Finlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 43:
 
== Adabiyoti ==
Fin yozuvi 1521 yil F.da boshlangan Reformatsiya harakati taʼsirida vujudga keldi. Reformatsiya namoyandasi M. Agrikola 16-asr oʻrtalarida bosma kitoblar nashr eta boshladi va 3 asr davomida aksar diniy kitoblar bosildi. 19-asr adabiyoti fin xalqining shvedlar zulmidan ozod boʻlib, millat sifatida shakllanishi, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish bilan bogʻliq ravishda rivojlandi. 1830 yil Helsinkida "Shanbalik suhbati" adabiyfalsafiy toʻgaragi vujudga keldi. Tugarak aʼzolari bir yil oʻtib "Fin adabiyoti jamiyati"ni tuzdilar (hozir xam mavjud). Folklorshunos E.Lyonrot (1802—84) xalq eposi "Kalevala"ni nashr ettirdi. Shoir Y.L.Runeberg , faylasuf, publitsist va tanqidchi Y.V.Snelman adabiyot rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Yangi fin adabiyotining asoschisi, ilk milliy drama va romanlar muallifi A. Kivi adabiyotda yangi realistik anʼanalarni boshlab berdi. S.Topelius tarixiy romanlar, Yu.Veksell sheʼr va pyesalar, K.R.Kramsu ijtimoiy mavzuda sheʼrlar yezdi. Minna Kant, Yu.Axo, A.Yarnefelt, K.A.Leyno va boshqa yozuvchilar xalq hayoti va, ayniqsa, ayollarning ayanchli taqdirini haqqoniy tasvirlab berdilar. 20-asr boshlarida turli adabiy oqimlar yuzaga keldi. A.E. Leyno, L.Onerva, V.Kilpi yangi realizm yoʻlidan bordi, M.Lassila hajviy qissa va komediyalar yaratdi, I.Kianto, M.Yotuni, Y.Lextonen umidsizlik kafiyatiga berildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin A.Eykiy, M.Larni, V.Linna, P.Rintal, V. Meri romanlarida ijtimoy muammolar asosiy oʻrinda turdi. Hella Vuoliyokining haqqoniy pyesalari fin dramaturgiyasining muhim yutugʻi boʻldi. 1897 yildan F. yozuvchilar uyushmasi mavjud. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati qad. anʼanalarga boy. Neolit davriga mansub qoyatosh rasmlari, tosh pichoq, suyakdan yasalgan asboblar, sopol idishlar saklangan. Milodiy 13—15-asrlardatoshdanasrlarda toshdan saroy va arklar qurilgan (Savonlinna yaqinidagi Olavinlinna qalʼasi, Turkudagi qasrlar va boshqalar). 14—16-asrlarda toshdan, 17—18-asrlarda xalq meʼmorligi uslubida yogʻochdan cherkovlar barpo etilgan (Tornio va Keurudagi cherkovlar). 19-asr oʻrtalarida meʼmorlikda milliy romantizm oqimi hukmron boʻldi (Xelsinkidagi vokzal binosi, meʼmor E.Saarinen), 19 a. oxiri — 20-asr boshlarida "modern" uslubi rayem boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin binolar zamonaviy qurilish konstruksiyalaridan foydalanib tiklana boshladi, ayniqsa, jamoat binolari zoʻr mahorat bilan barpo etildi. A.Aalto, R.Piyetilya, A.Ervi kabi meʼmorlar sodda meʼmoriy shakllar asosida jozibador kompozitsiyalar yaratdilar (Seynyatsalo shahrining maʼmuriy markazi, Xelsinkidagi ishchilar madaniyat uyi, "Finlandiya" saroyi, "Prezident" mehmonxonasi b.).
 
== Rassomlik ==