Mikroneziya Federativ Shtatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 9:
M. orollari kelib chiqishi jihatidan marjon orollariga va vulkan otilishidan paydo boʻlgan orollarga boʻlinadi. Boksit va fosforit konlari bor. Iqlimi ekvatorial va subekvatorial iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura — yanvarda 26°, iyulda 28°. Yogʻin yil davomida bir meʼyorda (2000–6000 mm) yogʻadi. Karolina o.lari atrofida kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Tabiiy oʻsimliklari vulkan orollarida doim yashil tropik oʻrmon (palma, daraxtsimon qirqquloq, bambuklar), qisman savannalardan iborat. Marjon orollarida oʻsimlik kam. Jonivorlardan kalamush, koʻrshapalak, timsoh, ilon, kaltakesak, dengiz kushlari uchraydi.
 
Tarixn. Hozirgi M. davlatining xududi 17—19-asrlarda Ispaniyaga qarashli boʻlgan. 1889 yilda Germaniya Karolina o.larini Ispaniyadan sotib oldi. 1914 yilda orollarni Yaponiya bosib oldi, 2-Ikkinchi jahon urushida AQSH egalladi. 1947 yildan AQSH tomonidan boshqariladigan BMT vasiyligidagi hududga aylandi. 1978 yilda Karolina o.lari AQSH bilan "erkin uyushgan" hudud maqomini oldi. Bu haqdagi shartnoma 1982 yilda imzolandi, 1986 yil 3 noyabrda kuchga kirdi va MFShga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi, ammo mudofaa, moliya va tashqi ishlar masalalarini AQSH ixtiyorida qoldirdi. M. — 1991 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3 noyabr — Mustaqillik kuni (1991).
 
== Xoʻjaligi ==