Sosoniylar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Sosoniylar davlati''' - Yaqin va Oʻrta Sharqsa sosoniylar sulolasi boshqargan davlat (3—7-a.larasrlar). 224 y. Ardashir I Parfiya shohi Artabon V ni magʻlubiyatga uchratib, 226 y. poytaxt Ktesifon shahrini egallab, yangi davlat taxtiga utiradi. Bu davlatning barcha hukmdorlari "shahanshoh" unvoni bilan taxtni boshqarganlar, davlat esa Eronshahr ("oriylar podsholigi" yoki "eroniylar shoxligi") deb atalgan. Eron, uning gʻarb va sharqidan hududlar (Ardashir I va Shopur I davrida) birlashtirilgan. Sosoniylar davlatida shoxlar koxinlarga tayanib ish koʻrishgan, yangi otashkada ("olov saroylari") bunyod etilgan, Ardashir I davrida zardushtiylik davlat di ni deb eʼlon etilgan, zardushtiy ruhoniylar davlatda katta siyosiy, iktisodiy taʼsir kuchigaega bulishgan, boshqa dinlar taʼqib qilingan. 3-a.ningasrning oxiri — 4-a.ningasrning boshlarida Sosoniylar davlati inqirozi boshlangan. Bahrom II Rim bilan boʻlgan jang (282 y.)da magʻlubiyatga uchragan. Sosoniylar davlati sharkdagi bir qancha viloyatlaridan ajragan. Shopur II davrida ular qayta bosib olingan. Mesopotamiyaning ayrim r-nlari, Armaniston podsholigining bir qismi Rim bilan boʻlgan urushlarda Sosoniylar davlati tobeligiga oʻtgan. Shopur II davrida Sosoniylar davlati markazlashtirilgan, majusiylik kuchaygan. Sosoniylar davlati sharqiy va shim. qabilalar birlashmasi (xioniylar, kidariylar va boshqalar)ga qarshi 5-a.asr oʻrtalarigacha muvaffaqiyatli kurash olib borgan, lekin eftaliylar bilan boʻlgan jangda yengilgan, shoh Feruz oʻldirilgan (484). Natijada Marvdan sharqda boʻlgan yerlaridan ajrab, eftaliylarga ogʻir soliq toʻlash majburiyatini olgan. Sosoniylar davlati aholisi rasmiy ravishda 4 tabaqaga: kohinlar, harbiy zodagonlar, amaldorlar hamda dehqon va hunarmandlarga boʻlingan. 3-a.daasrda moniylik, 5-a.daasrda mazdakiylik diniy taʼlimotlari keng tarqalgan. Mazdakiylar harakati tormor etilgach, Sosoniylar davlati shohlari bir necha islohotlar oʻtkazganlar. Qubod I va Xusrav I davridagi soliqlar 5-a.dagiasrdagi soliqlardan ancha yengil boʻlgan. Kohinlar va yirik yer egalari mulki "oddiy jangchilar" foydasiga musodara qilingan. Sosoniylar davlati iqtisodiy tomondan 6-a.asr boshida ancha rivojlangan, tashqi siyosatda ham katta yutuklarga erishgan. Sosoniylar davlati 558—568 yillarda eftaliylarni yengib, Amudaryoning soʻl qirgʻogʻi va Afgʻonistondagi katta hududni oʻziga qoʻshib olgan, Yaman zabt etilgan (570 y.). Sosoniylar davlati hududiga bostirib kirgan turklar tormor etilgan (589 y.). Taxt uchun kurash avj olgan, 20 y. davom etgan urushlar Sosoniylar davlatining iqtisodi va siyosiy qudratiga putur yetkazgan. Eron madaniyati sosoniylar davrida juda yuksalgan. Yazdigard III davrida (632—651) Sosoniylar davlatini arablar bosib olgan.
Sosoniylar davlati
1. Sosoniylar davlatining tashkil topishi. II asr oxiri – III asr boshlariga kelib ichki o`zaro urushlar Parfiya davlatining kuch-sizlanib qolishiga olib keldi. 208-yilda parfiylar davlati ikki qismga bo`linadi. Keyinchalik esa Parfiya yana bir necha mayda davlatlaiga ajralib ketadi. Bundan Eronning janubi-g`arbida joylashgan pors qabilalari foydalanib, Staxr shahrida hokimiyatni egallab oladilar. Bu jang-u jadallar tepasida porslarning soson urug`idan bo`lgan Bobak turardi. Bobak vafotidan so`ng Pors viloyati taxtiga uning o`g`illaridan biri Ardasher I (224–239) o`tiradi. 224-yilda bo`lib o`tgan jangda u Parfiya shohi Artabon V qo`shinlarini yengadi. 226-yilda Ardasher I poytaxtni Staxr shahridan Dajla daryosi bo`yidagi Ktesifonga ko`chiradi. Ktesifonda Ardasher I Sosoniy davlati taxtiga chiqish marosimini o`tkazgach, Sosoniylar davlatining chegaralarini kengaytirishga harakat qiladi. 230-yilda u o`z qo`shinlari bilan Suriya va Kichik Osiyoga bostirib boradi. Bu joylar Rim saltanatiga qaram edi. 232-yili Rim imperatori Aleksandr Sever katta qo`shin bilan Shimoliy Mesopotamiyaga kelib tushadi. Ardasher I qo`shinlari Rim legionlari bilan uzoq vaqt mobaynida qonli urushlar olib boradi.