar ijod qildi. Makedoniyada turk va boshqa xalqlar adabiyoti ham mavjud.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 45:
 
== Musiqasi ==
Xalq musiqasi xilma-xil va oʻziga xos boʻlib, asosan, 2 ovozli qoʻshiq va cholgʻu kuylaridan iborat. Musiqa asboblari orasida tapan, darbuka, doyra kabi urib chalinadigan, shu-pelka, zurla, kaval kabi puflab chalinadigan, gusle, kara kabi torli, kamonli va chertib chalinadigan turli sozlar bor. Doyra boʻlib qoʻshiq aytish va raqsga tushish keng tarqalgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Makedoniyada musiqa madaniyati rivojlandi, madaniy-maʼrifiy jamiyatlar vujudga keldi. 1895 yil Skopyeda duxovoy orkestr, 1907 yil „Vardar“ qoʻshiqchilar jamiyati tashkil topdi. 1928 yil S. Arsich birinchi musika maktabini ochdi. S. Gaydov, J. Firfov kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chiqdi. 2-Ikkinchi jahon urushi davridagi xalq ozodlik kurashida qoʻlga qurol olib qatnashgan makedon kompozitorlari vatanparvarlik ruhidagi ommaviy koʻshiqlar ham yaratishdi. 60— 80-yillarda G. Prokopyev, K. Makedonski, T. Zografski, T. Proshev kabi kom-pozitorlar opera va balet janrlarida barakali ijod qiddilar. Skopyeda Filarmoniya (1944), M xalq teatrida opera truppasi (1947), Folklor instituti (1950), radio xori (1945), oʻrta musiqa maktabi, Oliy ped. institutida musiqa kafedrasi mavjud. Makedoniyaning Oʻzbekistondagi madaniyat kunlari doirasida Tosh-kentda 20-asr kompozitorlari asarlaridan konsertlar oʻtkazilgan.
 
== Teatri ==