Aholi roʻyxatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: A.r. → {{subst:FULLPAGENAME}} (4) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 5:
Aholi roʻyxati aholi soni va tarkibi haqidagi maʼlumotlarni maʼlum bir sanaga moʻljallab berishi lozim. Shartni bajarish uchun roʻyxat oʻtkazish boʻyicha sana va hatto vaqti aniq koʻrsatilishi kerak. Mazkur vaqt roʻyxatning kritik lahzasi deyiladi. Qadimdan aholini hisobga olishning xilma-xil usullari mavjud boʻlgan. [[Yunoniston]], [[Bobil]] ([[Mesopotamiya]]), [[Misr]], [[Rim]], [[Xitoy]] va [[Yaponiya]]da aholi hisobga olinganligi tarixiy manbalardan maʼlum. Ular asosan fiskal (soliq olish) va harbiy maqsadlarni koʻzlagan holda oʻtkazilib, odatda faqat erkaklarni, yaʼni harbiy harakatlarda ishtirok etish hamda soliq toʻlash imkoniyati bor shaxslarni qamrab olgan. [[Qadimgi Rim]]da oʻtkazilgan hamda podsho Serviy Tulliy (miloddan avvalgi 6-asr) nomi bilan bogʻliq boʻlgan fuqarolar hisobi (senzi) maʼlum. Mil. av. 510 yildan 30 yilgacha boʻlgan davrda senzlar har 5 yilda oʻtkazilib turgan. Jami A. soni va tarkibi haqidagi roʻyxat birinchi marta [[1790-yil]]da [[AQSh]] da oʻtkazilgan. [[1801-yil]]da Buyuk Britaniya, [[Fransiya]], [[Daniy]]a va [[Norvegiya]]da oʻtkazilgan.
 
19-asrning oʻrtalariga kelib Yevropa mamlakatlarida maxsus statistik tashkilotlar barpo qilinganligi Aholi roʻyxatlari ni sifatli oʻtkazishning muhim omili boʻldi. Dunyo mamlakatlarida 1870 —79 yillarda 48 ta, 1880 — 89 yillarda 54 ta, 1890—99 yillarda 57 ta, 20-asrning dastlabki oʻn yilligida 74 ta Ar. oʻtkazildi. Ar. 20- a.ning boshida yer yuzi jami aholisining 64 % ni qamrab oldi. 2-Ikkinchi jahon urushidan keyin Aholi roʻyxatlari oʻtkazish yana ham keng tusc oldi. Aholi roʻyxatlari 1945—54 yillarda 168 mamlakatda, 1969 —74 yillarda 179 mamlakatda oʻtkazildi. Hozirgi vaqtda aholi roʻyxatlari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida oʻtkazilmoqsa.
 
Iqtisodiy jihatdan qoloq hamda Aholi roʻyxatlari ni oʻtkazish imkoniyatlariga ega boʻlmagan mamlakatlar istisno hisoblanadi. Sobiq Ittifoqsa 1920, 1923, 1926, 1937, 1939, 1959, 1970, 1979 va [[1989-yil]]larda aholi roʻyxatlari oʻtkazilgan<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil</ref>.