6 807
ta tahrir
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi, -a.da → -asrda (4) using AWB) |
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)) |
||
'''Nota yozuvi''', notatsiya — musiqa tovushlarining balandligi, uzunligi va boshqa xususiyatlarini ifodalovchi belgi (nota)lardan iborat yozuv usuli; musiqa asarining yozuv ifodasi. Nota yozuvi qadimdan turli xalqlar musiqa amaliyoti va ilmiy izlanishlarning mah-suli sifatida yuzaga kelgan (Qad. Misr, Bobil, Qad. Xitoy va boshqalar). Nota yozuvining bizgacha yetib kelgan dastlabki namunalari miloddan avvalgi 3-asrda Yunonistonda paydo boʻlib, harflar bilan ifodalanganligi uchun harfli Nota yozuvi deyilgan. Bunday Nota yozuvi ning maʼlum turini Oʻrta Osiyoda Forobiy ishlab chiqqan. Harfli Nota yozuvi tovushlar balandligi va parda tuzil-malarini aniqlashga yordam bergan. Nota yozuvining mukammalashishida koʻp mamlakatlarda yuzaga kelgan turli tabulaturalar muhim rol oʻynagan. Oʻrta Osiyoda Safiuddin al-Urmaviy (13-asr) tomonidan ud cholgʻu asbobi pardalariga moʻljallab yaratgan 2 xil tabulaturalar maʼlum boʻlgan. Ular jadval shak-lida boʻlib, tovushlar balandligi turli harflar bilan, davomiyligi esa ra-qamlar (yoki nuqtalar) yordamida ifodalangan.
== Adabiyot ==
|