Kasablanka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Kasablanka''' (ispancha Casablanca; arab — Dor ul-Bayzo) — Marokash gʻarbidagi shahar, Atlantika okeani sohilida. Kasablanka prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,94 mln. kishi (1990-y.lar oʻrtalari). K. — Afrikadagi eng katta shahar va portlardan biri (yillik yuk ortib-tushirish 17 mln. t). Shosse yoʻllarning yirik tuguni, t. y. stansiyasi. Xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. K. — Marokashning muhim iqtisodiy markazi. Metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo, sement, poligrafiya va b. sanoat korxonalari bor. K. porti orkali chetga mineral xom ashyo (asosan, fosforit), marganets, sitrus mevalar va b. chiqariladi.
 
K. da koʻplab milliy va chet el moliya va savdo kompaniyalari vakolatxonalari joylashgan. Shaharning bunyod etilgan anik, vaqti maʼlum emas. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, K. oʻrnida qadimda (7-a.danasrdan) Anfa sh. boʻlgan, 1468 y.da uni portugallar bosib olib, buzib tashlagan. 18a.18-asr 2-yarmida shahar qayta tiklanib, unga Dor ul-Bayzo — Oq Uy deb nom berilgan. 1907—56 y.larda Fransiya mustamlakasi tarkibida boʻlgan. Har yili xalqaro yarmarka oʻtkazilib turiladi. Qad. shahar atrofida yangi zamonaviy K. yarim aylana shaklida qad koʻtargan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==