Davlat mulki: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 3:
Jahon tajribasida D.m. asosan ikki yoʻl bilan paydo boʻladi: davlat byudjet vositalari hisobiga mol-mulk obʼyektlari yoki davlat korxonalarini barpo etadi; davlat xususiy mulkchilik egaligida boʻlgan mol-mulkni qisman yoki toʻlaligicha milliylashtirish (natsionalizatsiya)ni amalga oshiradi. Davlat korxonalari mulki shu tartibda davlat byudjeti vositalari hisobidan butun iqtisodiyotning faoliyat kursatishi uchun zarur bulgan serharajat infratuzilma korxonalari (kommunal xoʻjaligi, energetika, transport, aloqa)ni barpo etish, ilmiy-texnika progressi bilan bogʻliq ayrim kapitaltalab tarmoqlar (elektronika, aviatsiya)ni rivojlantirish, zarar kurib ishlayotgan korxonalarni (mas, kumir sanoati korxonalari)ni milliylashtirish va b. yuli bilan shakllanadi.
 
Oʻzbekistonda Oktyabr tuntarishidan boshlab 20-a.ningasrning 90-y.lar boshigacha — Respublika mustaqillikka erishgunga qadar shaxsiy va kooperativ mulkdan tashqari barcha mol-mulk D.m. hisoblanar edi. Mustaqillikdan soʻng mulkchilikning hamma shakllari — D.m., aralash mulk, qoʻshma korxonalar mulki, jamoa mulki, aksiyadorlik mulki va b.ning daxlsizligi va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratish qonun yoʻli bilan mustahkamlandi. Shunga koʻra mulkchilik munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shuningdek, 1990 y. 31 okt.da kuchga kirgan "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida"gi qonun hamda bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasida D.m. tarkibi, turlari qatʼiy belgilab qoʻyildi. Iqtisodiy islohotlarning yetakchi boʻgʻini tarzida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish yoʻnalishi tanlandi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi D.m. respublika mulki va maʼmuriy-xududiy tuzilmalar mulkidan tashkil topadi. Respublika mulkiga (yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, mamlakat hududi doirasidagi xavo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, respublika hokimiyat va idora organlari mol-mulki, respublika xalqlarining madaniy va tarixiy boyliklari, respublika byudjeti mablagʻlari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va b. davlat fondlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi mulki, davlatning byudjet yoki boshqa mablagʻlari evaziga yaratilgan yoki sotib olingan korxonalar, tashkilotlar, oʻquv, ilmiy, i.t. muassasalari, shuningdek, intellektual faoliyat natijalari va b. kiradi. Maʼmuriy- hududiy tuzilmalar mulki (kommunal mulk) mahalliy davlat hokimiyati idoralari mulki, kommunal uy-joy fondi va kommunal xoʻjaligi korxonalari, mahalliy byudjet mablagʻlari, madaniyat, sogʻliqni saklash, xalq taʼlimi muassasalari va b.dan iborat. Oʻzbekistonda D.m.ga boʻlgan mulkchilik huquqini xalq nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan markaziy davlat idoralari (vazirliklar) hamda mahalliy hokimiyat idoralari amalga oshiradilar. Abdulla Abduqodirov.