Karromiylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 32 × [[]]; [Turkum:Islom tarixi]]; -{no iwiki}}, +{{OʻzME}}
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Karromiylar''' — [[ilohiyot]] oqimi. [[IX asr|9]]— [[XIII asr|13-a.asr]]larda [[Bagʻdod xalifaligi]]ning markaziy va sharqiy [[viloyat]]larida tarqalgan. Asoschisi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Karrom (806—869). [[Seyiston]]da [[tugʻilish|tugʻilgan]], [[Nishopur]], [[Balx]], [[Marv]], [[Hirot]] kabi [[shahar]]larda [[taʼlim]] olgan. 5 y. [[Makka]]da istiqomat qilgan. Ibn Karrom oʻz [[yurt]]iga qaytayotib, [[Quddus]]da [[xonaqoh]] barpo qilgan. Seyiston va [[Xuroson]]da oʻz taʼlimotini targʻib qilgani uchun [[zindon]]ga tashlanadi. Quddusda vafot etadi.
 
K. fikricha, [[xudo]] — butun borliqning birlamchi [[asos]]i, u muayyan jismga ega. Xudo — barcha [[narsa]]larning yaratuvchisi, ammo inson oʻz [[faoliyat]]ining natijalariga taʼsir koʻrsata oladi. [[Mutaziliylar|Muʼtaziliylar]] kabi K. ham inson onggi mustaqil ravishda, yaʼni [[vahiy]] yordamisiz [[yaxshilik va yomonlik]]ni farq qilishga qodir, deb uqtirdi. Shuningdek, [[murjiʼiylar]] singari K. biror insonni musulmon deb tan olish uchun u Allohni til bilan eʼtirof etsa kifoya, amal bilan tasdiqlashi shart emas, deb hisoblaydi. Yaʼni "la iloha illallohu Muhammadu rasululloh" kalimasini aytgan har bir inson — musulmondir. Ibn Karromning "Kitob assirr" va "Azob al-qabr" nomli (bizgacha yetib kelmagan) [[asar]]lari va "xudo jismga ega" degan [[tushuncha]]si islom [[ulamo]]larining keskin [[tanqid]]i va taʼqibiga uchradi. [[Moʻgʻullar istilosi]]dan soʻng K. barham topdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>