Dehqonchilik — versiyalar orasidagi farq

qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
k
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3))
Hoz, davrda jahonda Dehqonchilik qilinadigan va koʻp yillik daraxtzorlar bilan band boʻlgan yerlar 1512 mln. ga ni tashkil qiladi. Jahon Dehqonchilikda bugdoy, sholi, makkajoʻxori, arpa, kartoshka, sabzavotpoliz ekinlari, mevalar, uzum eng koʻp ekiladi.
 
Jahon Dehqonchilikda sugʻoriladigan jami yerlar maydoni 271,4 mln.ga ni tashkil etadi. Sugʻoriladigan maydonlar (mln.ga): Afrikada — 12,5, Shim. Amerikada — 30,4, Osiyoda — 191,2, Yevropada — 24,6, Avstraliyada — 2,4. Jahonda AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Qozogʻiston kabi mamlakatlarda katta maydonlarda Dehqonchilik qilinadi. Haydaladigan va doimiy ekiladigan yer maydoni AQShda 176,9 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 21,4 mln.ga), Xitoyda 124,1 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 52,5 mln.ga), Hindistonda 161,9 mln.ga (su-goriladigan yerlar 59 mln.ga), Rossiyada 127,9 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 4,6 mln.ga), Qozogʻistonda 30 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 2,3 mln.ga). 20-a.asr oxiriga kelib Yevropa mamlakatlarida ham sugʻorma Dehqonchilik rivojlandi. Sugʻoriladigan yerlar maydoni (mln.ga) Fransiyada — 2, Italiyada — 2,7, Ruminiyada — 2,8, Ispaniyada — 3,6, Ukrainada — 2,5 ni tashkil qiladi (1999).
 
Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekiston Dehqonchilikning qadimiy markazlaridan biri hisoblanadi. Ibtidoiy Dehqonchilikdan madaniy Dehqonchilikka oʻtish davrida Oʻrta Osiyoda Osiyo hamda Yevropaning boshqa mintaqalariga Karaganda yerni ishlashda qoʻllanilgan temir qurollar ertaroq paydo boʻlgan. SP. Tolstovning taxminicha, mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida Xorazmda qayir tipidagi sugorishga asoslangan chopiq qilinadigan Dehqonchilik rivoj topgan. Fargʻona vodiysida ibtidoiy jamiyatda yashagan urugʻlar (ayniqsa jez davrida) soy va dare etaklarida liman usulida sugʻorishnn qoʻllab, loyqa bosgan yerlarga tariq, arpa va boshqa donli ekinlar ekishgan. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Oʻrta Osiyoda mil. av. 10-a.daasrda, asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va boshqa oʻstirilgan.
 
20-a.asr boshlariga qadar Oʻrta Osiyoda, xususan hozirgi Oʻzbekiston hududida Dehqonchilikning texnikaviy va agronomik darajasi past edi. Asosan ekstensiv Dehqonchilik tizimi qoʻllanilgan. Barcha qishloq xoʻjaligi ekinlari, jumladan gʻoʻza, makkajoʻxori, oq joʻxori, sholi, boshoqli don, dukkakli don ekinlari faqat qoʻl kuchi bilan yetishtirilar, don ekinlari hosildorligi gektariga 6—7 s dan oshmas edi. Asosiy ulov — ot, hoʻkiz, tuya, qishloq xoʻjaligi qurollari — omoch, ketmon, oʻroq, yogʻoch moladan iborat boʻlgan, mineral oʻgʻitlar umuman qoʻllanilmagan. 20-a.ningasrning 20-y.laridan Oʻzbekistonda Dehqonchilikning ilmiy bazasini yaratish boshlandi, tajriba st-yalari, tajribatayanch xoʻjaliklari, ilmiy tadqiqot va oʻquv institutlari tashkil etildi, Dehqonchilikda turli mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning ki-myoviy vositalaridan foydalanila boshlandi, respublikaning oʻzida oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari qurildi, irrigatsiya-melioratsiya qurilishi rivojlantirildi. Oʻzbekistonda keyingi 90 yil mobaynida asosiy Dehqonchilik qilinadigan sugʻoriladigan yerlar maydoni 2,34 marta koʻpaydi va 2000 y.ga kelib 4238,6 ming ga yetdi (1914 y.da 1809,5 ming ga). Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishda mexanizatsiyani keng joriy qilish natijasida Dehqonchilik madaniyati yuksaldi: ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyasi yaxshilandi, mineral oʻgʻitlardan foydalanishning salmogʻi va ularning turk tarkibi ortdi, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari keng koʻlamda amalga oshirildi, davlat nav va urugʻlik nazorati ishlari yoʻlga qoʻyildi.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin umuman mamlakat qishloq xoʻjaligida, shu jumladan Dehqonchilikda chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Birinchi navbatda Dehqonchilikni olib borishning tashkiliy shakllari oʻzgartirilib kolxozlar va sovxozlar dastlab jamoa xoʻjaliklariga, soʻngra 1995 y.dan boshlab shirkatlar, ijarachilar uyushmalari, xalq korporatsiya va boshqaga aylantirildi, dehqon xoʻjaligi, fermer xoʻjaligi kabi yangi xoʻjalik yuritish shakllari paydo boʻldi, qishloq xoʻjaligi korxonalarida oila pudrati keng yoyildi, aholining tomorqa xoʻjaligini rivojlantirishga eʼtibor berildi.
6 807

ta tahrir