Kattaqoʻrgʻon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 25:
'''Kattaqoʻrgʻon''' — Samarqand viloyatidagi shahar. Zarafshon vodiysida, Narpay kanalining chap sohilida, 485 m balandlikda. Kattaqoʻrgʻon tumani hududida, temir yoʻl stansiyasi. Samarqand sh.dan 88 km shim.-gʻarbda. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —2°, iyulniki 27,2°. Yillik yogʻin 282 mm. Aholisi 76,3 ming kishi (2002).
 
Koʻpgina arxeologik qazilmalar qad. K.ning boy madaniyatidan darak beradi. 1908 y.da oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar vaktida ossuariy (sopol tobut)lar topiladi. Ossuariylarda odam suyaklari va dafn marosimlaridagi diniy urf odatlarni tasvirlovchi rasmlar saqlanib kolgan. 1958 y.da K.dan 7 km gʻarbdagi kondan yogʻoch sandiq qoldiqlari chiqdi. Sandiqning mis bezaklarida qad. shahar madaniyatini aks ettiruvchi rasmlarni koʻrish mumkin. Jezdan ishlangan qorachiroq va ayollar taqinchoqlari topilgan. Makedoniyalik Iskandar Samarqandni vayron qilgandan keyin, K. ancha muddat Sugʻdning siyosiy markazi boʻlib turgan. K.dan bir oz gʻarbrokda qad. madaniyat oʻchogʻi boʻlgan Rabinjon sh. qoldiqlari aniqlandi. 12-a.daasrda uni Xorazmshoh El Arslon egallagan. Hozirgi K. (eski shahar qismi) 17-a.asr ning soʻnggi choragida barpo etilgan. 18-a.daasrda K. ancha katta shahar boʻlgan (170 ga joyni egallab, 25 guzarga boʻlingan). Shahar paxsa devor bilan oʻralib, 4 darvozasi boʻlgan. Masjidlar va diniy maktablar faoliyat koʻrsatgan. Aholi gʻisht pishirish, kunjut va paxta yogʻlari i.ch., paxta tozalash, zargarlik, kosibchilik va b. hunarlar bilan shugʻullangan. K. adabiy muhitiga mansub shoirlardan Shavqiy, Nodim, Xiromiy. Eshonxoja Vola, Miriy, Vidodiy, Dust va b. ijod qilgan. Q.ni rus bosqinchilari egallagunga kaDaR (1868) shahar Buxoro amirligi tasarrufida boʻlgan. 19-a.asr oxirida Krasnovodsk (hoz. Turkmanistondagi Turkmanboshi sh.)— Samarqand temir yoʻl qurilishi bilan shahar sanoati rivojlana boshladi. 1890 y. bugʻ dvigateli bilan ishlaydigan paxta tozalash va 1896 y. pressli yogʻ zavodlari ishga tushdi.
 
K.da yogʻ-moy, goʻsht, sut-moy, non, un k-tlari, paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqaradigan "Paxtamash" zavodi, gʻisht, paxta tozalash zavodlari, meva konservalash, qandolatchilik, mahalliy sanoat korxonalari, ohak, mebel, badiiy kulolchilik sexlari, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi.