Burundi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 17:
 
== Tarixi ==
Burundi hududida qadimdan bantu va pigmeylar qabilasi, 15—16-asrlarda efioid toifasiga mansub urushqoq kuchmanchichorvador qabilalar yashagan. Manbalarga ko‘ra, hozirigi kunda Burundi hududida [[1558-yil]]da dastlabki podsholiklar tashkil topgan. Ntare 1-mayda xonliklarni birlashtirib, kuchli davlatga asos solgan. Viloyatlarni shahzodalar idora qilgan. 19-asr oxirlarida mamlakatga yevropalik missionerlar kirib keldi. [[1899-yil]]da Burundi [[Germaniya]] Sharqiy Afrikasi tarkibiga qo‘shib olindi. 1-Birinchi jahon urushi vaqtida Burundini Belgiya armiyasi egalladi (1916). Versal sulh shartnomasi, Millatlar Ittifoqi qaroriga muvofiq Burundi Urundi nomi bilan [[Belgiya]] ixtiyoriga o‘tdi. Davlatni Belgiya rezidenti nazoratida podsho (mvami) boshqardi. Mustamlakachilar aholini kofe, paxta kabi eksport tovarlar yetishtirishga majbur qildi. Burundi aholisi mustamlakachilarga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi. Bu kurash 2 jahon urushidan so‘ng Afrikada boshlangan millim ozodlik harakati ta’sirida avj olib ketdi. 50- yillar oxirida Burundidagi ozodlik harakati tashkiliy tuye ola boshladi. Mamlakatda siyosiy tashkilotlar paydo bo‘ldi. [[1959-yil]] tuzilgan milliy taraqqiyot va birlik partiyasi Burundiga o‘zini o‘zi boshqarish huquqi berilishini, keyinchalik mustamlaka tuzumini tugatishni talab qildi. Xalq partiyaga xayrixohlik bildirdi. Belgiya hukmronlari ozodlik kurashini boshqarish maqsadida mahalliy boshqaruv organlari tuzishga rozilik berdi. Ayni vaqtda turli partiya va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro nizo qo‘zg‘adi, qabmlalarnibir-biri bilan urishtirib qo‘ydi. Biroq mehnatkash omma ozodlik kurashini susaytirmadi. Oxiri mustamlakachilar Burundi mustaqilligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. [[1962-yil]] 1-iyulda mustaqil deb e’lon qilindi. [[1966-yil]] noyabrda monarxiya ag‘darilib, respublika e’lon qilindi. [[1962-yil]]dan [[BMT]] a’zosi. [[1992-yil]] 6-yanvarda O‘zRning suverenitetini tan olgan.
 
== Bayramlari ==