Mahmud Salohiddinov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k PlanespotterA320 Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov sahifasini Mahmud Salohiddinovga koʻchirdi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Salohiddinov Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov''' (1933.23.11, Namangan sh.) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1974), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), fizikamat, fanlari d-ri (1967), prof. (1969). Urta Osiyo universitetining fizikamatematika ftini tugatgan (1955), shu universitetda aspirant (1955— 58) va matematik analiz kafedrasida oʻqituvchi (1958 — 59), differensial tenglamalar kafedrasi mudiri (1980—86, 1993—96). Oʻzbekiston FA Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1959—67), direktori (1959—85), Oʻzbekiston FA vitseprezidenti (1984—85), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1985 — 88), Oʻzbekiston FA prezidenti (1988—94). Oʻzbekiston FA fizikamatematika fanlari boʻlimi raisi (1994—97). Oʻzbekiston FA Matematika institutida boʻlim mudiri (1974 yildan), UzMU prof. (2000 yildan).
 
Ilmiy ishlari chiziqli boʻlmagan xususiy hosilali differensial tenglamalar tizimi uchun Koshi masalasitl hal qilishga, chegarada buziladigan differensial tenglamalar uchun qoʻyilgan chegaraviy masalalar nazariyasiga, nazariy va ama;iy ahamiyatga ega boʻlgan aralash hamda aralashqoʻshma tipli tenglamalar nazariyasiga oid. S. aralashqoʻshma tipli differensial tenglamalar nazariyasini rivojlantirib, ularning toʻla tadriji va kanonik koʻrinishlarini topgan, har bir xrl uchun bir qancha yangi masalalar qoʻyib tekshirgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).