Suverenitet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 1:
'''Suverenitet''' (frans. souverainete — oliy hokimiyat)— hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi. S.ni hurmatlash — xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsipi. U BMT Ustavi va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlab koʻyilgan. Konstitutsiyaviy huquq fanida davlat Si, millat Si, xalq Si tushunchalari ishlatiladi. Davlat Si — hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda toʻla mustakilligi. Davlat Si haqidagi goya Jan Boden (16-a.asr, Fransiya)ga tegishlidir. Uning fikricha, S. davlatning eng muxim belgisi hisoblanadi, bunda abadiy, mutlaq, boʻlinmas oliy hokimiyat nazarda tutiladi. Davlat Si tushunchasi keyingi davrlarda yanada rivojlantirildi va boyitiddi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat Si alohida bobda oʻz ifodasini topgan, Konstitutsiyaning 1moddasida "Oʻzbekiston suveren demokratik respublika" ekanligi qayd qilingan. Millat Si — millatning toʻla hokimiyatini, uning toʻla siyosiy erkinligini, oʻz milliy hayotini belgilash real imkoniyatiga egaligini, mustaqil davlatni tashkil qila olishgacha boʻlgan huquqqa egaligini bildiradi. Xalq Si — xalqning toʻla hokimiyatini anglatadi, yaʼni xalq jamiyat va davlatni boshqarishda real ishtirok etish uchun ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy vositalarga ega boʻladi. Xalq Si. — barcha demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy tuzum prinsiplaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida kursatilishicha, "Xalq davlat hokimiyatining birdanbir manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʻzlab va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi" (7modda).
 
{{no iwiki}}