Toponimika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar, va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa (2) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 10:
Turli xil geografik obʼyektlarni atovchi nomlarning kategoriyalariga muvofiq ravishda T.ning quyidagi boʻlimlari ajratiladi: gidronimika — suv havzalari: daryo, kanal, soy, ariq, buloq, koʻl kabilarning nomlarini oʻrganuvchi soha; oykonimika — aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq, mahalla, guzar, koʻcha, ovul, qoʻrgʻon nomlarini oʻrganuvchi soha; oronimika — yer yuzasining relyef shakllari: tof, choʻqqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini tekshiradigan soha; urbanonimika — shahar ichidagi har qanday obʼyektlar nomlarini oʻrganuvchi soha; kosmonimika — Yerdan tashqaridagi obʼyektlar (osmon jismlari) nomlarini oʻrganuvchi soha va boshqa
 
Soʻnggi 40—45 y. ichida T.ning nazariy va amaliy asoslari ishlab chikdldi, T. sohasida bir qancha tadqiqotlar maydonga keldi. Bunda rus olimlaridan V. A. Nikonov, A. V. Superanskaya, A. P. Dulzon, E. M. Murzayev, V. N. Toporov, O. N. Trubachev, oʻzbek nomshunoslaridan H. Hasanov, E. Begmatov, T. Nafasov, S. Qorayev, 3. Doʻsimov va boshqalarning xizmatlari katta boʻldi. Oʻzbekiston toponimiyasi 20-a.ningasrning 60-yillaridan ilmiy asosda oʻrganila boshlandi: Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Samarkand, Margilon, Qoʻqon, Buxoro, Boysun, Mirzachoʻl, Shahrisabz, Nurota hududlaridagi joy nomlari tadqiq etildi, T.ga oid bir necha lugʻatlar, risola va monografiyalar nashr etildi. H. Hasanovning "Yer tili" (1977), S. Qorayevning "Geografik nomlar maʼnosi" (1978), 3. Doʻsimovning "Xorazm toponimlari" (1985), T. Nafasovning "Oʻzbekiston toponimlarining izohli lugʻati" (1988), N. Oxunovning "Joy nomlari taʼbiri" (1994) va boshqa shular jumlasidandir.
 
Ad..Nikonov V. A., Vvedeniye v toponimiku, M., 1965; Murzayev E. M., Ocherki toponimiki, M., 1974.