San-Tome va Prinsipi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 12:
 
== Tarixi ==
1470—71 yillarda San Tome o.lariga Portugal dengiz sayyohlari kelib, bu yerlarni [[Portugaliya]] mulki, deb eʼlon qildilar. 1485 yildan odamlar koʻchib kela boshladi. Ular Yevropadan surgun qilingan portugallar va afrikalik qullar edi. 16-a.asr boshlarida qalin oʻrmonlar kesilib, shakarqamishzorlar barpo etishga kirishiddi. Asr oxiriga borib shakar eksport qilishda SanTome Afrikada birinchi oʻringa chiqdi. 1517 yil va undan keyingi yillardagi qullar qoʻzgʻoloni natijasida 16-a.asr oxirida Amador boshchiligida qullar davlati qisqa muddat mavjud boʻldi. 1735 yil Prinsipi o. ham Portugaliya imperiyasiga qoʻshib olindi. 18—19-a.lardaasrlarda San Tome va Prinsipi orollarida qullar kuchi bilan kofe va kakao plantatsiyalari barpo etildi. 1951-yil Portugaliya San Tome va Prinsipini oʻzining dengiz orti viloyati deb eʼlon qildi. 1953 yil mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtardi ("Batep qoʻzgʻoloni"), biroq u shafqatsizlik bilan bostirildi. 1960 yil muhojirlikda San Tome va Prinsipini ozod qilish qoʻmitasi (1972 yildan San Tome va Prinsipini ozod qilish harakati) tuzildi va u mustaqillik uchun kurash boshladi. 1972 yil Portugaliya San Tome va Prinsipiga mahalliy muxtoriyat maqomini berdi. San Tome va Prinsipi 1975-yil [[12-iyul|12-iyuldan]] mustakil respublika, 1975 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 iyul — [[Mustaqillik Kuni|Mustaqillik kuni]] (1975).
 
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi ==
Qator 26:
 
== Adabiyoti ==
Garchi forro deb ataluvchi mahalliy kreol tili mavjud boʻlsa ham, adabiyot portugal tilida 19-a.ningasrning 2-yarmida yuzaga keldi. Sheʼriyatning asoschisi — K. da Koshta Alegri. Uning "Sheʼrlar" kitobida irqiy xurofotlardan norozilik goyalari aks etgan, "Qora dunyo" qadriyatlari madh qilingan. F.J.V. Tenreyru bu mavzularni rivojlantirdi. 20a.20-asr ning 50—60 yillarida adabiyotga kirib kelgan shoirlar A. du Espiritu va A. T. Medeyrush milliy ozodlik harakatida faol ishtirok etdilar. Ular oʻz ijodida xalq ogʻzaki ijodi anʼanalarini zamonaviy badiiy ifoda shakllari bilan qoʻshishga intildilar. Asr oxirlarida yaratilgan hikoya, qissa, roman va pyesalar xalq hayotini aks ettirdi (F. Reyshning "Plantatsiya" romani, "Qogʻozboy toʻra" pyesasi va boshqa asarlar).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==