Kaspiy dengizi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 43:
Dengiz qirgʻogʻi ancha tekis, egribugri joylar kam. Yirik qoʻltiqlari: Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Qozoq, Mangʻishloq va b. K.d.da umumiy maydoni qariyb 350 km{{sup|2}} boʻlgan 50 ga yaqin orol bor (eng yiriklari Tyuleniy, Chechen, Artyom, Jiloy, Bulla, Ogurchinskiy va Kulali). Relyef tuzilishi jihatidan K.d. 3 qismga — shim., oʻrta va jan. qismlarga boʻlinadi. Shim. qismi jan.da Chechen oroli — Mangʻishloq yarim orol chizigʻi bilan chegaralangan boʻlib, chuq. 10 m ga qadar, eng sayoz (4–6 m) qismidir. Oʻrta qismi ancha chuqur, oʻrtacha chuq. 200 m, eng chuqur joyi esa 790 m. Bu qismi jan. qismidan Turkmanboshi sh. tomon dengizni kesib oʻtgan suv osti togʻ tizmasi orqali ajralib turadi. Jan. kismi eng chuqur (oʻrtacha chuq. 325 m). K.d.ning eng chuqur joyi (1025 m) ham shu qismda. Maydoni jixatidan uchala qismi deyarli bir-biriga teng, lekin suv hajmi jihatidan ular har xil: shim. qismiga umumiy suv xajmining 1/100 qismidan kamroq, oʻrta qismiga 1/3, jan. qismiga esa 2/3 ga yaqin boʻlagi toʻgʻri keladi.
 
Kaspiy dengiziga [[Volga]], [[Ural]], [[Kura]], [[Terek]], [[Emba]], [[Samur]], [[Sulak]], [[Eron]]dan oqib keladigan [[Safedrud]] kabi yirik daryolar va koʻpgina kichik daryo va soylar quyiladi. Shim., shim-gʻarbiy va sharqiy sohillarning yozi juda issiq va quruq, qishi esa sovuq. Jan.-gʻarbiy va jan. sohillarida iqlim yumshoq va nam. K.d.ning har 1 l suvida oʻrtacha 12,7 g tuz bor. Suv t-rasi yozda hamma joyida bir xil (24—26°), qishda esa shim. qismida 0° va undan pastroq, oʻrta va jan. qismlarida 2° dan 13° gacha. Shim. qismi qishda 2—3 oy muzlab yotadi (muzning qalinligi 2 m ga yetadi), oʻrta va jan. qismi esa muzlamaydi. K.d.da, asosan, Volga daryosi quyayotgan suv massasi bilan doimo esadigan shamol taʼsiri natijasida kelib chiqadigan va dengizning qirgʻogʻi yoqalab soat strelkasi yoʻnalishiga teskari harakat qiladigan doimiy aylanma oqim mavjud. Koʻpincha, kuchli toʻlqinlar (10–11 m) boʻladi. K.d.ning suv sathi yillar va asrlar davomida oʻzgarib turadi. Oʻtmish maʼlumotlarining koʻrsatishicha, bundan 4—6 ming yil ilgari, mil. boshlarida va 18-a.asr oʻrtalari — 19-a.asr boshlarida dengiz sathi juda baland, 7—11-a.larasrlar va 13-a.asr boshlarida esa, aksincha, juda past boʻlgan. Suv sathining soʻnggi keskin pasayishi 1929—56 y.lar orasida kuzatilgan. Shu davr ichida suv sathi 2,5 m dan ortiqroqqa pasaydi, natijada sayoz shim. qismida dengiz 20–30 km chekindi, koʻpchilik qoʻltiqlar qurib qoldi, dengizning maydoni esa (Qoraboʻgʻozkoʻlni hisobga olmaganda) 422 ming km{{sup|2}} dan (1930) 371 ming km{{sup|2}} ga (1969) kamaydi. Suv sathining bu kadar pasayib ketishiga asosiy sabab K.d.ga quyiladigan suvlarning kariyb 80 %ni beruvchi Volga suvining keyingi 40 yil davomida kamayib ketganligidir. Chunki, bu davr ichida Volga havzasida iqlim quruq keldi, yogʻin kam yogʻdi, bugʻlanish esa, aksincha, ortiq boʻldi. Bundan tashqari, Volga daryosida bir qancha suv omborlari barpo etildi, sugorish va sanoat ehtiyojlari uchun olinadigan suv hajmi ancha ortdi. Olingan maʼlumotlarga koʻra, 1966—76 yillarda K.d.ga oʻrta hisobda har yili 180 mm (yoki 66,8 km{{sup|3}}) yogʻin tushdi, 720 mm (266,4 km{{sup|3}}) daryo suvi va 14 mm (5 km{{sup|3}}) yer osti suvi quyiladi: ayni vaqtda dengizdan yiliga 966 mm (357,3 km{{sup|3}}) suv bugʻlanadi, 11 mm (4 km{{sup|3}}) suv sugʻorishga sarflanadi. Suv balansining kirim qismi (338,2 km{{sup|3}})ga nisbatan chiqim qismi (362,3 km{{sup|3}})ning ortiq boʻlishi dengiz suv sathining oʻrtacha har yili qariyb 7 sm ga kamaya borishiga sabab boʻlgan.
 
K.d.ning suv sathi yil davomida ham oʻzgarib turadi: mart oyidan koʻtarila boshlaydi, iyul oyida eng baland boʻladi, avg .dan to fev.ga qadar esa pasaya boradi. 1978 y.dan K.d. suv sathining koʻtarilishi kuzatilmoqda (1986 y.da dengiz havzasi mayd. 376 ming km{{sup|2}}ni tashkil etdi).