Kimyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
Qator 29:
30-yillarda fanning rivojiga S. N. Naumov, M. I. Usanovich, A. P. Rostovskiy, S. M. Muqimov, I. S. Kansepolskiylar katta hissa qoʻshdilar. 1933 yil un-tning kimyo fti qoshida Kimyo tadqiqot instituti tashkil qilinadi. In-t lab.larida diketoefirlar kimyosi, gaz reaksiyalari kimyosi, elektr kimyosi, aralashmaydigan suyuqliklar kimyosi, tabiiy va sintetik kolloid sistemalar, alkillash reaksiyalari, kislota-ishqor nazariyasi, soz tuproq asosida keramik materiallar ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi, chigitdan yogʻ olish kabi muhim i.t. ishlarini rivojlantirishda tadqiqotchilar sanoat bilan hamkorlikda ishladilar.
 
30- yil larda un-tning kimyo f-tida S. Yunusov, O. Sodiqov, K. Axmedov, Sh. Tolipov, H. Usmonov, A. Sultonov, H. Rustamov, Y. Toshpoʻlatov, A. Abdu-rasulova, F. Tojiyev, A. Murtazoyev, H. Rahimov kabi isteʼdodli yoshlar yetishib chikdi. 2-Ikkinchi jahon urushi yillarida sharoit ogʻir boʻlishiga qaramay fan rivojiga ahamiyat berildi, tadqiqotlar kamroq boʻlsada davom ettirildi. 40-yillar boshida Ittifoq FA ning Oʻzbekiston filiali tashkil qilinib, uning tarkibiga A. S. Shamsiyev rahbarlik qilayotgan Kimyo in-ti ham kiritildi. S. Muqimov, F. Xoʻjayev va frontdan qaytgan S. Yunusov, K. Ahmedov, Sh. Tolipov, A. Sultonov, H. Rustamov, I. S. Kansepolskiy va boshqa olib borilayotgan i.t. ishlariga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar. Ular Oʻzbekiston FAning i.t. institutlari tarkib topishi va rivojida ham ishtirok etishdi. Urush davrida Chirchiq elektr kimyo k-tining bosh muxandisi lavozimida ishlagan M. Nabiyev kimyo sanoatining rivojiga katta hissa qoʻshdi, keyinroq u mineral oʻgʻitlar kimyosi yoʻnalishining bosh mutaxassisi sifatida koʻp yillar faoliyat koʻrsatdi. Xalq xoʻjaligining eng asosiy tarmogʻi boʻlgan paxtachilik rivojlantirildi, oʻgʻitlar va mikroelementlarning yangi xillari topildi.
 
Umumiy va anorganiq Kimyoda tuzlar kimyosi, gidrolizi va eruvchanligi sohasidagi muammolar hal qilinib, yerga solinadigan oʻgʻitlar hamda ularning kimyosi chuqur oʻrganildi. Ekinga solinadigan mikroelementlar kimyosi M. Azizov tomonidan rivojlantirildi, ularning anchagina kompleks birikmalari sintez qilindi, bulardan dori-darmon tayyorlashda foydalanish ham oʻrganildi. Prof. H. Rahimov nodir va rangli metallarning kompleks birikmalari kimyosi ustida ish olib bordi. Polimetalli xom ashyolar kimyosi rivojlantirildi, ogʻir metallarning geterotsiklik birikmalari, ularning N-oksidlari, kompleksonlari aniqlandi. Suv-tuz sistemasi chuqur tahlil qilindi, ekstraksiya jarayonlari yaxshilandi. Kompleks birikmalar va kompleksonlar kimyosi chuqur oʻrganildi hamda xalq xoʻjaligining turli jabhalaridan keng oʻrin oldi.