Forobiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 61:
Farobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq toʻgʻrisida yaratgan yaxlit taʼlimoti ilk oʻrta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. Oʻrta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn alKiftiy, Ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqa Forobiyning taʼlimotini chuqur oʻrganib, uni yangi gʻoyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Dovoniy F.ning ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy taʼlimotidan bahramand boʻlganlar.
 
Farobiy ilgari surgan fikrlar 16—20a.16—20-asr larda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiyfalsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli taʼsir koʻrsatdi.
 
Farobiyning ilmiy merosini oʻrganish 20-asrning 1yarmida boshlangan. Yevropa olimlari Karra de Vo, R. Xorten, M. Alonsa, D. M. Donlap, A. Shtekl, T. U. Buur, B. M. Shtrenshneyder, G. Ley, R. Xammond, R. de Erlanjer, I. Goldsiyer, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar va boshqa Forobiyning ilmiy merosini oʻrganishga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Rus olimlari A. Krimskiy, M. M. Filippov, T. I. Raynov, V. V. Bartold, Ye. E. Bertels, S. N. Grigoryan, O. V. Traxtenberg , A. V. Sagadeyev, A. M. Johid va boshqa Forobiy asarlarini tadqiq etish borasida koʻp ish qildilar. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari olimlari Dexxudo Husayniy, alFaxuri, Usmon Amin, M. Maxdi, Sayd Nafisiy, I. Madkur, Rajabi Tabriziy, Mexrdod, A, Atesh, Oydin, Umar Farrux, Saidhusayn Nosir, Mahmud Abbos, Turker va boshqa Forobiyning hayoti va ijodi bilan qiziqdilar. Qozoq olimlari A. Moshanov, A. X. Qosimjonov, A. Kubasov, S. K. Satibekova va boshqa Forobiyning asarlarini rus tilida chop etib, ijtimoiyfalsafiy, mantiqiy va axloqiy qarashlarini tahlil qildilar. F.ning boy ilmiy merosini oʻrganishda, ayniqsa, oʻzbek olimlarining hissasi katta boʻldi. A. Saadiy, T. N. QoriNiyoziy, I. M. Moʻminov, V. Y. Zohidov, M. K. Oripov, R. Nosirov, H. Aliqulov, O. Fayzullayev, A. Kaziberdov, A. Irisov va boshqa allomaning hayoti, ijodi va falsafiy qarashlari haqida i.t. olib bordilar. M. M. Xayrullayev sobiq Shoʻrolar davrida birinchi bulib I. M. Moʻminov rahbarligida 1966 yil Forobiyning falsafiy merosi hamda dunyoqarashiga bagʻishlangan drlik dissertatsiyasini himoya qildi va Oʻzbekistonda forobiyshunoslikka asos soldi.