Gilamchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Gilamchilik''' —gilam toʻqish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasi. Qadimdan chorvachilik bilan shugʻullanadigan koʻchmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. Oʻsimlik (paxta, zigʻir, jut) tolasi, jun (qoʻy, echki, tuya juni) dangina tayyorlangan. Gilam toʻqish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozalanadi, temir taroqlarda taraladi, taralgan junlardan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy boʻyoqlar bilan boʻyaladi. Shuning uchun gilam ranglari oʻzgarmaydi va oʻzining sifatini yoʻqotmaydi. Hozirda sunʼiy tolalardan ham toʻqilmoqda. G. yer bagʻirlab yotiq (gorizontal) va tik (vertikal) oʻrnatilgan dastgohlarda toʻqiladi. G. rivojlangan joylarda toʻquv dastgoqlari ancha mukammallashtirilgan va bir necha toʻquvchi yonma-yon oʻtirib birdaniga toʻqiyveradigan keng oʻq (gʻaltak)li xillari yaratilgan. Gilamdoʻz usta naqsh mujassamotini yodaki yoki nusxa asosida toʻqiydi. Toʻqilish usuliga koʻra patli va patsiz gilam turlari farqlanadi.
 
Qoʻlda gilam toʻqish Oʻrta Osiyoda, ayniqsa Turkmanistonda keng rivojlangan. Qoʻlda gilam toʻqish nihoyatda sermashaqqat ish, toʻquvchidan qunt, did va mahorat talab qiladi. Patli gilamlarni toʻqish ayniqsa murakkab. Qoʻlda toʻqilgan gilam pati, naqsh mujassamoti asos ipiga rangli iplardan tugib bandlar hosil qilib yaratiladi, tugun uchi matoning yuza tomoniga chiqarib tekis qirqiladi, har bir qatordan soʻng arqoq ipi oʻtkazib maxsus temir taroqqa urib avvalgisiga mahkamlanadi. Tayyor gilam maxsus kimyoviy moddalar yordamida yuviladi. Gilamlar turli hajmlarda tayyorlanadi. 20-a.asr 30-y.laridan keyingina pat bogʻlaydigan maxsus dastgohi korxonalar paydo boʻldi (jumladan Andijondagi "Mehnat guli" arteli). Sharq G.da ishlab chiqarilgan joyi, naqsh mujassamoti, sifati (qalinligi, patining uzunqisqaligi), rang yechimi bilan bir-biridan farqlanadigan eron, turk, turkman va ozarbayjon gilamlari qadimdan mashhur.
 
G.ning paydo boʻlgan vaqtini aniq aytish qiyin, chunki jun chidamsiz boʻlib, qad. gilamlar saqlanmagan. Eng qad. gilam mil. av. 6—5-a.largaasrlarga oid boʻlib, Togʻli Oltoydan topilgan, abadiy muzloqda boʻlgani uchun yaxshi saqlangan. Olimlarning taxminiga koʻra, u Axomaniylar davri forslari yoki Oʻrta Osiyo qabilalari orasida tayyorlangan (hajmi 1,8x2 m; naqsh mujassamoti: handasiy shakllar nilufar gullar bilan bezatilgan, keng hoshiyalarida otliq chavandozlar, xoldor bugʻular, grifonlar tasviri bor).
 
Qad. va ilk oʻrta asrlar G.ga oid maʼlumotlar yozma manbalarda saklangan. Saljuqiylar davrida gilamlar ("koʻnya", topilgan joy nomidan) koʻplab tayyorlangan va Misr, Hindiston, Xitoyga chiqarilgan.
Qator 11:
16-asrdan saroy (eron) gilamlari yaxshi saqlangan. Bu gilamlar ("Turunj", "Shoh Abbos", "Bogʻ", "Ov" va b.) amaliy sanʼatning nodir namunalaridir. Ular miniatyura ustalari — musavvirlarning chizgilari asosida toʻqilgan. G. Turkiya, Boburiylar davrida Hindistonda ("Moʻgʻul", "Agra" va b. gilamlar), Misr, Suriya, Kavkaz ortida taraqqiy etdi.
 
18—19-a.lardaasrlarda G. Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda saroylarda emas, balki xalq orasida keng tarqaldi. Asosiy markazlari Kazax, Ganja, Shirvon, Boku, Naxichevan boʻlgan Zakavkazye gilamlari rang-barang mujassamoti, ijro usuli va badiiy jihati b-n, Turkmaniston gilamlari ("Salor", "Sariq", "Taka yovmut", "Bashir" va b.) qizil rangining teranligi, handasiy gullari va oʻta pishiqligi bilan ajralib turadi.
 
Gʻarbiy Yevropa G.da 16-a.danasrdan flamand, fransuz, nemis shpalerlari alohida oʻrin tutgan. 17—18-a.lardanasrlardan patli gilamlar (1624 y.da Parijda asos solingan Savoneri manufakturasida) ishlab chiqarila boshlangan, keyinroq Angliya va Ispaniyada ham patli gilamlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 19-a.danasrdan gilamlar f-kalarda ishlab chiqarila boshlagach, uning sifati keskin pasayib ketdi. 20-a.asr oʻrtalaridan badiiy hunarmandlikda G.ni qayta tiklashga urinishlar samarali boʻldi. Polsha, Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviya patli gilamlari bilan bir katorda patsiz gilamlar ham tayyorlana boshladi.
 
G. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistan hududida juda qadimdan rivojlangan (Xorazmdagi arxeologik qazishlar paytida mil. av. 1-ming yillikka mansub gilam namunasi topilgan). G. bilan asosan ayollar shugʻullangan, naqsh (gul)lar (islimiy, girih, hayvon shakllari, turli narsalar tasviri, urugʻ tamgʻasi va b.)ni esa xotirada saqlashgan. Bezaklarida yoʻlbars va tuya izlari, olma guli, uzum zangi, tuya boʻyni, qalqon, oʻsimliklar ifodalangan, ayniqsa xayvon shoxi tasviri keng tarqalgan. Mujassamotining berkligi, markaziy maydonning naqshli hoshiya bilan oʻralganligi (yoʻl-yoʻl naqshlar bundan mustasno) Oʻrta Osiyo gilamlari uchun xos boʻlgan, naqshining aniqligi, goʻzal boʻlishi va ranglarining uygʻunligi ularning badiiy qimmatini oshirgan. Asosiy rang kizil rang va uning 2-3 tuyey boʻlib, koʻk, qora, oq, sariq ranglar ikkinchi darajali boʻlgan. Ranglarning mohirona ishlatilishi bilan ifodali tasvir hosil qilingan. Bir naqsh qismlarini turli koʻrinishlarda boʻyalishi bilan rang-baranglikka va jozibadorlikka erishilgan.
Qator 19:
Andijon, Samarqand gilamlari, qoraqalpoqlar toʻqigan oʻtov jihozlari badiiy jihatdan mohirona ishlangan. Andijon gilamlarining pati qisqa, qalin va mayin boʻlgan. Samarqandning rangdor uzun patli julxirs ("ayiq teri") gilami oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.
 
20-a.gaasrga kelib G. oʻziga xos tarzda taraqqiy etdi, G. markazlarida gilam toʻqish rivojlandi, artellar tuzilib, ularga xalq ustalari jalb qilindi (mas, Andijon viloyati Oyim qishlogʻidagi gilam toʻqish arteli), ularda bir xil naqshli, yuqori sifatli gilamlar, shuningdek, mayda roʻzgʻor buyumlari toʻqildi. 30-y.larning 2-yarmidan mavzuli va tasvirli gilam namunalarini yaratishga urinishlar boʻldi. G. markazlarida Kavkaz gilamlari, anʼanaviy turkman gilamlari xilidagi birmuncha soddalashtirilgan gilamlar ishlab chiqarildi, faqat Samarkand gilami (julxirs) oʻzining anʼanaviy uslubini, rangdorligini saqlab qoldi. 40—50-y.larda G. markazlari (Samarkand, Kitob, 1946; Xiva, Andijon, Termiz, 1947; Shahrisabz, 1949; Xoʻjayli, 1954) tashkil etildi, mahalliy ustalar shogirdlar tayyorladi, qad. anʼanaviy naqshlar tiklandi. Rassom va hunarmand ustalar hamkorligi natijasida muvaffaqiyatlarga erishildi. Amaliy va mahobatli sanʼat anʼanalaridan unumli foydalanilib, dastlabki yangi nusxa Xorazm gilami va unga xos boʻlgan feruza rang zamin yaratildi.
 
60-y.larning oxirida mayda artellar birlashtirilib yangi G. korxonalari tashkil etildi, mohir ustalar shu korxonalarda mehnat kila boshladi. Olmaliq, Samarqand, Xiva, Forish, Shofirkon va b. joylardagi f-kalarda anʼanaviy naqsh mujassamoti va badiiy jihatdan ijodiy boyitilgan nafis gilamlar tayyorlanmoqda.