Komil Yashin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 5:
Yashin tarixiyijtimoiy davr talabi bilan "[[Nurxon Yoʻldoshxoʻjayeva|Nurxon]]" (1940) pyesasini yozgan va uni musiqiy drama teatri sahnasiga olib chiqqan. Dramaturg bosh qahramonning halokati bilan yakunlanuvchi ushbu asarida jamiyat va shaxs erkinligi mavzuini adabiyotning insonparvarlik tamoyili asosida yechishga uringan.
 
[[Ikkinchi jahon urushi|2-Ikkinchi jahon urushi]] yillarida fashizmning bosqinchilik mohiyatini ochishga qaratilgan "Oʻlim bosqinchilarga" (1942), front orqasida qahramonona mehnat qilgan fidoyi kishilar haqidagi "Davron ota" (1942, Uygʻun, [[Sobir Abdulla]], Chustiy bilan birga), "Oftobxon" (1944), urushdan keyingi yillarda esa "General [[Sobir Rahimov|Rahimov]]" (1949) pyesalarini yozgan. Shaxsga sigʻinish fojialari fosh etilib, tanikli davlat, jamoat va madaniyat arboblarining nohaq qatagʻon etilgani oshkor boʻlgan davrda Fayzulla Xoʻjayevga bagʻishlangan "Inqilob tongi" (1974) pyesasini yaratgan.
 
Yashinning dramaturg sifatida shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatgan omillardan biri uning [[Hamza Hakimzoda Niyoziy|Hamza]] bilan ijodiy hamkorligidir. Yashin Hamzaning kichik sahna uchun moʻljallangan "Boy ila xizmatchi" pyesasini 1939 yilda qayta ishlagan. Uning saʼyharakati bilan Hamzaning "Paranji sirlaridan bir lavha" va "Maysaraning ishi" pyesalari ham topilib, sahnalashtirilgan. "Maysaraning ishi" komediyasi asosida opera spektakli va kinofilm yaratilgan. Yashin ijodida Hamza obrazini yaratish masalasi ham markaziy oʻrinlardan birini tashkil etadi ["Hamza" (1940, A. Umariy bilan birga) dramasi, "Hamza" ([[Sobir Muhamedov]] bilan birga) filmi (1960, rejissyorlar [[Sobitov Zohid Zarifovich|Zohid Sobitov]], N.Radov) ssenariysi va shu nomdagi opera librettosi (1961, kompozitor S. Boboyev), B. Privalov va Sh. Abbosov bilan birga "Olovli yoʻllar" (1975—84, rejissyor Sh. Abbosov) 14 seriyali telefilm ssenariysi]. Shoʻro hukumati buyurtmasi bilan yaratilgan "Olovli yoʻllar" teleserialida Yashin Hamza obrazini haddan ziyod sovetlashtirib, tarixiy xaqiqatning buzilishiga yoʻl qoʻygan. Shunday nuqson Yashinning "Hamza" (1987) romanida ham seziladi.