Oriyentalizm: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil.av. → miloddan avvalgi, -a.lar → -asrlar (9), mil. 1 → milodiy 1 using AWB |
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3) |
||
Qator 1:
'''Oriyentalizm''' (lot. opepk -sharq) —Yevropa sanʼatida shakl topgan badiiy usul, ijodiy tamoyil; Sharq xalqlari madaniyatiga xos mavzu va obrazlarga murojaat etishi, shuningdek. Sharq sanʼati ifodaviy vositalari, badiiy shakllarining qoʻllanishi bilan belgilanadi. kelib chiqishi Yunoniston (miloddan avvalgi 8— 7-asrlar), qad. Rim (milodiy 1-asr, "misrlashgan 3-uslub", Pompeyadagi "Or-fey uyi" va boshqalar) sanʼati bilan bogʻliq. Oʻrta asr davrida O.ning jihatlari Kurtuba xalifaligi (mas, 8-10-.larda qurilgan va ‘keyinchalik cherkovga aylantirilgan Kordova katta mas-jidi), Granada (13-14-asrlarda bunyod etilgan al-humro saroyi va boshqalar) meʼmorligida taqasimon ravoqlar, oʻziga xos dekorativ va jimjimador panjaralar orqali namoyon boʻlgan. Keyinchalik ham Ispaniyaning jan.da sharqona uslub "Mudexar" nomi bilan davom etdi (15-asrga mansub Saragossa viloyati Utevodagi cherkov qoʻngʻiroqxonasi — "Koʻzgular minorasi" va b). Fransiya meʼmorligida O. Napoleon davri (ampir uslubi)da ham namoyon boʻlgan. Bezaklar qatorida sfinks tas-virlari va mayda naqshlar ("arabeska") qoʻllangan. Bular Luvr, Fonteb-lo, Malmezon saroylarini ‘qayta qurishgan Persʼye (Persʼye) va Fon-ten ijodlarida yaqqol seziladi. Rossiya meʼmorligidagi O.ga 18-asr oxi-rida Chor selosi (Sarskoye selo) ning Xitoy qishlogʻida bunyod etilgan imo-ratlar misol boʻla oladi. Tasviriy sanʼatda K.Matiss yapon miniatyurasi ("Baliqlar", "Yapon vazasi boʻlgan natyurmort" va boshqalar), P.Gogen Okeaniya xalqlari amaliy bezak sanʼati ("Ki-rol xotini", "Taiti pastorallari" va boshqalar), P.Pikasso negrlar niqoblari ("Yelpigʻichli ayol", "3 musiqachi") dan ilhomlanib asarlar yaratishgan.
Oʻzbekistonda O. 19-asr 2-yarmi —
Musiqada O.ning misollari G.Pyorsell (Angliya), F.Ramo (Fransiya) kabi kompozitorlarning umumsharqona asarlari, Vena klassik maktabi namoyandalariga xos "turkcha" namunalarida yuzaga kelgan. Tom maʼnodagi badiiy yetuk namunalarini 19-asrdan boshlab Fransiya (F.David, J.Bi-ze, K. Sen-Sans va boshqalar), Rossiya ("Kud-ratli toʻda" vakillari), 20-asrda Polsha (K.Shimanovskiy), Avstriya (T.Maler, KShyonberg), Fransiya (M.Ravel, O.Mes-sian) kompozitorlari yaratishgan. Baʼ-zan ayrim kompozitor (N.Rimskiykor-sakov, SRaxmaninov va boshqalar)larning bu boradagi izlanishlari toʻlaqonli shar-qona asarlar yaratishga olib kelgan. Bu esa Sharq (xususan, Oʻzbekiston)da kom-pozitorlik maktabi shakllanishga ijo-diy ibrat vazifasini oʻtagan.
|