Issiqlik elektr stansiyalari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 3:
Elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻlamiga qarab, I. e. s. tuman, sanoat korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xoʻjalikda, t. y. transportida foydalaniladigan xillarga boʻlinadi. I. e. s. yaxlit elektr tizilmalarga birlashtirilib yoki alohida ishlatilishi mumkin.
 
I. e. s. 19-a.asr 80-y. larida kurila bosh-lagan. Birinchi I. e. s. Nyu-Yorkda qurilgan (1882). Rossiyada dastlabki I. e. s. ni muhandis M. K. Polivanov Mos-kvada kurgan (1906). Oʻzbekistonda dastlabki I. e. s. 20-a.asr boshlarida kurilgan (q. [[Issiklik energetikasi]]). Oʻzbekistonda 10 ta I. e. s. ishlab turibdi (2002). Respublikadagi eng yirik I. e. s. — Sirdaryo GRES (3000 MVt), Yangi Angren GRES (1800 MVt), Toshkent GRES (1860 MVt), Navoiy GRES (1250 MVt), Angren GRES (484 MVt), Taxiatosh GRES (430 MVt), Talimarjon GRES (loyiha quvvati 3200 MVt) (Nuristan). I. e. s. avtomatlashtirilgan korxona. Qozon agregatlarida yoqilgʻi yonish jarayonlari, qozonni suv bilan taʼminlash, tok kuchlanishi va chastotasini rostlash toʻla avtomatlashtirilgan. I. e. s. agregatlari markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr stansiyalari ham I. e. s. hisoblanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==