Shri Lanka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 12:
 
== Tarixi ==
Shri Lanka hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. av. 5-asrda Hindistondan hindlar koʻchib oʻtishgan. Mil. av. 3-asrda dastlabki yirik davlat uyushmasi paydo boʻldi. 15-asrda 3 yirik davlat (singallarning Kotte va Kandi, tamillarning Jafna davlatlari) vujudga keldi. 16-asrda Portugaliya orol sohilini bosib oldi. 17-asr oʻrtalarida Niderlandiya portugallarni siqib chiqarib, orolning 1/4 qismini egallab oldi. 18-asr oʻrtalaridan Angliya bilan Niderlandiya oʻrtasida orolni egallash uchun kurash avj oldi. 1795—96 yillarda orolni inglizlar bosib oldi. Orol dastlab Angliyaning OstIndiya kompaniyasiga qarashli Madras prezidentligiga qoʻshib yuborildi. 1802 yildan Buyuk Britaniyaning alohida mustamlakasiga aylandi. Seylon aholisining mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi (1796, 1818, 1848). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida siyosiy tashkilotlar vujudga keldi, milliy ozodlik harakati avj oldi. 1919 yil birinchi yirik siyosiy partiya — Seylon milliy kongressi tuzildi. 2-Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) mamlakatdagi demokratik kuchlar milliy mustaqillik uchun kurashni yanada avj oldirdilar. 1948 yil 4 fevralda Buyuk Britaniya Seylonga dominion maqomi asosida mustaqillik berishga majbur boʻldi. Mamlakatda chet el harbiy bazalari tugatildi, iqtisodiyotda davlat sektori kengaydi, qishloq xoʻjaligida islohotlar oʻtkazildi; tashqi siyosatda betaraflik, harbiy bloklarda qatnashmaslik yoʻli tutildi. 1972 yil 22 mayda Seylon Shri Lanka Respublikasi deb eʼlon qilindi. 1978 yil 7 sentyabrdan Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi deb atala boshladi. 1977 yildan iqtisodiyotda xususiy sektorni mustahkamlash va unga xorijiy sarmoyani jalb etish siyosati amalga oshirilmoqda. 1980-yillardan etnik ziddiyatlar keskinlashgan. Shri Lanka — 1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 4 fevral — Mustaqillik kuni (1948). OʻzR suverenitetini 1992 yil 12 fevralda tan olgan va 1999 yil 13 oktyabrda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.
 
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==