Kanada — versiyalar orasidagi farq

qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k (rej. → rejissyor)
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3))
Kanada uchun boʻlgan [[Angliya-amerika urushi|Angliya-Amerika urushi]] (1812—14) natijasida demokratik islohot va oʻzini oʻzi boshqarish uchun qarakat boshlanib ketdi. Viloyatlarda islohot tarafdorlari ("vatanparvarlar") partiyalari tuzildi. 1834-yil islohot tarafdorlari Quyi va Yuqori Kanada parlamentlari faoliyatini nazorat ostiga oldi. 1841-yil Yuqori Kanada bilan Quyi Kanada birlashtirildi. 1848-yil Kanada va Yangi Shotlandiyada yangi hukumat tuzildi. 19-asr oʻrtalarida Kanadada temir yoʻllar qurildi, sanoat rivojlandi, 1867-yil Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari birlashtirilib, "Kanada dominioni" nomi bilan [[federatsiya]] tuzildi. Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, shimoliy-gʻarbdagi hududlar, [[Britaniya Kolumbiyasi]] (1871) va [[Prins-Eduard oroli]] (1873) Kanada dominioniga qoʻshib olindi. Markazlashgan davlat barpo etilishi [[milliy bozor]]ning yuzaga kelishiga asos boʻldi.
 
19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Kanada iqtisodiyoti rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi sanoat tez oʻsib, uning mahsuloti qiymati 1914—18 yillarda 4 baravar oshdi, aholi soni 64% koʻpaydi. Kapital va ishlab chiqaruvchi sanoati yiriklashdi, 1900—17 yillarda banklar birlashishi natijasida ularning soni 36 dan 21 ga kamaydi; bank va sanoat kapitali qoʻshila bordi. [[1-Birinchi jahon urushi]]da Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi.
 
1-Birinchi jahon urushi davrida Kanada iqtisodiyoti mustahkamlanib olishi natijasida Kanadada Angliya taʼsiri susaydi va taʼsiri kuchaydi. 1919—20 yilgi [[Parij konferensiyasi]]da Kanada sulh shartnomalarini mustaqil imzoladi. Boshqa dominionlar bilan bir qatorda Kanada [[Millatlar Ligasi]]ga vakil yuborish huquqini qoʻlga kiritdi.
 
1929—33-yillardagi [[jahon iqtisodiy boʻhroni]] natijasida sanoat ishlab chiqarish 2 baravardan ziyod kamayib ketdi. 1933-yil boshida ishsizlar 1,3 mln. kishidan ortdi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi nihoyatda pasayib ketishi natijasida 240 ming ferma barbod boʻldi.
 
[[2-Ikkinchi jahon urushi]]da Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi. Kanada antifashist davlatlarni, birinchi navbatda, Buyuk Britaniyani [[xom-ashyo]], [[oziq-ovqat]], [[qurol-yarogʻ]] bilan taʼminlab turdi. Mamlakatda [[harbiy sanoat]] rivojlandi, yangi tarmoqlar: stanoksozlik, sintetik kauchuk ishlab chiqarish va boshqalar vujudga keldi. 1939—45 yillarda sanoat ishlab chiqarish 2,5 baravar ortdi.
 
1960-yillardan Kanada hukumati ichki va tashqi siyosatda milliy manfaatlarni koʻzlab ish tuta boshladi. Hukumat Kanadaning siyosiy mustaqilligini saqlashga, [[Lotin Amerikasi]], [[Osiyo]] va [[Yevropa]] mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga intildi. Keyingi yillarda Kanadada milliy masala keskinlashdi. Kvebek partiyasi mazkur viloyatni alohida davlat qilib ajratishni talab qila boshladi. 1995-yilda Kvebek suvereniteti xususida oʻtkazilgan referendumda suverenitetga qarshi boʻlganlarning 50,6% ovoz olishi natijasida mamlakatning parchalanish xavfi bartaraf etildi. Kanada — 1945-yildan [[BMT]] aʼzosi. 1991-yil 25 dekabrda [[Oʻzbekiston Respublikasi]] suverenitetini tan oldi va 1992-yil 7-aprelda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 1-iyul — Kanada kuni (1867).
 
== Adabiyoti ==
Kanada tub joy aholisi (indeyslar, eskimoslar)ning ogʻzaki ijodiyoti avloddan avlodga oʻtib kelgan. Kanada adabiyoti, asosan, ingliz (18-asr) va fransuz (19a.19-asr) tillarida shakllandi. Rus, ukrain va b. tillarda ham adabiy asarlar nashr etiladi. Indeyslar va eskimoslarning ogʻzaki ijodi ingliz-kanadalik yozuvchilar tomonidan qisman toʻplandi (20-asr). Shoira Polin Jonson (1862—1913) butun hayotini indeyslar haq-huquqini himoya qilish va ularning afsonalarini adabiy jihatdan ishlab chiqishga bagʻishlagan. Umuman mustamlaka qaramligining ogʻir sharoiti milliy adabiyotning rivojlanishiga toʻsqinlik qilib keldi.
 
Ingliz tilidagi adabiyot dastlab ingliz romantizmi taʼsirida va unga taklidan rivojlangan. Konfederatsiya shoirlari deb atalmish romantiklar tabiat goʻzalligi haqida asarlar yozdilar va Kanadada yashovchi turli millat vakillarini birlashishga daʼvat etdilar. 19-asrning 2-yarmida tarixiy romanchilik rivojlandi. Hajvchi S. Likok (1869—1944) oʻz asarlarida Kanada shaharchalari aholisining axloqi, pul hukmronligi, "kichik" odamning nochorligini tasvirlab, jahonga mashhur boʻldi. 20-asr boshlarida adabiy jur. lar, Kanada adabiyotining dastlabki tarixi va antologiyasi paydo boʻldi. Kanada yozuvchilari uyushmasi vujudga keldi (1921), u, asosan, ingliz-kanadalik yozuvchilarni birlashtirdi. 20-asrning oʻrtalaridan ingliz tilidagi adabiyotda kanadaliklarning milliy harakteri yorqin namoyon boʻla boshladi. 40-yillardan tanqidiy realizm rivojlandi. F. Grov yozgan realistik romanlarning qahramonlari — mehnat ahli. Realist yozuvchi M. Kellexen asarlari odamshavandalik va xalqqa rahm-shavqat ruhi bilan sugʻorilgan. X. Mak-Lennan oʻz asarlarida Angliya va Fransiyadan kelgan kanadaliklarni birdamlikka chaqirdi ("Ikki yolgʻizlik", 1945). 60—80-yillardagi koʻp asarlarning mavzui jamiyat turmushidagi chalkashliklarga bagʻishlangan. Kanada muammolari va indeyslar bilan eskimoslarning ahvoli kabi masalalar Kanada ilgʻor yozuvchilarining eʼtiborida turibdi.
 
== Teatri ==
Indeyslarning marosimlarida xalq teatr sanʼati unsurlari bor. Ular diniy marosimlarni oʻtkazishda niqob va qoʻgʻirchoqlardan foydalanishar edi. Professional teatr 17-asrdan Kvebek va Akadiya viloyatlarida rivojlana boshlagan. P. Kornel, J. Rasin, J. Molyer pyesalari qoʻyilgan. 1606-yilda PortRoyyaldagi "Neptun" teatrida Leskarboning "Dengiz niqobi" nomli sheʼriy pyesasi sahnalashtirildi. Spektaklda indeyslar bilan fransuzlar qatnashishdi. 1774-yilda Galifaksda Kanada hayotidan birinchi pyesa — "Akadius yoki xilvatdagi muhabbat" sahnalashtirildi. 1825 yil Montrealda birinchi doimiy teatr ochildi. Teatr repertuariga Kanada dramaturglari — J. Kenel, Ch. Xevisij, Ch. Meyr asarlari kiritildi. Montreal, Toronto, Viktoriya, Gamilton, Vinnipeg sh.larida teatrlar tashkil etildi. 19-asrning 80-yillari oxiridan [[Birinchi jahon urushi|1-Birinchi jahon urushigacha]] boʻlgan davrda koʻchma professional teatrlar avj oldi. Kvebek va Galifaks teatr truppalari tarkibida AQSH, Fransiya va Angliyadan kelgan aktyorlar bilan birga kanadalik aktyorlar ham bor edi. Shu davrda "roud" ("yoʻl") deb atalgan sayyor professional teatrlar keng tarkaldi. 20-asrning 20—30-yillarida un-tlar, maktablar, klublar va cherkovlar krshida koʻplab havaskor truppalar tashkil etildi. 40-yillar oxirida yirik shaharlarda professional teatrlar paydo boʻldi. Montrealdagi "Rido ver", Torontodagi "Tietr Toronto", Edmontondagi "Sitadel" teatrlari shular jumlasiga kiradi. Ularda Shekspir, Molyer, Turgenev, Chexov va b.ning pyesalari qoʻyiladi. Fransuz tilidagi teatrlarda milliy teatr madaniyatini vujudga keltirish jarayoni kechayotir. Kanadada M. Anglii, U. Xyuston, R. Massi kabi rejissyorlar, Kanada Kolikos, L. Grin, Sh. King , Kanada Rid kabi aktyorlar mashhur. Torontoda Milliy teatr sanʼati maktabi, Alberta, Saskachevan, Kuins un-tlarida drama boʻlimlari bor. "Kanada teatri" jur. (ingliz va fransuz tillarida) nashr etiladi.
 
== Kinosi ==
1898-yil Kanadaning "Messi-Harris" kinofirmasi buyurtmasi bilan reklama filmi suratga olindi. 1900-yilda Canadian Bioscope kinofirmasi Kanadaga koʻchib keluvchilarni qiziqtirish uchun turkumli filmlar yaratdi. G. Bredford tomonidan 1903-yil boshlab berilgan "Kanadadagi hayot" nomli turkum filmlar ham shu maqsadga xizmat qildi. 1906 yil Montrealda birinchi doimiy kinoteatr ochildi. 1914 yil Montrealda Kanadaning dastlabki badiiy filmi — "Evanjelina" (rejissyor I. P. Salliven, U. X. Kovano) suratga olindi. Faroyib shimol tabiati va eskimoslar hayotiga qiziqib qolgan amerikalik rejissyor R. Flaerti "Shimol farzandi — Nanuk" qujjatli filmi (1922)ni suratga oldi va Kanada hujjatli kinosining rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Kanadaning birinchi ovozli filmi — "Viking" (rejissyor V. Frissell, J. Melford, 1931). Milliy kino sanʼatining qaror topishiga rejissyor J. Grirson muhim hissa qoʻshdi. 1939 yil Kino masalalari boʻyicha milliy kengash tashkil etildi. U davlat yoʻli bilan hujjatli filmlar i.ch.ni boshqardi. 2-Ikkinchi jahon urushi davrida "Jangdagi totuvlik" kinoseriyasi shuhrat qozondi. 1952 yil "Etyen Bryule, nobakor" degan birinchi rangli film yaratildi. "Oltin shahri" (rejissyor Kanada Lou), "Tinchlik davom etsin deb", "Dengiz bilan chuchuk suv oraligʻida" (rejissyor M. Bro) filmlari yaratildi. 1970—90 yillarda dunyo yuzini koʻrgan filmlar orasida "Moviy qish" (rejissyor A. Blanshar), "Muallimga nega oʻq otildi" (rejissyor S. Naritsanno), "Ovchi" (rejissyor 3. R. Delen), "Qari tulki" (rejissyor F. Borsos) kabi badiiy filmlarni koʻrsatish mumkin. Kanadada qiziqarli multfilmlar ham yaratiladi. Statford, Montreal, Vankuverda xalqaro kinofestivallar muntazam oʻtkaziladi. Kanadada 1400 kinoteatr, kinoarxiv va filmoteka bor. Kanada kino akademiyasi har yili eng yaxshi filmlarga sovrinlar beradi.
 
== Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari ==
6 807

ta tahrir